YANGILIKLAR

Universitetda “Milliy armiyamiz – faxrimiz, iftixorimiz” shiori ostida “O‘zbekiston – mustaqil Vatanimiz, milliy armiyamiz – faxru g‘ururimiz” mavzusidagi madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Har qanday davlatning mustaqilligini birinchi navbatda uning o‘z armiyasi, Qurolli Kuchlari himoya qilishi kerak.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil topganligining 26 yilligi va Vatan himoyachilari kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi farmoyishi hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2017 yil 27 dekabrdagi 01-07/1-3109 sonli O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 26 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamkorligida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda universitet rektori, professor Bahodir Xodiev, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy texnika instituti katta o‘qituvchisi, podpolkovnik Bahodir Toshpo‘latov, Ikkinchi jahon urushi qatshanchisi, mehnat faxriysi, professor Muxtor Rasulov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bosh mutaxassisi Malika Abduhakimova, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi Nasriddin Davoiy, O‘zbekiston xalq artisti Mehri Bekjonova va boshqalar so‘zga chiqdi.

So‘zga chiqqanlar 14 yanvar – “Vatan himoyachilari kuni” va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil topganligining 26 yilligi bag‘ishlab o‘tkazilayotgan tadbir mazmun-mohiyati, yurt tinchligi, sarhadlarimiz daxlsizligini ta’minlash borasida olib borilayotgan keng ko‘lamdagi islohotlarga batafsil hayotiy misollarda to‘xtalib o‘tishdi.

Tadbir so‘ngida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan universitetda o‘tkazilgan sport festivali g‘oliblariga diplomlar va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Ulashish:

Kalit so‘zlar: Iqtisodiyot, Logistika, Mehnat

Izohlar
Izoh qoldirish
single.php