Germaniya oliy ta’lim muassasalari grandlarida ishtirok etish imkoniyatlari haqida seminar trening tashkil etildi

Jahon tillari kafedrasi professor-o‘qituvchilari Gyote Institutning Test Daf-Prüfung bo‘yicha mutaxassislari bilan birgalikda talabalarga Germaniya oliy ta’lim muassasalari grandlarida ishtirok etish imkoniyatlari haqida seminar trening tashkil etdi. Seminarda universitetimizning Nemis tilini B1-B2darajada o‘zlashtirgan talabalari zo‘r qiziqish bilan ishtirok etdi.

Seminar jarayonida talabalar Nemis tilida o‘qib tushunish, tinglash, yozish va so‘zlashish ko‘nikmalarini rivojlantirish mashqlarini  bajarish qonun-qoidalarini o‘rganishdi. Ular o‘zlarining egallagan bilimlari yordamida barcha vazifalarni bajarishda tirishqoqlik va talabchanlik bilan seminarni jonli o‘tishiga o‘z hissalarini qo‘shishdi.

Talabalarimizga bunday imkoniyatlarni yaratishda yaqindan yordam bergan hamkorimiz Gyote instituti va universitetimizning “Universitet 3.0” xalqaro o‘quv, ilmiy-innovatsion tadqiqotlar markazi rahbari va xodimlariga o‘z minnadorchiligimizni bildiramiz!

 

Izohlar
Izoh qoldirish
single.php