Talabalar Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari huzuriga bordilar

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bir guruh talabalari poytaxtimizda joylashgan 30-sonli Mehribonlik uyiga tashrif buyurdilar.

Iqtisodiyot fakultetining EK-75 va 76-guruh talabalari ezgu so‘z, ezgu amal, ezgu ish, ezgu niyatlar ila 30-sonli mehribonlik uyida tarbiya olayotgan bolajonlar xabar oldilar.

Talabalar muassasa tarbiyalanuvchilari bilan turli mavzularda suhbat qurdilar va o‘z esdalik sovg‘alarini sovg‘a qildilar. Qiziqarli suhbat va fikr almashinuvlar tarbiyalanuvchilarda unutilmas taassurot qoldirdi.

 

Izohlar
Izoh qoldirish
single.php