TDIUda Yashnobod innovatsion texnoparkining ilmiy tadqiqot bo‘limi tashkil etiladi

Bugun, 8-yanvar kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori Ko‘ngratbay Sharipov Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirining oʻrinbosari Olimjon To‘ychiyev va Yoshlar akademiyasi rahbari Firdavs Nematzodani qabul qildi.

Uchrashuvda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Yashnobod innovatsion texnoparki DUK bo‘limini tashkil etish masalasi muhokama qilindi. Shuningdek, talaba-yoshlar uchun “Yosh akademiklar” klubini tashkil qilgan holda “Bozorni o‘rganish”, “Marketing” kabi ta’lim yo‘nalishlarida ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish borasida takliflar bildirildi.

Muhokamalar davomida iqtidorli va ilmiy-tadqiqotlarni bajarish qobiliyatiga ega yoshlarni aniqlash, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, yosh olimlarni tayyorlash maqsadiga qaratilgan hamkorlik aloqalarini tizimli yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuv amalga oshirildi.

 

Izohlar
Izoh qoldirish
single.php