“Universitet 3.0” xalqaro o‘quv, ilmiy-innovatsion tadqiqotlar markazi tomonidan iqtisodiy atamalarga oid izohli lug‘at nashr etildi

“Universitet 3.0” xalqaro o‘quv, ilmiy-innovatsion tadqiqotlar markazi direktori Sh. Mustafakulov, tayanch doktorant O. Raximberdiyev, talaba M.Egamberdiyeva tomonidan “Iqtisodiy atamalarning izohli lug‘ati” nomli qo‘llanma ko‘plab talablarni inobatga olgan holda lotin yozuvida nashr etildi.

Ushbu lugʻatda bir qator iqtisodiy fanlar: moliya, iqtisodiyot nazariyasi, moliyaviy va boshqaruv tahlili, soliq, makroiqtisodiyot, mikroiqtisodiyot, statistika, buxgalteriya hisobi, audit, moliyaviy tahlil, moliyaviy hisob va shu kabi fanlarga oid ibora va tushunchalarga izoh berilgan. Lugʻatda barcha iqtisodiy fanlarda mavjud nazariy yoʻnalish va konsepsiyalar yoritilgan. U hozirgi davr iqtisodiy adabiyotlarida tez-tez uchrab turadigan 5000 ga yaqin maxsus soʻz va so‘z birikmalarini oʻz ichiga oladi.

Izohlar
Izoh qoldirish
single.php