Jamoatchilikni chalg‘itmang

Haqiqatan ham, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida 2019-yil 25-noyabrdan boshlab besh kunlik ta’lim tizimiga o‘tish belgilangan. Bunda talabalar haftaning 5 kuni davomida nazariy bilimlarni egallashsa, haftaning shanba kunida mustaqil ta’lim bilan mashg‘ul bo‘ladilar.

Shu o‘rinda aytib o‘tishni joiz deb bilamizki, “Xalq so‘zi” va uning qandaydir manbasiga tayanib berilgan ma’lumot noto‘g‘ri talqin etilgan. Xabardan anglashiladiki, endi talabalar uchun shanba va yakshanba kunlari dam olish ekan (faqat yakshanba dam olish kuni, shanba mustaqil ta’lim kuni).

Shuningdek, xabarda universitetdagi kiyinish tartibi haqida ham o‘rinsiz yondashuv mavjud. To‘g‘ri, talabalarning kiyinishi bo‘yicha erkinlik berildi. Ammo universitet jamoatchilik kengashi va talabalar tomonidan ma’qullangan ichki tartib-qoidalariga rioya qilinishi zarurligi belgilab qo‘yilmoqda. Albatta, bunda talabalik odobiga rioya qilgan, ta’lim dargohi – madaniyat o‘chog‘i ekanligini yoddan chiqarmagan holda kiyinish tavsiya etilmoqda. Bu o‘z navbatida, “Xalq so‘zi” ta’biri bilan aytganda, “universitet talabasi istalgan kiyimda o‘qishga kelishi va darslarda ishtirok etishi mumkin” degani emas.

Bunday xabarlarni tarqatishdan avval rasmiy shaxslardan, jumladan, universitet matbuot kotibidan (+998974404504 telefon raqami orqali) ma’lumot olish o‘rinli bo‘lar edi.

TDIU axborot xizmati.

Izohlar
Izoh qoldirish
single.php