TDIUda innovatsion loyihalari va g‘oyalariga ega iqtidorli yoshlar kuni bo‘lib o‘tdi

Bugun, 20-noyabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti hamkorligidagi ilk loyiha — Start-Up Day tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori Kongratbay Sharipov kirish so‘zi bilan ochib, bunday tadbirlar orqali yoshlar o‘z iqtidorlarini yuzaga chiqarish imkonini qo‘lga kiritish bilan birga tadbirkorlik ko‘nikmalariga ham ega bo‘lishini ta’kidladi.

Mazkur tadbir yoshlarning ijodiy, intellektual va tadbirkorlik salohiyatini oshirish, ilmiy-tadqiqotlarni bajarish ishtiyoqiga ega iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni olib borishlariga imkon yaratish, yangi avlod yosh olimlarini tayyorlash bo‘yicha tizimli ishlarni yo‘lga qo‘yish, ilg‘or texnologik ishlanmalarni ishlab chiqishga qulay sharoitlar yaratish, yoshlarning startap loyihalarini xo‘jalik boshqaruvi organlari va davlat ulushi mavjud korxonalarni izchil rivojlantirish bo‘yicha zamon talablariga javob beradigan, tijoratlashtirish darajasi yuqori bo‘lgan mahsulotlar va xizmatlarni ishlab chiqarishga yo‘naltirish maqsadida tashkil etildi.

Tadbirda Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti ilmiy izlanuvchilari, magistratura bosqichi talabalari tomonidan tayyorlangan ilmiy lohalar, ishlanmalar taqdimot qilindi.

Taqdimotlar so‘ngida ishtirokchilar loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik qilish, loyihalarning biznes modelini ishlab chiqish, savdo kanallarini topish va sarmoyachilarga taqdimotni tayyorlash, birgalikda ilmiy-innovatsion yo‘nalishlar bo‘yicha konferensiyalar, seminarlar va tanlovlar o‘tkazish yuzasidan takliflar o‘rtaga tashlandi.

 

 

Izohlar
Izoh qoldirish
single.php