Xalqaro tolerantlik kuni munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi

Ijtimoiy fanlar kafedrasi tomonidan Xalqaro tolerantlik kuni munosabati bilan Baxgalteriya hisobi va audit fakulteti talabalari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbir davomida YUNESKO Bosh konferensiyasining 1995-yil 16-noyabrda o‘tkazilgan 28-sessiyasida qabul qilingan “Bag‘rikenglik tamoyillari deklaratsiyasi” dunyoda tinchlik va totuvlikni ta’minlash, inson huquqlari va erkinliklari ustuvorligini kafolatlash, teng huquqlilik hamda o‘zaro hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish kabi yo‘nalishlarning mazmun-mohiyati talabalarga tushuntirib berildi.

Ma’ruzachilar tomonidan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining beshinchi yo‘nalishi ham aynan diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash masalasiga bag‘ishlangani aytib o‘tildi.

Shu bilan birga, tadbirda O‘zbekistonda turli millat va elatlar, diniy konfessiyalar vakillari o‘rtasidagi ahil-inoqlik, hamjihatlikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, tinchlik-osoyishtalik, barqarorlikni saqlash yo‘lida olib borilayotgan oqilona islohotlar, amaliy chora-tadbirlar haqida so‘z yuritildi.

Izohlar
Izoh qoldirish
single.php