Biznesdagi muvaffaqiyat va mag‘lubiyat omillari yoshlar nigohida

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi huzuridagi “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash borasida ko‘plab loyihalarni amalga oshirib kelmoqda. Shunday tadbirlardan biri “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi tashabbusi bilan “Biznesda muvaffaqiyat va mag‘lubiyat omillari” mavzusida o‘tkazilib, tadbirda Yoshlar ittifoqining yetakchilari vakillari va 300 ortiq yoshlar qatori Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Korporativ boshqaruv fakultetining 1-kurs MNP-51, MNP-52 guruh talabalari ham faol ishtirok etdi.

Ushbu biznes praktikumni O‘zbekistondagi eng yosh tadbirkorlar “Cambridge” tarmoqli o‘quv markazi asoschisi Jahongir Po‘latov, taniqli tadbirkorlar Dekos.uz va Deli.uz asoschilari Hasan va Husan Mamasaidovlar olib bordilar. Tadbir judayam qiziqarli va sermazmun bo‘lib o‘tdi.

Talabalar o‘zlarining biznesda boshqarishning amaliy tomonlari bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

— Talabalarning yetakchi va biznesda muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlar ishtirokida o‘tkazilayotgan bu kabi tadbirlarda ishtirok etishi, egallagan nazariy bilimlarini amaliyotchilar ishtirokida muhokama qilish imkonini beradi, – deydi Korporativ boshqaruv fakulteti o‘rinbosari Zokir Mamadiyorov. Bu kabi tadbirlar yoshlarning o‘z biznes loyihalarini amaliyotga muvaffaqiyatli joriy etishda turtki bo‘ladi, deb umid bildiramiz.

 

Izohlar
Izoh qoldirish
single.php