Talabalar xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasida dunyo tajribasini o‘rgandilar

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va IMC KREMS (Avstriya) xalqaro qo‘shma ta’lim dasturining “Turizm va dam olish menejmenti” yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar “Buyuk ipak yo‘lida turizm” nomli ko‘rgazmada ishtirok etdilar.

Universitetda o‘zlashtirilgan nazariy bilimlarni amaliy ko‘nikmalar bilan boyitish maqsadida tashkil etilgan tashrif davomida talabalar ko‘rgazma doirasida “Sharq bozori”, “Ipak yo‘li lazzati” milliy taomlar festivali, O‘zbekiston sayyohlik brendi elchilarining xalqaro forumi, Shahrisabz xalqaro milliy kiyimlar festivali taqdimotini kuzatish va hunarmandlar uchun mahorat darslarida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Ko‘rgazma davomida qatnashchilarga O‘zbekiston va boshqa chet davlatlarining diqqatga sazovor joylari haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, turli mamlakatlarning milliy urf-odati va madaniyatini ifodalaydigan ko‘rgazmalar tashkillashtirildi.

Talabalar xorijiy mamlakatlar uchun ajratilgan pavilonda xalqaro transport kompaniyalari, davlat tashkilotlari, diplomatik vakolatxonalar, O‘zbekiston va xorij sayyohlik-kurort maskanlari stendlari orqali dunyo tajribasini o‘rgandilar.

 

Izohlar
Izoh qoldirish
single.php