Xalqaro talabalar kuni yuqori kayfiyatda o‘tdi

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Madaniyat saroyida «Xalqaro talabalar kuni» munosabati bilan madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbir avvalida, universitetimiz rektori Kongratbay Sharipov so‘zga chiqib, talabalarni bayram bilan tabriklab, talabalik davrini sermazmun va ajoyib xotiralarga boy o‘tishi kerakligini aytib o‘tdi.

Shundan so‘ng madaniy-ma’rifiy tadbir Xalqaro turizm fakultetining faol talabalari tomonidan sahnalashtirilgan va ijro etilgan «MEGA SHOU» taqdim etildi.

Shou davomida o‘tgan asrning 1920 yillaridan to hozirgi kungacha bo‘lgan musiqa va kino olamining eng sara namunalari talabalar ijrosida taqdim etildi.

Mashhur musiqalar, tanish badiiy filmlardan olingan parchalar, turli chiroq effektlari hamda boshlovchilarning ajoyib xazillari barcha tomoshabinlarga manzur bo‘ldi.

Tadbir so‘ngida talaba-yoshlar uchun dasturxon yozilib, bayram palovi tortildi. Yig‘ilganlar dasturxon atrofida talabalikning eng go‘zal damlari haqida dildan suhbat qurdilar.

 

Izohlar
Izoh qoldirish
single.php