TDIU Samarqand filiali talabasi “Qizlar ovozi” klubi kordinatori lavozimiga saylandi

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan xotin-qizlarning muammolarini aniqlash va ularni bartaraf etish, ularning siyosiy faolligini oshirish maqsadida qizlar o‘rtasida “Qizlar ovozi” forumi tashkil etildi.

Forum doirasida spikerlar va forum ishtirokchilari “Yosh xotin-qizlarning jamiyatda siyosiy va ijtimoiy faolligini oshirish”, “Qizlarni milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, ular o‘rtasida muomala madaniyatini targ‘ib qilish”, “Rahbar imidji”, “O‘smir yoshidagi qizlar psixologiyasi”, “Globallashuv sharoitida yoshlarning media-savodxonligini oshirish” hamda “Qizlar ovozi platformasi – yosh xotin-qizlar uchun yangi imkoniyat” mavzularida qizlarning jamiyatda va oiladagi maqomi, ma’suliyati, ularning kiyinish va muomala madaniyati, yosh oilalar o‘rtasida ajrim holatlarining oldini olish borasidagi fikr va mulohazalari bilan bo‘lishdi. Shuningdek, forum doirasida mamlakat istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir qizlar safini kengaytirish orqali jamiyatda gender tengligini ta’minlash, shuningdek demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish borasidagi islohotlarda qizlar faolligini oshirish maqsadida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyat Kengashi qoshida “Qizlar ovozi” klubi tashkil etildi.

Bunda, 4 nafar jamiyatda faol bo‘lgan qizlarning klub rahbarligiga nomzodligi qo‘yilib, ularning taqdimoti tinglandi va ovozga qo‘yish orqali klub rahbari tayinlandi.

Forum bahs va munozaralar bilan hamda ishtirokchi qizlarning takliflari bilan qizg‘in bo‘lib o‘tdi.

Saylov so‘nggida bevosita tomoshabinlar orasidan ishtirok etib g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali 1-bosqich talabasi Namozova Madina “Qizlar ovozi” klubi kordinatori lavozimiga saylandi.

 

Izohlar
Izoh qoldirish
single.php