Rektor: Eng ilg‘or iqtisodchilar va biznes vakillari universitetimizda tayyorlanishi kerak

Bugun, 15-noyabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori Kongratbay Sharipov Magistratura bosqichida tahsil olayotgan talabalar bilan uchrashdi.

Uchrashuv savol-javoblar asosida o‘tib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan va duch kelayotgan muammolar haqida batafsil gapirib o‘tdilar. Jumladan, bakalavr va magistratura diplomining ilovasini ingliz tilida ham tayyorlash, har bir talabaga ID kod joriy qilish va professor-o‘qituvchilar bilan elektron muloqotni yo‘lga qo‘yish, WI-FI tezligini oshirish, xorijning nufuzli jurnallarida maqolalar chop etish bo‘yicha mutaxassislar bilan mahorat darslarini tashkil etish, buxgalteriya yo‘nalishida laboratoriyalar ochish, Norma, 1S dasturlarini o‘rgatadigan mutaxassislarni jalb qilish, nazariyani amaliyot bilan bog‘lash, chet elda amaliyot o‘tash va qisqa muddatli startaplarda ishtirok etish, ijtimoiy fanlar soatini kamaytirib, mutaxassis fanlar soatini ko‘paytirish, Talabalar uyushmasini tashkil etish, Biznes-inkubatorlar tashkil etish, ingliz tili fanini o‘quv rejasiga qo‘shish va ingliz tili fanini o‘rgatadigan professor-o‘qituvchilarni talabalar bilim darajasiga qarab tayinlash, badiiy kitoblarni ko‘paytirish va o‘qish qulay joylarga qo‘yish, talabalarni rag‘batlantirish, iqtidorli talabalar to‘lov-kontraktlarini universitet tomonidan to‘lanishi, Ingliz tili kafedrasidagi professor-o‘qituvchilarning chet tilini bilish darajasi pastligi, Yozgi maktablar faoliyatini yo‘lga qo‘yish (Summer school) bo‘yicha o‘z taklif va muammolar haqida to‘xtaldilar.

Rektor har bir talabaning taklifi, fikr-mulohazasi, savolini diqqat bilan tinglab, ular tomonidan qilingan murojaatlar universitetning strategik rejalaridan, albatta o‘rin olinishini bildirdi. Shuningdek, ko‘tarilgan ayrim masalalar yuzasidan boshlangan ishlar haqida ma’lumot berilib, imkoniyat va salohiyat darajasida bajarish imkoniyati mavjud muammolarni tez fursatda hal etish yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berildi.

 

 

Oybek Qo‘shboqov, TDIU matbuot kotibi

Izohlar
Izoh qoldirish
single.php