Indoneziya oliy ta’lim muassasalari hamkorlik memorandumlari imzolandi

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Indoneziya oliy ta’lim muassasalari vakillaridan iborat delegatsiya rasmiy tashrif bilan bo‘ldi. Delegatsiya a’zolarini Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor Dilorom Begmatova, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bobur O‘runov kutib oldilar.

Tashrif avvalida indoneziyalik oliy ta’lim muassasalari vakillarini Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori Kongratbay Sharipov qabul qildi.

Bo‘lib o‘tgan muzokaralar jarayonida ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalarining ilg‘or ilmiy salohiyatidan samarali foydalanish, darslik va o‘quv qo‘llanmalar almashish, o‘qituvchi-professorlar uchun malaka oshirish va ilmiy stajirovkalarni tashkil etish, talabalar uchun startap loyihalarini tashkil etish, onlayn konferensiyalar va seminarlar o‘tkazish kabi masalalar muhokama qilindi.

O‘zaro muloqotlardan so‘ng Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda Indoneziyaning Airlangga universiteti, Hasanuddin universiteti hamda Texnologiya instituti bilan ta’lim, hamkorlikda ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish maqsadida o‘zaro kelishuv memorandumlari imzolandi.​ Mazkur kelishuvlar har ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining institutsional almashinuvini kuchaytirish va osonlashtirish, ilmiy va texnik axborotning institutsional almashinuviga ko‘maklashishga zamin yaratadi.

Tashrif so‘ngida delegatsiya a’zolari universitetning tashkiliy tuzilmasi, o‘quv-amaliyot laboratoriyalari, ta’lim berish jarayonlari, pedagog xodimlar va talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

 

 

Oybek Qo‘shboqov, TDIU matbuot kotibi.

Izohlar
Izoh qoldirish
single.php