Moliya vazirligi mas’ul xodimlari tomonidan mahorat darsi o‘tkazildi

Moliya vazirligining amaliyotchi mutaxassislari, Moliya va soliqlar kafedrasi pedagoglari hamkorligida Buxgalteriya hisobi va audit fakultetining Moliya hamda Davlat byudjetining g‘azna ijrosi ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Kasbiy mahorat maktabi” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi.

Ochiq darsda Moliya vazirligining Davlat byudjeti g‘azna ijrosining monitoring qilish departamenti, Budjet hisobi va hisoboti bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari I. Choriyev, Yuridik majburiyatlarni ro‘yxatga olish bo‘limi boshlig‘i F. Raxmonov, Moliyaviy risklarni boshqarish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari F. Suyarovlar tomonidan mavzu yuzasidan ma’ruza taqdimotlari o‘tkazildi. Yosh moliyachilarga kelgusida yetuk mutaxassis bo‘lishlari uchun amaliy ko‘nikmalar berildi.

Darsda savol-javoblar asosida o‘tkazilib, talabalar o‘z nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalar bilan boyitdilar. Ushbu mashg‘ulot talaba-yoshlarda katta taassurot qoldirdi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.

 

Izohlar
Izoh qoldirish
single.php