Rektor bilan suhbat

Bugun Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori professor Kongratbay Avezimbetovich Sharipov akademik litseydagi o‘quv jarayoni, fan laboratoriyalari faoliyati bilan tanishib, yoshlar bilan bo‘lgan muloqotlarda ularning orzu-maqsadlari bilan yaqindan tanishdi.

Yurt ravnaqi va istiqboli uchun ularga ilm-fan sirlarini chuqur va mukammal o‘rganish bo‘yicha tavsiyalar berdi hamda oliy ta’lim tizimida yaratilayotgan imkoniyatlar, xususan TDIUda amalga oshiriladigan rejalar haqida to‘xtalib o‘tdi.

Litsey sport zali va sport maydonchasi ko‘zdan kechirildi. O‘quvchilar sport bilan doimiy shug‘ullanishi va yutuqlarga erishishi uchun litseyda sharoit yaratib berilishi bo‘yicha topshiriqlar berildi.

 

Izohlar
Izoh qoldirish
single.php