Nazarboyev universiteti vakillari universitetimizga tashrif buyurdilar

Bugun, 7-noyabr kuni Nazarboyev universiteti Oliy biznes maktabining qabul bo‘yicha maslahatchisi Toleubaeva Danagul hamda Oliy biznes maktabi dotsenti Davlat Abduvalidan iborat delegatsiya Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga tashrif buyurdi.

Mehmonlarni O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Mansur Eshov, O‘quv uslubiy boshqarma boshlig‘i G‘ofurjon Zohidov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bobur O‘runov qabul qildilar.

Bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish istiqbollari muhokama qilindi. Hamkorlik memorandumi yuzasidan taklif-mulohazalar o‘rtaga tashlanib, galdagi vazifalar yuzasidan fikrlar bildirildi.

Muzokaralar yakunida qozog‘istonlik hamkasblar Nazarboyev universiteti Oliy biznes maktabida Biznes boshqaruvi (MBA) hamda Moliya yo‘nalishi (MSC in Finance)da magistrlar tayyorlash borasida olib borilayotgan ishlar xususida taqdimot o‘tkazdilar.

 

Izohlar
Izoh qoldirish
single.php