Rossiya Federatsiyasi qahramoni universitetimizga tashrif buyurdi

2019-yil 6-noyabr kuni Ural davlat iqtisodiyot universiteti rektorining maslahatchisi, Rossiya Federatsiyasi qahramoni Sergey Nikolayevich Voronin, Sverdlovsk viloyatidagi Rossiya Afg‘on faxriylari uyushmasi vakili Bobenko Viktor Vladimirovich va «Uralskiy trubnik» xokkey klubi direktori, Pervouralsk Duma deputati, Afg‘onistondagi harbiy harakatlar veterani Xafizov Erim Xasanovichlardan iborat delegatsiya Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga tashrif buyurdi.

Mehmonlarni TDIU rektori, texnika fanlari doktori, professor Sharipov Kongratbay Avezimbetovich qabul qildi.

Bo‘lib o‘tgan uchrashuv jarayonida O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi mustahkam do‘stlik aloqalari, keng doiradagi hamkorlik, shu jumladan ta’lim sohasida ikki tomonlama amalga oshrilayotgan ishlar ko‘lami haqida so‘z bordi.

Muhokamalardan so‘ngida Rossiya Federatsiyasi vakillari Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Ural davlat iqtisodiyot universiteti hamkorligida faoliyati yo‘lga qo‘yilgan Xalqaro qo‘shma ta’lim dasturi doirasida tayyorlanayotgan mutaxassislarning ta’lim olishlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan bevosita tanishdilar.

Tashrif so‘ngida Xalqaro qo‘shma ta’lim dasturi asosida tahsil olayotgab talabalar tomonidan tayyorlangan madaniy va ijodiy dastur taqdim etildi.

Izohlar
Izoh qoldirish
single.php