YANGILIKLAR

Oy: Mart 2020

Bugun, 5-mart kuni Gunadarma universiteti Arxitektura fakultetining 100 nafardan ortiq pedagog xodimlari va talabalari Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida o‘zbekistonlik va indoneziyalik talabalar ishtirokida “Barqaror rivojlanishning o‘zaro madaniy arxitekturasi – 2020” mavzusida xalqaro konferensiya tashkil etildi.

Turizm va ta’limni rivojlantirishning ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan mazkur anjumanda “Effect Conflict to Transformation of Space”, “Innovative development of higher education in Uzbekistan”, “The Role of the Kalipasir Mosque in Tangerang old Market China Town”, “Online Education” kabi mavzularda ma’ruzalar muhokama qilindi.

Ushbu xalqaro konferensiyaning maqsadi ikki davlat o‘rtasidagi umumiy bo‘lgan mavzularda o‘zaro fikr almashishga va ilmiy izlanishlarga turtki berishdan iborat. Anjuman yakunida topshirilgan tezis va maqolalar jamlanib, xalqaro miqyosda nashr etilishi ma’lum qilindi.

 

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Buxgalteriya hisobi va audit fakulteti tomonidan Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan “Ayol borki olam munavvar”nomli bayram tadbiri tashkil etildi.

Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha proektor Sadriddin Xudoyqulov bayram bilan barcha xotin-qizlarni tabriklab, tadbirni ochib berdi.

Bayram tadbirida fakultet talabalari tomonidan Vatanni, bahorni, onalarni ulug‘lovchi kuy-qo‘shiq, raqs, sahna ko‘rinishlari, she’rlar ijro etildi. “Dovrug‘i dunyoga dostonlar” nomli quvnoqlr va zukkolar sahna ko‘rinishlari yig‘ilganlar ko‘ngliga yuqori kayfiyat ulashdi.

Tadbirda ishtirok etgan talabalar o‘zlarini chiqishlari bilan tadbirga tashrif buyurgan lobar ayollar va qizlarni bayram bilan tabriklashdi.

 

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Ekstremizm va terrorizm – yoshlar kelajagiga tahdid” mavzusida madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Unda “Katta Qozirabot” masjidi imom-xatibi Abdukahhor Yunusov professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Ta’kidlandiki, O‘zbekiston azaldan turli millatga mansub, turli dinlarga e’tiqod qiluvchi xalqlar tinch-totuv yashagan o‘lka bo‘lib kelgan. Ajdodlarimiz boshqa din vakillariga doimo hurmat bilan munosabatda bo‘lgani, Vatan taraqqiyoti yo‘lida yelkadosh bo‘lib mehnat qilgani tarixiy manbalarda ko‘p qayd etilgan. Qaerdaki, hukumat, xalq manfaatlari bilan hisoblashmayotgan, xalqning qalbiga quloq solmayotgan bo‘lsa, o‘sha joyda janjallar, birodarkushliklar ro‘y bermoqda. Minglab begunoh insonlar qurbon bo‘lmoqda. Bunday og‘ir jinoyatlarga asosiy sabab – ma’naviy qashshoqlikdir.

Tadbirda so‘zga chiqqan imom-xatib Abdukahhor Yunusov ijtimoiy tarmoqlarda savodsiz insonlar tomonidan diniy terminlar, so‘zlar, fikrlarni xijrat, xijob, soqol o‘stirish, jihot qilish, mahram-nomahram, taloq berish, xudkushlik, mas’habni ilgari surish, fatvo berish kabi bir qanchasi noto‘g‘ri talqin etilayotganini aytib, asosli ma’lumotlarni misollar bilan keltirib o‘tdi. Ishtirokchilarga diniy bilimlarini oshirish, ko‘proq ma’lumot olish, o‘z bilganiga yanada aniqlik kiritishi uchun rasmiy – qo‘mita, idora, tashkilotlar, muassasalar hamda rasmiy ruxsat etilgan adabiyotlar, manbalar, veb-saytlar, ijtimoiy tarmoqlar: telegramm sahifalari haqida ham ma’lumot berildi.

Ayni kunlarda Samarqand shahrida “Imom Abu Mansur Moturidiy va moturidiya ta’limoti: o‘tmish va bugun” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazilayotganini ta’kidlab, sof islom taraqqiy etishida dunyo bugungacha hali-hanuz e’tirof etayotgan olimlarni, dinpeshvolarini ulg‘aytirgan zamin farzandi, yoshlari sifatida dinni niqob qilgan va boshqa ko‘rinishdagi turli yot illatlar hamda vayronkor tahdidlarga chalg‘imay, Vatatanparvarlik tuyg‘usi bilan ona yurtimiz taraqqiyotini, nufuzini yanada yuksaklarga ko‘tarish, milliy yuksalish g‘oyasi bilan yashash kerakligiga yig‘ilganlarni chorladi.

Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi.

 

Bugun, 3-mart kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Moliya vazirligi mutasaddi vakillari, Buxgalteriya hisobi va audit fakulteti professor-o‘qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirokida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda Moliya vazirligi Buxgalteriya hisobi va audit uslubiyati boshqarmasi boshlig‘i Xudoybergan Ortiqov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha-chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining mazmun-mohiyati ochib berildi. Shuningdek, u o‘z so‘zida moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tishni jadallashtirish orqali xorijiy investorlarni zarur axborot muhiti bilan ta’minlash va xalqaro moliya bozorlariga kirish imkoniyatlarini kengaytirish, hisob va audit sohalari mutaxassislarini xalqaro standartlar bo‘yicha tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadlari haqida ma’lumotlar berib o‘tdi.

Qarorga ko‘ra, moliyaviy hisobotni ixtiyoriy ravishda MHXSga muvofiq tayyorlaydigan tadbirkorlar buxgalteriya hisobining milliy standartlari bo‘yicha moliyaviy hisobot taqdim etishdan ozod etiladi.

Aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat banklari, sug‘urta tashkilotlari va yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiritilgan yuridik shaxslar 2021 yil 1 yanvardan boshlab, moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) asosida buxgalteriya hisobi yuritilishini tashkil etadi. 2021 yil yakunlaridan boshlab moliyaviy hisobotni MHXS asosida tayyorlaydi. 2021 yil yakuniga qadar «MHXS bo‘yicha moliyaviy hisobot» fanini muvaffaqiyatli topshirganligi to‘g‘risidagi hujjatga yoki xalqaro buxgalter sertifikatiga ega kamida 3 ta buxgalteriya xizmati xodimlari faoliyatini ta’minlaydi.

Shuningdek, 2021 yildan boshlab, MHXS va auditning xalqaro standartlari bo‘yicha o‘qitish faqat buxgalteriya hisobi sohasidagi xalqaro tashkilotning akkreditatsiyasidan o‘tgan o‘quv markazlari tomonidan amalga oshiriladi.

Xalqaro buxgalter sertifikatiga ega bo‘lgan talabgorlar oliy ta’lim muassasalari magistraturasining «Buxgalteriya hisobi» va «Audit» mutaxassisliklariga kirish imtihonlarini topshirmasdan to‘lov-kontrakt asosida kirish huquqiga ega bo‘ldi.

Tadbir yakunida mutaxassislar tomonidan ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha ma’lumot berib o‘tildi.

 

Iqtisodiyot fakulteti tomonidan Zulfiyaxonim tavvaludining 105 yilligi munosabati bilan “Bahor keldi seni so‘roqlab” deb nomlangan bayram tadbiri o‘tkazildi.

So‘zga chiqqanlar shoira Zulfiyaning ibratli hayot yo‘li, betakror isteʼdodi, Vatanga muhabbati, olijanob insoniy fazilatlari, xalqimiz maʼnaviyatini yuksaltirishdagi xizmatlari haqida gapirib o‘tdilar.

Shundan so‘ng fakultetning faol va iqtidorli talabalari ijrosida shoiraning ijodiy namunalari sahnaviy ko‘rinishlar orqali namoyish etildi. Zulfiyaxonim she’rlariga bastalangan kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.

Tadbir so‘ngida xalqaro toifadagi speaker, professor Jamila Shermuhammedova, shoira Nargiza Asadova hamda iqtidorli talabalar universitet rahbariyati tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.