YANGILIKLAR

Kun: 07.01.2020

Bugun, 7-yanvar kuni Turkiya Respublikasining Yildirim Boyazid nomidagi Anqara universiteti rektori I. Aydinli va prorektori A. Kutluxan rasmiy tashrif bilan Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga keldi. Mehmonlarni Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor D. Begmatova va Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i B. Urinovlar kutib oldilar.

Tashrif doirasida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori K. Sharipov mehmonlarni qabul qili. Uchrashuv davomida o‘xshash va turdosh yo‘nalishlar bo‘yicha bir qator kelishuvlar, jumladan hamkorlik aloqalarini kengaytirish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida universitet rektorlari tomonidan O‘zaro kelishuv bitimi imzolandi. Tez fursatlarda amalga oshirilishim lozim bo‘lgan yo‘nalishlar bo‘yicha takliflar bildirildi.

 

“Universitet 3.0” xalqaro o‘quv, ilmiy-innovatsion tadqiqotlar markazi direktori Sh. Mustafakulov, tayanch doktorant O. Raximberdiyev, talaba M.Egamberdiyeva tomonidan “Iqtisodiy atamalarning izohli lug‘ati” nomli qo‘llanma ko‘plab talablarni inobatga olgan holda lotin yozuvida nashr etildi.

Ushbu lugʻatda bir qator iqtisodiy fanlar: moliya, iqtisodiyot nazariyasi, moliyaviy va boshqaruv tahlili, soliq, makroiqtisodiyot, mikroiqtisodiyot, statistika, buxgalteriya hisobi, audit, moliyaviy tahlil, moliyaviy hisob va shu kabi fanlarga oid ibora va tushunchalarga izoh berilgan. Lugʻatda barcha iqtisodiy fanlarda mavjud nazariy yoʻnalish va konsepsiyalar yoritilgan. U hozirgi davr iqtisodiy adabiyotlarida tez-tez uchrab turadigan 5000 ga yaqin maxsus soʻz va so‘z birikmalarini oʻz ichiga oladi.