YANGILIKLAR

Oy: Oktabr 2019

Xabaringiz bor, 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Avstriyaning Krems amaliy fanlar universiteti bilan xalqaro qo‘shma ta’lim dasturi asosida mutaxassislar tayyorlash faoliyatini yo‘lga qo‘ygan edi. Bugungi kunda ikki tomonlama diplom beruvchi mazkur dastur asosida 200 nafarga yaqin talabalar tahsil olishayapti. Endilikda mazkur xalqaro qo‘shma ta’lim dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga Yevropada tan olinadigan diplom beriladi. Avstriya ta’lim sifatini ta’minlan va akkreditatsiya qilish bo‘yicha agentlik Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Krems amaliy fanlar universitetining qo‘shma ta’lim dasturini akkreditatsiyadan o‘tkazdi.

Shu munosabat bilan ikki oliy ta’lim muassasalari rasmiylari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

 

— Sizga rasman ma’lum qilamanki, Avstriya ta’lim sifatini ta’minlash va akkreditatsiya qilish bo‘yicha davlat agentligi Krems amaliy fanlar universiteti bilan qo‘shma ta’lim dasturini amalga oshirish uchun Akkreditatsiyani Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga berishga qaror qildi va shu munosabat bilan akkreditatsiyani tasdiqlovchi rasmiy hujjat berdi, dedi IMC Krems bosh ijrochi direktori Karl Ennsfellner. O‘ylaymanki, birgalikda amalga oshirayotgan ishlarimiz har ikki davlatning hamkorlik aloqalariga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ikki tomonlama ta’lim berish orqali jadal iqtisodiy rivojlanish yo‘lidan ketayotgan O‘zbekiston uchun malakali kadrlar yetkazib berish pirovard maqsadimizga erishamiz.

Fursatdan foydalanib, toshkentlik hamkorlarimiz va albatta talabalar, ularning ota-onalarini samimiy qutlab qolaman.

 

 

— Bugun bizning universitetimiz, mazkur qo‘shma ta’lim dasturini amalga oshirishda ishtirok etganlar, eng asosiysi talabalar va ularning ota-onalari uchun ham alohida kun, dedi muzokara jarayonida TDIU rektori Bahodir Xodiev. Hozir zamonaviy fikrlaydigan, eng so‘nggi yangiliklar bilan hamnafas yashaydigan, kun sayin dunyoqarashini boyitib boradigan kadrlarni tayyorlashga ehtiyoj oshib borayotgan sharoitda amalga oshirayotgan ishlarimiz albatta o‘z samarasini berishiga ishonaman.

Muzokaralar davomida hamkorlikdagi aloqalarni mustahkamlash, tashkil etilgan qo‘shma ta’lim dasturi asosida kadrlar tayyorlash jarayonining tashkiliy masalalari hamda kelishuv shartnomasining keyingi bosqchini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Shundan so‘ng, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda Avstriya ta’lim sifatini ta’minlash va akkreditatsiya qilish bo‘yicha davlat agentligi tomonidan rasmiy tasdiqlangan hujjat tantanali topshirildi.

Taqdirlash marosimi davomida universitetning iqtidorli talabalari tomonidan tayyorlangan madaniy namoyish etildi. Unda qo‘shma ta’lim dasturi asosida tahsil olayotgan talabalar ingliz tilida sahnalashtirilgan Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” asari bilan chiqish qildilar. O‘zbek mumtoz raqs va kuy-qo‘shiqlari ijro etilib, tadbir mehmonlari va yig‘ilganlarga yuqori kayfiyat ulashdi.

Aytib o‘tish kerakki, 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab qo‘shma o‘quv dasturi asosida talabalar “Eksportga ixtisoslashtirilgan menejment”, “Turizm va dam olish menejmenti” mutaxassisliklari bo‘yicha bakalavriat bosqichida ta’lim olayapti. Shuningdek, hamkorlikning navbatdagi bosqichida talabalar magistratura yo‘nalishida “Xalqaro biznes va eksportni boshqarish”, “Raqamli biznes innovatsiyasi va transformatsiya” mutaxassisliklari bo‘yicha tahsil olishi mumkin bo‘ladi. Ta’lim ingliz tilida olib boriladi va bitiruvchilarga Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Avstriyaning Krems amaliy fanlar universitetining diplomi beriladi.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, Krems amaliy fanlar universiteti 1994 yilda xususiy xalqaro biznes maktabi sifatida tashkil etilgan. 2002 yil aprel oyida Avstriya hukumati tomonidan Krems amaliy fanlar universiteti deb o‘zgartirdi. Bitiruvchilarning ish bilan bandlik darajasi 98 foizni tashkil etadi. Universitetda uchta yo‘nalish (biznes boshqaruvi, sog‘liqni saqlash va biotexnologiya) mavjud, ular 27 yo‘nalishda mutaxassislar tayyorlaydi.

 

Krems amaliy fanlar universiteti asoschisi va Kuzatuv kengashi raisi Boyer Heinz, Bosh ijrochi menejeri Ennsfellner Karl Christian rasmiy tashrif bilan Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida bo‘ldi. Avstriyalik rasmiylarni universitet rektori Bahodir Xodiev qabul qildi.

Uchrashuvda ikki tomonlama amalga oshirilayotgan hamkorlik natijalari, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Krems amaliy fanlar universitetining xalqaro qo‘shma ta’lim dasturi doirasida olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Bo‘lib o‘tgan suhbat jarayonida har ikki oliy ta’lim muassasasi va unda tahsil olayotgan talabalar uchun quvonchli xabar haqida ma’lum qilindi. Gap shundaki, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Krems amaliy fanlar universiteti hamkorligida ochilgan xalqaro qo‘shma ta’lim dasturi Avstriya davlatining Ausrian Quality Agency tashkiloti tomonidan akkreditatsiyadan o‘tkazildi. Endilikda mazkur xalqaro qo‘shma ta’lim dasturi asosida tahsil olgan talabalarga beriladigan diplomlar Avstriya davlatida ham tan olinadi.

Muzokaralar davomida xalqaro qo‘shma ta’lim dasturi doirasida ta’lim sifatini oshirish, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlarni ilmiy va o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash borasidagi bir qator masalalar muhokama qilindi.

 

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining innovatsion-korporativ hamkorlik doirasida ilmiy-amaliy seminarlar tashkil etish rejasiga muvofiq, Xalqaro turizm fakulteti va Marketing kafedrasi tomonidan “Sotish tizimidagi yangi innovatsiyalar” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi. Ushbu mahorat darsida moderator sifatida “Office market”, “Dekos” kompaniyalari hamda “M faktor” loyihasi asoschilari Hasan va Husan Mamasaidovlar ishtirok etdilar. Unda professor-o‘qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar, magistratura va bakalavriat bosqichi talabalari ishtirok etdi.

Tadbirni Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor v.v.b. Mansur Eshov kirish so‘zi bilan ochib, professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun real sektor korxonalari vakillari bilan o‘tkazilayotgan ilmiy-amaliy seminarlar, uchrashuvlar va mahorat darslari qizg‘in, munozaralarga boy bo‘layotganligini, korxona mutaxassislari o‘zlarining qimmatli bilim va tajribalari bilan o‘rtoqlashishi davomida talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlashga hamda kelgusida ularning biznes va tadbirkorlik faoliyati uchun zamin yaratayotishga hissa qo‘shayotganligini aytib o‘tdi.

Shuningdek, “Universitet 3.0” xalqaro o‘quv-ilmiy tadqiqotlar markazi direktori Sherzod Mustafaqulov so‘zga chiqib, bugungi kunda iqtisodiy tadqiqotlar sohasida ham ilmiy-amaliy tajribalardan foydalanishga katta e’tibor berilayotganligini, iqtisodiyot sohasi bo‘yicha Nobel mukofotining 2019 yildagi laureatlari ham qashshoqlik muammosiga yechimni qog‘ozdagi nazariyalardan emas, real hayotiy tajribalardan izlash kerakligini isbotlab berishganligini, Nobel mukofotining bir yo‘nalishda birvarakayiga uch kishiga Hind-amerikalik Abxijit Banerji va fransuz-amerikalik Ester Dyufloga berilganligini aytib o‘tdi.

Shundan so‘ng, “Office market”, “Dekos” kompaniyalari hamda “M faktor” loyihasi asoschisi Hasan Mamasaidov o‘z ma’ruzasi bilan ishtirokchilarni tanishtirib o‘tdi.

Biznesni muvaffaqiyatli yuritishning biz hatto xayolimizga keltirmagan ko‘plab omillari ham bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha bu omillar anchayin salmoqli bo‘ladi. Birov muvaffaqiyatga erishsa, “Omadi yurishdi” yoki “Kerak paytda kerakli joyda bo‘ldi” deydilar. “Omad kelmadi” yoki “O‘xshamay qoldi” deb biznesni yig‘ishtirishga to‘g‘ri kelganda yoki orzusi ushalmaganda aytadilar.

Kecha foyda berayotgan narsa bugun ish bermay qolishi mumkin – qoidalar muntazam o‘zgarib turadi. Shu sababli erishilgan natijada aslo to‘xtab qolmaslik kerak. Ijobiy kayfiyatdagi odamlar bilan muloqot qilish kerak, oldinga yangi maqsadlarni qo‘yish lozim. Intilish, o‘sish va yangi cho‘qqilarni zabt etish uchun har doim sabab topiladi.

Ichki nazorat mezoni – qalb xotirjamligi. Bu ichki olamning boyligida va ijobiy hissiyotlarga to‘lganida ko‘rinadi. Bu – bugungi harakatlarimiz ertangi muvaffaqiyatga va “omad”ga olib kelishini anglash. Bu – kelajakka ishonch.

Xatolar va omadsizliklar hammaning boshida bor. Hayot – ajoyib ustoz, biroq xizmat haqi juda qimmat. Biznes va hayotdagi har qanday tanazzul, inqiroz va muvaffaqiyatsizlik ruhan kuchli zarba beradi va, qanchalik bardoshli bo‘lmaylik, o‘zimizga bo‘lgan ishonchimizga putur yetkazadi. Hafsalangiz pir bo‘lib, hamma narsaga qo‘l siltagingiz keladi. Bunday lahzalarda hayotga qaytadan nazar tashlash va biroz tin olish kerak bo‘ladi. Oila a’zolari va do‘stlarning ma’naviy qo‘llab-quvvatlashi insonni qutqaradi. Ular bilan muloqot, ularning qimmatli va o‘sha paytda dolzarb maslahatlari g‘ayrat-shijoat beradi va mehnatga yangidan ruhlanib qaytish imkonini ochadi. Zero, nimaiki bizni halok qilmasa, u bizni kuchliroq qiladi.

Yaxshi jamoa va ishning to‘g‘ri taqsim qilinishi ham o‘ta muhim jihatlardan biri. Bu xuddi futbol maydoniga o‘xshaydi: kimdir gol uradi, boshqasi darvozani himoya qiladi. Har bir xodim aniq maqsadga ega bo‘lsa, undan nimani kutishayotganligini bilsa va oldiga qo‘yilgan vazifani uddalasa, korxona bundan faqat yutadi va muvaffaqiyatga erishadi.

Bunda kompaniyaning har bir sherigi va va xodimi o‘zining kerakliligini va korxona yutug‘ida ularning ham hissasi borligini his etadi, bu esa shaxsiy kamolot va o‘z ustida ishlash uchun rag‘bat bo‘ladi.

Agar rivojlanmasak, orqaga ketamiz. Ekspert va biznes-trener sifatida seminar va treninglarga taklif qilishlganda men “Ko‘zgular mamlakatiga tushib qolgan Alisa” haqidagi hikoyadan shunday iqtibos keltiraman: “Turgan joyingda qolishing uchun tinimsiz yugurish lozim, biror joyga yetib olish uchun esa, kamida ikki barobar tezroq chopish kerak!” Bolalikda eshitganimiz bu so‘zlarning ma’nosini katta bo‘lganimizdan keyingina tushunamiz. Do‘stlar, real voqyelikka – “mo‘jizalar mamlakati”ga xush kelibsiz, bu yerda raqobat o‘z ustida tinmay ishlashni va doim o‘qlangan miltiqdek taxt turishni taqozo etadi. Hayotning jo‘shqin sur’atidan ortda qolmaslik uchun doimo harakatda bo‘lishimiz, nimagadir erishish uchun jsa, yanada ko‘proq sa’y-harakatlarni amalga oshirishimiz talab etiladi.

Shundan so‘ng so‘z mahorat darsining asosiy ma’ruzachilaridan yana biri “Office market”, “Dekos” kompaniyalari hamda “M faktor” loyihasi asoschisi Husan Mamasaidovga berildi.

— Mamasaidovlar biznes bilan oilaviy shug‘ullanishadi. O‘tgan asrning 90-yillarida «Office Market» brendiga asos solgan Rahmonberdi Mamasaidovning o‘g‘illari – Ikrom, egizaklar Hasan va Husan, Ibrohimlar oilaviy ishni davom ettirib kelishmoqda. Ularning har biri o‘z yo‘nalishini tanlagan va sohalarida muvaffafiyatlarga erishib kelishmoqda.

Biz oilada to‘rt nafar farzandmiz. Maktabda o‘qib yurgan paytlarimizda otamiz bizlarni o‘zlari bilan sayohat va safarlarga olib borishga harakat qilgan. Biroq har safar navbatma-navbat borish sharti bilan. Bugungi kunga kelib dunyoning 30 dan ortiq mamlakatida bo‘lganman. Bu mamlakatlarning juda ko‘pchiligiga biznes seminarlarga, mahorat darslarida ishtirok etish uchun borganman. To‘g‘ri chet mamlakatlarga borib kelish xarajatlari juda qimmat, lekin o‘sha yerdagi mashhur biznes sohasi vakillarining fikrlarini eshitib o‘zim uchun yangi g‘oya, yangi fikrlar olib kelishga harakat qilaman. Men kanselyariya mahsulotlari bilan ishlayman, shu boisdan birinchi bo‘lib notanish shaharga borganimda kanselyariya mahsulotlari sotiluvchi do‘konga yo‘l olaman. Menga nima taklif qilinayotgani va qay tarzda sotilishi qiziqarli. Har safar nimanidir o‘rganamiz, bu kelajakda rivojlanish uchun zamin yaratadi.

Biz Hasan bilan dastavval Toshkent davlat sharqshunoslik institutiga o‘qishga kirganmiz, biroq bir yil o‘tib Toshkent davlat texnik universiteti qoshida ochilgan Malayziya institutining biznesni boshqarish fakultetiga o‘tganmiz. Shuningdek, men O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tugatganman. O‘sha paytda ko‘plab qiziqarli safarlarda bo‘lganman, malaka oshirishgi o‘tash uchun grantlarni yutib olishga harakat qilganman, chunki har taraflama rivojlanishni xohlaganman.

Bizning kompaniyamiz Deli markasining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori hisoblanadi. Deli esa mahsulotlarining sotilish hajmi bo‘yicha dunyoning top 10 taligiga kiradi. Shu sababli biz boshqa davlatdan kelgan hamkorlarimiz bilan tez-tez uchrashib turamiz va tajriba almashamiz.

Ma’ruzalar yakunida savol-javoblar bo‘lib o‘tdi. Professor-o‘qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar, magistratura va bakalavriat bosqichi talabalari o‘zlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan atroflicha ma’lumotga ega bo‘ldilar.

Mahorat darsi yakunida Xalqaro turizm fakulteti dekani Nozima Zufarova, Marketing kafedrasi mudiri Shahnoza Ergashxodjaeva Hasan va Husan Mamasaidovlarga bugungi ishtirok uchun minnatdorchilik bildirib, ularga universitet rektori nomidan “Sertifikat” va esdalik sovg‘alarini topshirishdilar.

 

#besh_tashabbus

Buxgalteriya hisobi va audit fakulteti tashabbusi bilan talaba-yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan tadbir tashkil etildi. Unda fakultetning birinchi va ikkinchi bosqichida tahsil olayotgan 300 nafardan ortiq talaba kompyuter va axborot texnologiyalariga doir bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar.

“Zamonaviy texnologiyalarga asoslangan raqamli iqtisodiyotning jadal rivojlanishi axborot va kommunikatsiya sohasida yuqori malakali dasturchi va mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirishga bo‘lgan talabni oshirmoqda», deydi fakultet dekani o‘rinbosari Ismoil Zaynutdinov. «Mazkur tadbirni o‘tkazishdan maqsad yoshlarning mafkuraviy immunitetini kuchaytirish, ijodiy-intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun sharoitlar yaratish, ularni kompyuter texnologiyalaridan samarali tashkil etishga qaratilgan. O‘ylaymizki, ushbu o‘tkazilgan tadbir davomida talabalar axborot va kompyuter texnologiyalariga oid bilimlarini boyitdilar, shu bilan birga undan maqsadli foydalanish haqida ham ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.»

Tadbir yakunida tengdoshlariga qaraganda ko‘proq bilimga ega bo‘lgan talabalar g‘olib deb topilib, esdalik sovg‘alari va Faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.

 

#besh_tashabbus

Iqtisodiyot fakulteti tomonidan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo‘naltirilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor v.v.b. Ravshan Najamidinov, “Universitet 3.0” xalqaro o‘quv, ilmiy-innovatsion tadqiqotlar markazi direktori Sherzod Mustafoqulov, Iqtisodiyot fakulteti dekani Alisher Qobilov va boshqalar yoshlar o‘rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning ahamiyati haqida gapirib o‘tdilar. Mamlakatimizda, shu jumladan universitetda ma’naviy-ma’rifiy jarayonlarni izchillik bilan amalga oshirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, yoshlarimizning barkamol bo‘lib tarbiyalanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yanada kengaytirish borasida olib borilayotgan ishlar xususida to‘xtaldilar.

O‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir doirasida talabalar tomonidan kuy-qo‘shiqlar, she’r va raqslar ijro etildi. Elimizning ardoqli adibi Tohir Malikning “Zulmat saltanati” nomli asari asosida sahna ko‘rinishi namoyish etildi.

Tadbir so‘ngida faol ishtirokchilarga ustoz-murabbiylar, talaba-yoshlar o‘rtasida badiiy jihatdan yuksak milliy va jahon mumtoz adabiyotlari namunalarini targ‘ib qilish hamda ularning madaniy hordiq chiqarishlari uchun qo‘shgan hissasi uchun tashakkur izhor qilinib, Faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari topshirildi.

 

 

 

Darslik

1.     Sh.I.Xashimxodjayev, O.K Rixsimbayev. “Iqtisodiy axborot tizimlarini loyihalashtirish” : Darslik.-T.:<<Iqtisodiyot>>, 2019.-233 bet. 10 ekz.
2.      G‘.E. Zaxidov, M.T. Asqarov, Z.A. Djumayev, L.F. Amirov, H.A. Hakimov. “Makroiqtisodiyot”: Darslik. – T.: <<Iqtisodiyot>>, 2019. – 290 bet. 20 ekz.
 

O‘quv qo‘llanma

 1.     Majidov R.R., Sobirov A.A.  Internet texnologiyalari; o‘quv qo‘llanma. -T.;< <Iqtisodiyot> >, 2019.-254 bet.10ekz.
2.     Q.X. Abduraxmonov, I.A. Boqiyeva. “Personal audit va nazorat”:

O‘quv qo‘llanma. – T.: <<Iqtisodiyot>>, 2019.-225bet. 10 ekz.

3.     A.A. Sobirov, R.A. Dadabaeva, D.B. Xashimova. “Algoritmlashtirirish va dasturlash asoslari”: O‘quv qo‘llanma. –T.: <<Iqtisodiyot>>, 2019.-132 bet. 10 ekz.
4.     A.Sh. Bekmuradov, A.A. Musaliyev, Sh.I. Xashimxodjaev. “Axborat biznesi”: O‘quv qo‘llanma. -T.:<<Iqtisodiyot>>, 2019.-160bet. 10 ekz.
5.     Madjidov R.R. “Informatika fanini o‘qitish metodikasi”: O`quv qo`llanma. –T.:<<Iqtisodiyot>>, 2019.-150 bet. 10 ekz.
6.     Ishnazarov A.I., Nurullaeva Sh.T., Ro‘zmetova N.Sh. “Iqtisodiy-matematik usullar va modellar”: O‘quv qo‘llanma. –T.: <<Iqtisodiyot>>, 2019.-168 bet. 10 ekz.
7.     Shodiyev T.Sh., Ishnazarov A.I. “Iqtisodiy o`sishning matematik modellari”: O`quv qo`llanma. –T.: <<Iqtisodiyot>>, 2019. -200bet. 10 ekz.
8.     M.F. Hakimova. “Zamonaviy iqtisodchining shaxsi”: O‘quv qo‘llanma. –T.: <<Iqtisodiyot>>, 2019. -167 bet. 10 ekz.
9.     A.A. Almurodov. “Tarmoqlararo modellar”: O‘quv qo‘llanma. –T.:<<Iqtisodiyot>>, 2019. -120 bet. 10 ekz.
10. N.A. Rasulova, D.M. Yusupova. “Ma’lumotlar bazalari”: O‘quv qo‘llanma. –T.: <<Iqtisodiyot>>, 2019. -172 bet. 10ekz.
11.  Shodiyev T.Sh., Ishnazarov A.I. “Mikroiqtisodiy jarayonlar va firmalar faoliyatini modellashtirish”: O‘quv qo‘llanma. –T.: <<Iqtisodiyot>>, 2019. -190 bet. 10 ekz.
12.  Ochilova G.O. “Ta’lim texnalogiyalari”: O‘quv qo‘llanma. –T.: <<Iqtisodiyot>>, 2019. -261 bet. 10 ekz.
13.  R.A. Yusupov, S.R. Tolipov, B.Z. Ganiyeva. “Global iqtisodiy rivojlantirish”: O‘quv qo‘llanma. –T.: <<Iqtisodiyot>>, 2019. -160 bet. 10 ekz.
14.  D. Rasulov,  Sh. Nurullayeva, N. Ro‘zmetova, M. Mo‘minova. “Ekonometrika asoslari”: O‘quv qo‘llanma . –T.: <<Iqtisodiyot>>, 2019. -248 bet. 20 ekz.
15.  Alimov R.X., Fayziyev R.A., Ishnazarov A.I. “Iqtisodiy sistemologiya”: O‘quv qo‘llanma . –T.: <<Iqtisodiyot>>, 2019. -160 bet. 10 ekz.
16.  O.V. Abdullayev, S.O. Xomidov. “Sotsiologik tadqiqotlarda matematik usul va modellar”: O‘quv qo‘llanma . –T.: <<Iqtisodiyot>>, 2019. -136 bet. 10 ekz.
17.  Xayitmatov O’. T., Alimov R.X., Akramov A.A.,  Azamatov O.X.  “Obyektga yo‘naltirilgan dasturlash tillari”: O‘quv qo‘llanma . –T.: <<Iqtisodiyot>>, 2019. -140 bet. 10 ekz.
18.  Ochilova G.O., Musaxanova G.M., Abdullayeva R.M. “Pedagogika. Psixologiya”: O‘quv qo‘llanma . –T.: <<Iqtisodiyot>>, 2019. -314 bet. 10 ekz. 
19.   Bakieva I.A. “Mehnatni tashkil etish va boshqarish”: O‘quv qo‘llanma . –T.: <<Iqtisodiyot>>, 2019. -221 bet. 10 ekz.
20.   Д.Т. Миралиева, М.Т. Джураева. «Политика в сфере образования» Учебное пособие. –T.: <<Iqtisodiyot>>, 2019. – 240стр. 10 экз.
21.  Д.М. Расулев., Р. Х. Алимов, Ш.Р. Джуманиязов, У.Т. Хайитматов.  «Электронная коммерция» Учебное пособие. –T.: <<Iqtisodiyot>>, 2019. – 160стр. 10 экз.
22.  А.А. Исламов,  Н.С. Файзуллаева.  «Экономика знаний» Учебное пособие. –T.: <<Iqtisodiyot>>, 2019. – 154стр. 10 экз.
23.  Р. А. Дадабаева, И.Е. Жуковская,  Д.П. Хашимова.    «Информационно- коммуникационные технологии и системы в экономике » Учебное пособие. –T.: <<Iqtisodiyot>>, 2019. – 580стр. 20 экз.
24.  E.X. Mahmudov, M.Yu. Isoqov, “Biznes –rejalashtirish”: O‘quv qo‘llanma. – T.: <<Iqtisodiyot>>, 2019. – 148 148 bet. 10 ekz.
25.  A.A. Abidov, A.A. Sobirov. “Biznes jarayonlarida ma’lumotlarni qayta ishlash texnologiyalari”: O‘quv qo‘llanma. – T.: <<Iqtisodiyot>>, 2019. -256 bet. 10 ekz.
26.  А.А. Абидов, Н.Ю. Власова, И.Е. Жуковская, А.А. Собиров. “Электрон хужжат алмашинуви тизимлари”. Ўқув қўлланма. –Т.: “Iqtisodiyot” , 2019,-220 бет. 10 экз.
27.  N.X. Lutfullayeva. “Psixologiya”: O‘quv qo‘llanma. – T.: <<Iqtisodiyot>>, 2019. – 156 bet. 10 ekz.
28.  Н.С. Файзуллаева,  А.А. Исламов.  «Экономика и менеджмент» Учебное пособие. –T.: <<Iqtisodiyot>>, 2019. – 200стр. 10 экз.
29.  М.Ф. Хакимова, Н.Х. Лутфуллаева, Р.М. Абдул-лаева,   Д.М. Файзуллаева.  “Махсус фанларни ўқитиш методикаси”. Ўқув қўлланма. –Т.: “Iqtisodiyot” , 2019,-144 бет. 10 экз 
30.  Файзиев Р.А., Собиров А.А., Зиядуллаев Д.Ш. .  «Тенология создания электронных учебников» Учебное пособие. –T.: <<Iqtisodiyot>>, 2019. – 163стр. 10 экз.
31.  Rasulev D.M., Almuradov A.A., Xomidov  S.O. “Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish va prognozlash ”: O‘quv qo‘llanma. – T.: <<Iqtisodiyot>>, 2019. – 156 bet. 10 ekz.
32.  Alimov R.X., Sobirov A.A., Saydullayeva S.A., Sharipov B.A., Akromov A.A.  “Web – dasturlash ”: O‘quv qo‘llanma. – T.: <<Iqtisodiyot>>, 2019. –  234 bet. 10 ekz.
33.  D. Rasulev, Sh. Nurullayeva, N. Ro’zmetova,  M. Muminova.  Biznes jarayonlarini modellashtirish”: O‘quv qo‘llanma. – T.: <<Iqtisodiyot>>, 2019. – 178bet. 20 ekz.
34.  Бердияров Б.Т. Банк назорати бўйича Базел қўмитаси талабаларини Ўзбекистон банк амалиётида қўллаш истиқболлари. –Тошкент: 2017. -163 бет. 10 экз.
35.  Sh.I. Xashimxodjayev. “Tizimli taxlil va loyihalashtirish”: O‘quv qo‘llanma. –T.: <<Iqtisodiyot>>, 2019. -228 bet. 10 ekz.
36.  X.X. Abduramanov. “Demografik tahlil”: O‘quv qo‘llanma. – T.: <<Iqtisodiyot>>, 2019. -270 bet. 10 ekz.                                                                                             
37.  Д. Сагатова “2018 йил- Фаол тадбиркорлик,инноваццион ғоялар ва технологияларни қўллаб- қувватлаш йили” Т.: <<Baktria press>>, 2019.- 88 бет. 5 экз.
38.  Д. Мирахмедова “2018 год- Год поддержки активного предпринимательства, инновационных идей и технологий” Т.: <<Baktria press>>, 2019. -88 стр. 5 экз.
39.  «Ўзбекистон- Германия: ўзаро манфаатли хамкорликнинг янги сахифаси» [Матн] – Тошкент: «Ўзбекистон» НМИУ, 2019, 212 бет. 2 экз.
40.  Uzbekiston – Deutschland: die neue Seite einer gegenseitig Vorteilhaften Zusammenarbeit – Tachkent: <<O`zbekiston>> Verlag, 2019. 212 s. 1 ekz.
41. «Ўзбекистон- Франция: тараққиётнинг янги босқичидаги хамкорлик» [Матн] – Тошкент: «Ўзбекистон» НМИУ, 2019, 235 бет. 1 экз.
42. «Узбекистан-Франция: сотрудничество на новом этапе развития» -Ташкент: «Узбекистан» НМИУ, 2019, 235 стр. 1 экз.
43. “Uzbekiston – France: la cooperation a une nouvelle etape de developpement” – Tachkent: <<O‘zbekiston>> Verlag, 2019. 235 s. 1 ekz.

 

 

 

 

Makroiqtisodiyot kafedrasi tomonidan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish hamda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 30 yilligi munosabati bilan madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Talabalar turar joyida tashkil etilgan tadbirda kafedra a’zolari, ta’lim-tarbiya maslahatchilari va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

“Til millat ko‘zgusi” mavzusida tashkil etilgan tadbir mehmoni sifatida taniqli shoir O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining adabiy dramatik eshittirishlar bosh muharriri Yahyo Tog‘a hamda shoira Muhayyoxon Mirsaidova ishtirok etdilar.

So‘zga chiqqanlar yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga hamda iste’dodini yuzaga chiqarishlariga ko‘maklashish maqsadida olib borilayotgan amaliy chora-tadbirlarning ahamiyatiga to‘xtalib o‘tdilar. O‘zbekiston taraqqiyotining bugungi yangi bosqichi — milliy yuksalish davri talablaridan kelib chiqib, ona tilimizning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilyotgani qayd etildi.

Tadbir davomida taklif etilgan mehmonlar o‘z qalamlariga mansub ijod namunalaridan o‘qib eshittirdilar, talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berdilar.

 

Iqtisodiyotda axborot tizimlari fakuteti hamda Kasb talimi (iqtisodiyot) kafedrasi tomonidan 21 oktyabr O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining o‘ttiz yilligi munosabati bilan “Til – millat ko‘zgusi” deb nomlangan madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Do‘stlik va Mehnat shuhrati ordeni sohibasi, “Oltin qalam” milliy mukofoti sovrindori Zulfiya Mo‘minova, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor Ravshan Najimaddinov, Iqtisodiyotda axborot tizimlari fakultet dekani Abdurasul Sobirov, Kasb ta’limi (Iqtisodiyot) kafedrasi Anvar Islomov va boshqalar so‘zga chiqib, bugungi kunda davlat tilining bugungi kundagi yuksak ahamiyatiga to‘xtalib o‘tdilar.

Bundan 30 yil muqaddam o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan edi. Bu o‘z davrida tom ma’noda olamshumul voqyea bo‘lgan edi. Chunki, Beruniy, Ibn Sino, Al Xorazmiy, Al Farg‘oniy, Alisher Navoiy, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Bobur Mirzo singari buyuk siymolarni yetishtirgan xalq tili yo‘qolish arafasiga kelib qolgan edi. Mustaqillikka ilk qadamlar tashlanayotgan davrdayoq o‘zbek tiliga davlat maqomi berish masalasi kun tartibiga qo‘yilib, bu ish amalga oshirilgan edi. Ona tilimiz – o‘zbek tiliga 1989 yil 21 oktyabrda davlat tili maqomi berildi. Bu mamlakatimiz, yurtdoshlarimiz hayotidagi unutilmas, tarixiy voqyeaga aylandi.

Shuni ta’kidlash kerakki, o‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi xalqimizning milliy mustaqillikka erishish yo‘lidagi muhim qadamlaridan biri bo‘lgan edi. Istiqlol yillarida mamlakatimizda barcha sohalarda bo‘lgani kabi tilimiz taraqqiyotida ham muhim o‘zgarishlar yuz berdi. O‘zbek tilining xalqaro miqyosda obro‘si oshdi. “Davlat tili haqida”gi qonun ona tilimizning bor go‘zalligi va jozibasini to‘la namoyon etish bilan birga, uni ilmiy asosda rivojlantirish borasida ham keng imkoniyatlar yaratdi. Olimlar va mutaxassislar tomonidan ilm-fan va turli sohalarga oid ensiklopediya va lug‘atlar, darslik va o‘quv qo‘llanmalari chop etildi. Mumtoz adabiyotimiz namunalari, sakson mingdan ziyod so‘z va so‘z birikmasini, fan, texnika, sanoat, madaniyat va boshqa sohalarga oid atamalarni, shevalarda qo‘llaniladigan so‘zlarni o‘z ichiga olgan besh jildlik “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” bu borada amalga oshirilgan ishlarning eng muhimlaridandir.

Til – millat qiyofasining bir bo‘lagi. Dunyodagi barcha xalqlar o‘zining milliy rasmiy tiliga ega deb aytolmaymiz. Chunki bu xalqning milliy mustaqilligi bilan bog‘liq. Mutaxassislarning so‘zlariga qaraganda, bugungi kunda har ikki xaftada bitta til yo‘qolib bormoqda. Bu o‘z navbatida o‘sha tilda so‘zlashuvchi xalqlarning yo‘qolishini anglatadi. YUNESKO vakillarining so‘zlariga qaraganda, qachonlardir odamlar so‘zlashadigan tillarning soni 7 mingdan 8 mingtagacha yetgan bo‘lsa, bugungi kunda sayyoramizda 6 mingta til mavjud bo‘lib, ularning 90 foizi yo‘qolib ketish arafasida turibdi. Bu asosan sivilizatsiya tufayli madaniyatidan ayrilayotgan kam sonli millatlarning tillaridir. Bu tillarda so‘zlovchi aholining ayrimlari yozuvga ega bo‘lsa, ayrimlari bundan bebahradir. Masalan, Afrika tillarida so‘zlashuvchi aholining 80 foizi hamon o‘z yozuvlariga ega emas. Minglab tillardan ta’lim tizimida foydalanishning imkoniyati yo‘q. Internetdan foydalana olmaydigan tillar haqida-ku aytmasa ham bo‘ladi. Chunki yangi texnologiyalarning rivojlanishi tufayli ayrim xalqlar o‘z tillaridan ko‘ra zamonaviy tillardan foydalanishga majbur bo‘lmoqda. Bugun Internet tilining 81 foizi ingliz tiliga to‘g‘ri keladi.

Til nafaqat muammola vositasi – balki xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir. Turli xalqlarning tillariga hurmat esa o‘z navbatida o‘zaro tushunishni, muloqotlarga imkoniyat yaratadi. Tillarni saqlanib qolishi uchun esa bu tillarni qo‘llab-quvvatlash zarurdir. Aynan til tufayli insoniyat u yoki bu xalqqa mansubligidan faxrlanib yashaydi. Barcha tillarni tan olish va hurmat qilish tinchlikning birdan bir kafolatidir. Shu sababli ham har bir xalq o‘z tili saqlanib qolishi uchun harakat qiladi.

Bugungi kunda dunyoda 6809 ta til mavjud bo‘lib, ularning teng yarmi sakkizta davlat – Meksika, Indoneziya, Kamerun, Braziliya, Hindiston, Xitoy, AQSh va Rossiya hissasiga to‘g‘ri keladi. Eng ko‘p tilli mamlakat sifatida Hindiston tan olinadi. Bu mamlakatda aholi 845 til va lahjada so‘zlashadi. Ikkinchi o‘rinda esa 600 ta til va shevada so‘zlashuvchi Papua — Yangi Gvineya turadi. Sayyoramizda eng ko‘p aholi so‘zlashadigan til sifatida xitoy, ingliz va ispan tillari tan olingan. Birinchi o‘nlikka hindi, bengal, arab, portugal, nemets, rus va yapon tillari ham kiritilgan. Jaxon tillarining atigi 4 foizi yevropa qitasiga to‘g‘ri kelsa-da, eng ko‘p so‘zlashuvchi tillarning teng yarmi “ko‘hna qita”da ekani ma’lum bo‘ldi. 341 million kishi ingliz tilini ona tili sifatida tan oladi, biroq yana 350 million kishi bu tilni ikkinchi ona tili sifatida ko‘rishini ma’lum qilgan. Tahlilchilar xitoy va ingliz tillari foydalanish bo‘yicha o‘z mavqyeini oshirib borayotganini aytishadi. Vaziyatni o‘rganayotgan kuzatuvchilarning fikricha, foydalanuvchilar soni bo‘yicha ayni damda ingliz tili yetakchilik qilayotgan bo‘lsa, XXI asr o‘rtalariga borib, xitoy tili asosiy til bo‘lib olishi mumkin.

Uchrashuv davomida talabalarni qiziqtirgan turli savollarga ma’ruzachilar atroflicha javob berdilar. Ochiq va jonli muloqot shaklida tashkil etilgan tadbir talabalar va professor-o‘qituvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

 

O‘zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o‘rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog‘liqlik til orqali namoyon bo‘ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili – bu millatning ruhidir.

Buxgalteriya hisobi va audit fakulteti tomonidan “Ona tili – millatning g‘ururi” nomli madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda universitet faollari, professor-o‘qituvchilar, Axborot-resurs markazi xodimlari va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Ta’kidlandiki, 1989 yil 21 oktabrda o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berildi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasida ham “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir” deb yozib qo‘yilgan. Demak, bu kunni cheksiz quvonch va iftixor bilan bayram qilishga haqlimiz.

Darhaqiqat, inson o‘z ona tilisi bilan ulg‘ayadi, kamolga yetadi. Mana shu til bilan yashab o‘tadi. Komillikning birinchi belgisi ham namoyon bo‘ladi.

O‘zbek tilin tinglab kirdi menga jon,

Ohista tikildim va shunda bildim.

Meni tuzatolmas hyech dard-u darmon

Jonimga Masihdur shu ona tilim.

Inson tug‘ilib o‘sgan joyi ona tuproq muqaddas Vatandir. Biz dunyoga keliboq onajonimizni, ona Vatanimizni ko‘ramiz, endigina tilimiz chiqqan damlarda aytilayotgan so‘zimiz bu ona so‘zidir. Biz eng aziz, eng mo‘tabar inson nomini o‘z tilimizda onadek muqaddas ataymiz. Ona bizga jon baxsh ato etgan bo‘lsa, til bizga aql-zakovat ato etadi. Shuning uchun ham o‘zbek tili buyuk va muqaddasdir.

Tadbir davomida Axborot-resurs markazi xodimlari Buxgalteriya fakulteti ta’lim-tarbiya maslahatchilari va talaba-yoshlari bilan hamkorlikda ona tilimizni ulug‘lovchi, kitobxonlikni targ‘ib qiluvchi sahna ko‘rinishlari namoyish qilindi, she’rlar va hikmatli so‘zlar ijro etildi.

Momolarim alla aytgan sen bilan,

Navoiy ham ijod etgan sen bilan,

Istiqlol ham bizga qaytgan sen bilan,

O‘zbek tilim, singib ketding qonimga

Ko‘rk berasan she’rlarim-u borimga.

Xalq og‘zaki ijodining durdona asarlaridan bo‘lgan “Kuntug‘mish” dostonidan ijro etilgan yig‘ilganlarning olqishlariga sazovor bo‘ldi.

Tadbir so‘nggida barcha ishtirokchilarga tashakurnoma va esdalik sovg‘alar taqdim qilindi.

 

Xalqaro hamkorlik bo‘limi hamda Jahon tillari kafedrasi tomonidan Germaniya elchixonasining grandlar bo‘limi rahbari Simon Krechmer tomonidan seminar tashkil etildi. Seminar “Germaniya oliygohlari e’lon qilgan grandlar” haqida bo‘ldi.

Simon Krechmer bakalavr bosqichi talabalari uchun yozgi kurslar, magistratura bosqichi talabalari uchun 3-6 oylik o‘qish va ilmiy izlanish olib borayotgan yosh olimlar uchun mavjud grandlar haqida ma’lumotlar berdi. Shundan so‘ng shu yilning yoz oyida grand yutib, Germaniyada tahsil olib kelgan talabalar hisoboti tinglandi.

Iqtisodiyot fakulteti uchinchi bosqich talabasi Abror G‘ofurov, Bugalteriya hisobi va audit fakulteti ikkinchi bosqich talabasi Ulug‘bek Azimov, Iqtisodiyot fakulteti to‘rtinchi bosqich talabalari: Abdulaziz Abdug‘aniev, Ayubxon Axmadxo‘jaev, Asliddin Xurramovlar Aaxen va Svikkau universitetlarida grand asosida tahsil olib, o‘rgangan bilimlarini va o‘z tajribalarini boshqa talabalar bilan o‘rtoqlashdi. Seminar so‘ngida Simon Krechmer grandlarga ariza topshirish boshlanganligi va noyabr oyida OnSet imtihoni bo‘lib o‘tishini va bunda talabalar faol ishtirok etishlarni ta’kidlab o‘tdi.

Seminar jarayoni juda qiziqarli va ma’lumotlarga boy bo‘ldi. Talabalar o‘zlarini qiziqarli savollari bilan faol ishtirok etdi.