YANGILIKLAR

Oy: Sentabr 2019

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirga O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademiklari, hozirda faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar va uzoq yillar davomida mazkur ta’lim dargohida yoshlarga ilm sirlarini  o‘rgatgan faxriy ustoz-murabbiylar taklif etildi.

Universitetning faol yoshlari tomonidan sahna ko‘rinishlari, kuy-qo‘shgiqlar, raqslar, ustozlarni madh etuvchi she’rlar ijro etildi va yig‘ilganlar kayfiyatiga ko‘tarinkilik baxsh etdilar.

Tadbirga taklif etilgan ustoz-murabbiylar to‘kin dasturxon atrofida dildan suhbat qurdilar, bu yorug‘ dunyoni tark etgan ustoz-murabbiylarni xotirladilar, ularning ibratli hayotlari, boy ilmiy faoliyatlari to‘g‘risida to‘lqinlanib gaplashdilar.

 

Bugun, 30-sentabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Kengashining navbatdan tashqari kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademiklari, professor-o‘qituvchilar, faxriy ustoz-murabbiylar ishtirok etdi.

Yig‘ilish Rustam Hamidovich Shodiyevning mehnat va ilmiy faoliyatiga “60” yil to‘lishi munosabati bilan “Ilmga baxshida umr” mavzusidagi ilmiy suhbat shaklida bo‘lib o‘tdi.

So‘zga chiqqanlar, taniqli olim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Rustam Shodiyevning nomi  respublikamiz ilmiy jamoatchiligi doirasida hamda oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimi xodimlari orasida katta hurmat bilan tilga olinishini ta’kidlab o‘tdilar. Uning ijodi, jamiyat ijtimoiy hayotidagi dunyoqarashi, tanlagan kasbiga, faniga, halqiga, Vataniga sadoqati o‘sib kelayotgan yosh avlod uchun namuna ekanligini aytib o‘tdilar.

Uchrashuvda R. Shodiyevga Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori, professor Bahodir Xodiyev tomonidan universitet Kengashining faxriy a’zosi sertifikati, esdalik sovg‘alarini taqdim etildi.

Shuningdek, Menejment kafedrasi mudiri Nuriddin Qurbonovga Rossiya  Federatsiyasining Ural davlat agrar universiteti faxriy professori unvoni berilishi munosabati bilan maxsus diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Tadbir so‘ngida ishtirokchilar birgalikda fotosur’atga tushdilar va universitetda olib borilayotgan yangilanishlar, o‘zgarishlar bilan tanishdilar.

 

2019-yil 28-sentabr kuni Makroiqtisodiyot kafedrasi tomonidan innovatsion-korporativ hamkorlik doirasida “O‘zbekistonda byudjet-soliq  va pul-kredit siyosatlarini muvofiqlashtirish” mavzusida ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi. Unda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi mutasaddilari, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zLiDep vakillari, professor-o‘qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar va talabalar ishtirok etdilar.

Seminarda ma’ruzachilar tomonidan “Strategik rejalashtirishning amalda qo‘llanishi holati va mavjud muammolar”, “Makroiqtisodiy siyosatini amalga oshirishda Iqtisodiyot va sanoat vazirligining o‘rni”, “O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda investitsiyalardan samarali foydalanish yo‘nalishlari”, “O‘zbekistonda fiskal va monetar siyosatni muvofiqlashtirish zarurati”, “Milliy iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlar jarayonlarini takomillashtirish”, “O‘zbekiston iqtisodiyotini makroiqtisodiy barqarorligini ta’minlash mexanizmlari”, “Byudjet soliq siyosatining barqaror iqtisodiy o‘sishga ta’siri” kabi mavzular taqdimot qildindi.

Ilmiy-amaliy seminar ishtirokchilar taqdimot qilingan mavzular yuzasidan o‘tkazilgan muhokamalarda faol ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan ma’urzachilarga murojaat qildilar va atroflicha javob oldilar.

 

Bank ishi kafedrasi tashabbusi bilan “Innovatsion iqtisodiyot sharoitida bank-moliya tizimini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, O‘zbekiston Banklar assotsiatsiyasi, Aksiyadorlik tijorat “Turonbank”, Aksiyadorlik tijorat Xalq banki mutasaddi xodimlari, professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirni Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor v.v.b. Mansur Eshov kirish so‘zi bilan ochib berd iva anjuman ishiga muvaffaqiyat tiladi.

Respublika ilmiy-amaliy anjumanida “Bank tizimi faoliyatini tartibga solish mexanizmini takomillashtirish”, “O‘zbekiston bank tizimida bank xizmatlarini takomillashtirish masalalari”, “Tijorat banklarida chakana biznes xizmatlarini rivojlantirish istiqbollari”, “Valyuta siyosatini liberallashtirishning dolzarb masalalari”, “Предпосылки перехода к модели цифрового макро регулируемого финансового рынка в контексте национальной программы “цифровой Узбекистан-2030” kabi mavzular muhokama qilindi.

Ilmiy-amaliy anjuman yalpi majlisidan so‘ng ishtirokchilar shu’balarga bo‘lingan holad “Innovatsion yondashuvlar asosida bank tizimi faoliyatini tartibga solish mexanizmini takomillashtirish”, “Mamlakat investitsion jozibadorligini oshirishning ilmiy-innovatsion asoslarini shakllantirish”, “Qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirishning innovatsion uslublarini joriy etish istiqbollari”, “Xorijiy mamlakatlar tajribasi asosida innovatsion bank xizmatlarini rivojlantirish imkoniyatlari” mavzularini muhokama qildilar.

 

Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan Xalqaro turizm fakulteti jamoasi va talabalari tomonidan madaniy kecha tashkil etildi. Unda prorektorlar, universitetdagi jamoat tashkilotlari rahbarlari, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori Bahodir Xodiyev so‘zga chiqib, barcha ustoz-murabbiylarni bayram munosabati bilan muborakbod etdi.

— “Avvalombor barcha ustoz va murabbiylarni, zahmatkash va mehribon ustozlarimizni “Ustoz va murabbiylar” bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman. Dillarimizdagi eng yaxshi tilaklarimiz sizga bo‘lsin. Ta’lim-tarbiya yo‘llarida hormang-tolmang.

Bugun chet tillarida ravon so‘zlashayotgan, xalqaro fan olimpiadalarida sovrindor bo‘layotgan yoshlarni ko‘rganda: “Ular asli ibn Sino, Al-Xorazmiy, Beruniy, Buxoriy, Mirzo Ulug‘bek avlodi-da, asli-nasli toza yoshlar-da!”, deb faxrlanamiz. Bugun kasbga qiziqib uni mukammal egallagan yoshlar, dunyoning turli shaharlarida o‘z qobiliyatini ko‘rsatayotganlarini kuzatib: “Ustozingga, otangga balli”, deymiz. Demak yurtimizda yashayotgan har bir vatandoshimizning yutug‘i va muvaffaqiyatidan nafaqat ular, ularning ustoz va ota-onalari, balki butun yurt odamlarining qalbida g‘urur, yuzlarida sururni ko‘ramiz.”

Shundan so‘ng, Xalqaro turizm fakulteti talabalari tomonidan she’riy chiqishlar, sahna ko‘rinishlari, kuy-qo‘shiqlar va raqslar ijro etildi va yig‘ilganlarning olqishlariga sazovor bo‘ldilar.

 

Yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori Bahodir Xodiyev talabalikka qabul qilingan yoshlarning ota-onalari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda yoshlar tarbiyasi, ularning ta’lim olishi, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, jismoniy chiniqtirish masalalarida hamkorlik qilish haqida so‘z yuritildi.

Ota-onalarga farzandining tahsil olish jarayonida duch kelinadigan har qanday ta’magirlik holati yuzasidan universitet rahbariyatini xabardor qilish, ularning turli oqimlar ta’siriga tushib qolmasliklari uchun doimiy hamkorlikka chorlandi.

Bo‘lib o‘tgan jonli muloqot davomida ota-onalar farzandlari tarbiyasi va bilim olishglariga doir o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar. Jumladan, xorijiy tillarda dars soatlarini tashkil etish, talabalar turar joyidagi o‘rinlar sonini ko‘paytirish, yopiq sharoitda jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini o‘tkazish imkoniyatini tashkil etish, qo‘shimcha ravishda xorijiy tillarni o‘rgatish to‘garaklari faoliyatini yo‘lga qo‘yish, madaniy-ma’rifiy tadbirlarga diniy idora vakillari va madaniyat sohasi xodimlarini jalb etish borasida takliflar bildirdilar.

Ota-onalar universitet ma’muriyatiga farzandlariga berilayotgan yuksak e’tibor uchun tashakkur bildirib, 1 oktyabr – Ustoz va murabbiylar kuni bayrami bilan tabrikladilar.

 

Ayni kunlarda poytaxtimizdagi O‘zekspomarkaz Milliy ko‘rgazma majmuasi pavilonlarida “ICTWEEK-2019” haftaligi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Sanoat iqtisodiyoti kafedrasi mudiri iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent Ibodulla Xotamov, kafedra katta o‘qituvchisi Shuhrat Egamberdiyevlar boshchiligidagi Biznes informatika hamda Informatika va axborot texnologiyalari yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar ishtirok etdi.

Mazkur forumda davlat organlari, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasidagi korxona va tashkilotlar, xalqaro ekspertlar va tahlilchilar, yirik mahalliy va xorijiy IT-kompaniyalar ishtirok etdi.

ICTWEEKning asosiy maqsadi – zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalar yutuqlarini namoyish etish va tajriba almashish shuningdek, O‘zbekiston IT-bozorining xorijiy investorlarga jozibadorligini, davlat, kompaniyalar va iste’molchilarning o‘zaro munosabatlarini namoyish etish uchun zamin yaratishdan iborat.

3 kun davomida bo‘lib o‘tgan forumda “Zamonaviy IT texnologiyalar”, “Raqamli iqtisodiyot”,  “Elektron hukumat” kabi mavzular doirasida mutaxassislarning ma’ruzalari forumda ishtirok etgan universitetimiz professor-o‘qituvchilari va talabalarida qiziqish uyg‘otdi.

 

Avval xabar qilganimizdek, Rossiya Federatsiyasining Ural davlat iqtisodiyot universiteti rektori Yakov Petrovich Silin ta’lim dargohimizda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turibdi.

Shu munosabat bilan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Kengashi a’zolari va Xalqaro qo‘shma ta’lim dasturi asosida tahsil olayotgan talabalar ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi mustahkam hamkorlik aloqalari doirasida oliy ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlarning ahamiyati haqida so‘z yuritdilar. Ikki oliy ta’lim muassasasi hamkorligida amalga oshirilayotgan qo‘shma ta’lim dasturini rivojlantirish borasidagi amaliy sa’y-harakatlarning yangi bosqichi haqida to‘xtalib o‘tdilar.

Shundan so‘ng Yakov Petrovich Silin tomonidan iqtisodiyot fanlari doktori, professor Bahodir Xodiyevga Ural davlat iqtisodiyot universitetining Faxriy professori unvoni topshirildi.

 

Bugun, 26-sentabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga Rossiya Federatsiyasining Ural davlat iqtisodiyot universiteti rektori Yakov Petrovich Silin tashrif buyurdi.

Tashrif davomida S. Yakov Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda Ural davlat iqtisodiyoti universiteti hamkorligida tashkil etilgan xalqaro ta’lim dasturi asosida tahsil olayotgan talabalar bilan uchrashdi.

Yaratilgan imkoniyatlarga yuqori baho berib, rejalashtirilayotgan yangi loyihalar xususida talabalarga ma’lumot berib o‘tdi. Jumladan, qo‘shma ta’lim dasturini amalga oshirishda Ural davlat iqtisodiyot universiteti va professor-o‘qituvchilarining ishtiroki, ilmiy-uslubiy, o‘quv qo‘llanmalar, elektron bazadan foydalanish borasida talabalarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berdi.

Ural davlat iqtisodiyot universiteti rektoriga Xalqaro ishlar bo‘yicha prorektor Dilorom Begmatova, O‘quv uslubiy boshqarma boshlig‘i G‘ofurjon Zohidov, Xalqaro qo‘shma ta’lim dasturi bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i Baxtiyor Nasimov hamrohlik qildi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-avgustdagi PQ-3231-son qarorining 10-bandiga muvofiq xarajatlar smetasi va ularning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlar, shuningdek, tovarlar (ish va xizmatlar)ni xarid qilish bo‘yicha tuzilgan shartnomalar to‘g‘risida ma’lumot.

ТК- 2 кв.2019 г.

Договора- РЖ

Наука-2 кв.2019 г.

РЖ-инн.-2кв.2019

Баланс – 2 кв.2019 г.

ТК-УРАЛ-2 кв.2019

РЖ-2 кв.2019

Договора-Наука

Договора-бюджет

Договора- Урал

Договора- Контракт

Договора- Инновац.

Бюджет-2 кв.2019