YANGILIKLAR

Kun: 24.08.2019

2019/2020 o‘quv yili qabuli uchun Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda Avstriyaning Krems amaliy fanlar universiteti bilan hamkorlikda kadrlar tayyorlash bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlarining kirish imtihoni  2019 yilning 28 avgust kuni tashkil etiladi.

  • Test o‘tkazildigan manzil – Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Islom Karimov ko‘chasi 49, TDIU 5 bino
  • Mo‘ljal – Muqumiy teatri
  • Test topshiriladigan sana – 28 avgust 2019 yil

Abituriyentlar  test sinovida ishtirok etishlarini https://www.tsue.uz elektron manzili orqali bilib olishlari mumkin.

  • Test topshiradigan abiturientlar uchun test sinovi topshirish joyiga kelish vaqti – 07:00
  • Imtihon shakli – Test

 

Abituriyentlarning huquq va majburiyatlari:

Ko‘rsatilgan sana va vaqtda test sinovi o‘tkaziladigan hududga yetib kelib, nazorat posti orqali pasport (asli) bilan hududga kirish;

Tekshiruv davomida shaxsi aniqlanmagan va kechikib kelgan abiturientlar test sinoviga kiritilmaydi.

soat 07:00 dan 08:00 gacha nazorat postlari tekshiruvidan o‘tish va test sinovi o‘tkaziladigan binoga kirish;

Abituriyentlar uchun quyidagilar taqiqlanadi:

Savollar kitobi va javoblar varaqasini buklash, yirtish va bino tashqarisiga chiqarish;

Javoblar varaqasidagi bitta test topshirig‘iga ikki va undan ortiq javobni yozish, yoxud birorta ham javobni yozmaslik, bunda ushbu test topshirig‘iga ball berilmaydi;

Test sinovini topshirish vaqtida guruhdan chiqish;

Mikrokalkulyator, lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va boshqa vositalar, shpargalkalarni test sinovlari o‘tkaziladigan hudud yoki binoga olib kirishga harakat qilish;

Test materiallarini boshqa abiturientga uzatish, yordam berish va bir-biri bilan gaplashish;

Test sinovi uchun ajratilgan vaqt tugagandan so‘ng test materiallarini topshirishdan bosh tortish (abiturientning test sinovlari jarayonidan chetlashtirilishiga va test natijalarini chiqarilmasligiga asos bo‘ladi).