YANGILIKLAR

Kun: 19.08.2019

Jahon tillari kafedrasi o‘qituvchisi Nargiza Sodiqova hamda universitetimizning ilmga chanqoq talabalari – Xalqaro turizm fakulteti 3-bosqich MR-41 guruh talabasi Ziyovuddin Inog‘omov va Iqtisodiyotda axborot tizimlari fakulteti 3-bosqich IIT-41 guruh talabasi Muzaffar Saidov joriy yilning 21 iyundan 30 avgustga qadar Yaponiyaning Hokkaydo shahri “Hokko Gakuen Welfare Professional School” kollejiga ta’lim olish maqsadida jo‘nab ketishgan edi.

Hozirda, ular Yaponiyaning Hokkaydo shahri “Hokko Gakuen Welfare Professional School” kollejida yapon tili va Yaponiya madaniyati bo‘yicha malakalarini oshirib, tajriba orttirmoqda.

Quyida ularning Yaponiyada ta’lim olish jarayonlari aks ettirilgan fotolavhalarni e’tiboringizga havola qilamiz.

 

[fb_button]

YUNESKO tashkiloti Yaponiya hukumati bilan hamkorlikda YUNESKO / Keyzo Obuchi nomli grant tanlovini e’lon qiladi. Ushbu grant Yaponiya sobiq Bosh vaziri Keyzo Obuchi xotirasiga bag‘ishlab ta’sis etilgan.

Mazkur tanlovda magistr yoki undan yuqori ilmiy unvonga ega bo‘lgan, 40 yoshdan oshmagan, ilmiy muassasada tadqiqot olib borayotgan, ingliz tilini mukammal biladigan nomzodlar ishtirok etishi mumkin.

Tanlovda quyidagi mavzular bo‘yicha ilmiy tadqiqot olib boriladi:

– “Atrof-muhit (tabiiy talofatlar tasirini kamaytirishga bag‘ishlangan tadqiqotlar)”;

– “Madaniyatlararo muloqot”;

– “Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari”;

– “Mojarolarni tinchlik yo‘li orqali hal etish”.

Ilmiy tadqiqot olib borish muddati: 2020 yil iyun – 2020 yil fevral oyi oralig‘ida kami bilan – 3 oy, eng ko‘p muddat – 9 oy davom etadi.

Mazkur tanlovda ishtirok etish istagini bildirganlar tegishli ma’lumotlarni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Xalqaro hamkorlik bo‘limiga 2019-yil 4-sentabrgacha yetkazishi zarur.

Manzil: Toshkent shahri, Islom Karimov ko‘chasi 49. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ma’muriy binosining 11-qavat 1-xonasi.

Telefon: 0 371 239-28-19

Bugun, 19-avgust kuni 2019/2020 o‘quv yili qabuli uchun Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda Ural davlat iqtisodiyot universiteti bilan hamkorlikda kadrlar tayyorlash bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlarining kirish imtihoni bo‘lib o‘tmoqda.

Test sinovlari Xalq iste’mol tovarlarining yarmarka savdosi respublika markazi (Manzil: Toshkent shahri, Shayhontohur tumani, Beruniy ko‘chasi 41-uy)da amalga oshirilmoqda.

Kirish imtihoni ikki smenada tashkil etilgan bo‘lib, ayni damda abituriyentlar birinchi smenada test sinovida ishtirok etishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, test sinovlarining ikkinchi smenasida ishtirok etadigan abiturientlardan bugun soat 13:00da Xalq iste’mol tovarlarining yarmarka savdosi respublika markazi (Manzil: Toshkent shahri, Shayhontohur tumani, Beruniy ko‘chasi 41-uy) yetib kelishi so‘raladi.

Test topshiriladigan fanlar:

1. Rus tili va adabiyoti (3,1),

2. Matematika (2,1),

3. Chet tili (1,1).

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti barcha abituriyentlarga omad tilaydi.