YANGILIKLAR

Kun: 06.08.2019

Bugun, 6-avgust kuni Indoneziyaning Gunadarma universiteti rektori Eko Sri Margianti xonim boshchiligidagi delegatsiya rasmiy tashrif bilan keldi. Indoneziya delegatsiyasi rahbari va a’zolarini Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori Bahodir Xodiyev qabul qildi.

Suhbat jarayonida hamkorlik aloqalarining bugungi holati tahlil qilinib, uni rivojlantirishning istiqbolli loyihalari haqida takliflar bildirildi.

Eko Sri Margianti xonim O‘zbekiston – Indoneziya do‘stlik jamiyati faoliyati doirasida turizmni rivojlantirish, ilm-fan, madaniyat va san’at, iqtisodiy forumlar sohalaridagi aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan qo‘shma tadbirlarning ijobiy samaralari haqida to‘xtalib o‘tdi. Bu borada Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori Bahodir Xodiev va universitet jamoasining tashabbuslari, amalga oshirayotgan ishlarini e’tirof etib o‘tdi.

Indoneziya tomoni joriy yilning noyabr oyida Bali orollarida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilayotgan ilf-fan va ishlab chiqaruvchi ishtirokida tashkil etiladigan xalqaro konferensiyada ishtirok etish taklifini bildirdi.

Shundan so‘ng delegatsiya a’zolari Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti haqida lavha tayyorlash uchun universitet hududi bo‘ylab tasvirga olish jarayonlarini olib bordilar. Mazkur lavha Indoneziya telekanallari orqali efirga berilishi rejalashtirilgan.