YANGILIKLAR

Kun: 05.08.2019

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Magistratura bosqichida tahsil olish uchun abituriyentlar Chet tili fani bo‘yicha test sinovlarinii topshirdilar.

Test sinovlarini yuqori saviya va shaffof tarzda o‘tkazish maqsadida barcha chora-tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan, test sinovlari on-line tarzda o‘tkazilib, abituriyentlarga natijalar real vaqt rejimida e’lon qilindi. Test sinovlaridan norozi bo‘lgan abituriyentlarning apellyatsiya shikoyatlari shu vaqtning o‘zida malakali mutaxassislar va xolislar ishtirokida ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, jamoat tashkilotlari va abituriyentlarning ota-onalari, yaqin qarindoshlaridan iborat guruh test jarayonlarining shaffof o‘tkazish maqsadida jarayonlarni bevosita kuzatib bordilar. Tashkil etilgan tibbiyot punkiti abituriyentlar xizmatida bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yil 8-avgust kuni Mutaxassislik bo‘yicha maxsus fanlardan sinovlar bo‘lib o‘tadi. Sinovlar Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 4-o‘quv binosida soat 8:00da boshlanadi.

 

Iqtisodiyot fakultetining 2-bosqich talabasi Abduqayumov Abdumalik Nizomjon o‘g‘li 28 iyul – 3 avgust kunlari Bolgariyaning Blagoevgrad shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro talabalar matematika olimpiadasida faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Mazkur olimpiadada 43 ta davlatdan 360 nafar talaba ishtirok etib, o‘zaro g‘oliblik uchun bahs yuritdilar. Ishtirokchilar olimpiada shartlariga ko‘ra ikki bosqichda matematik tahlil, sonlar nazariyasi, kompleks tahlilga oid topshiriqlarni bajardilar.

Musobaqa natijalarga ko‘ra Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi Abdumalik Abduqayumov bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida universitet faollari tomonidan tantanali ravishda kutib olindi.

Fursatdan foydalanib Abdumalikni ushbu yutuq bilan muborakbod etib, uning ota-onasi, oila a’zolari va ustozlariga cheksiz tashakkur izhor etamiz.