YANGILIKLAR

Oy: Avgust 2019

Bugun, 6-avgust kuni Indoneziyaning Gunadarma universiteti rektori Eko Sri Margianti xonim boshchiligidagi delegatsiya rasmiy tashrif bilan keldi. Indoneziya delegatsiyasi rahbari va a’zolarini Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori Bahodir Xodiyev qabul qildi.

Suhbat jarayonida hamkorlik aloqalarining bugungi holati tahlil qilinib, uni rivojlantirishning istiqbolli loyihalari haqida takliflar bildirildi.

Eko Sri Margianti xonim O‘zbekiston – Indoneziya do‘stlik jamiyati faoliyati doirasida turizmni rivojlantirish, ilm-fan, madaniyat va san’at, iqtisodiy forumlar sohalaridagi aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan qo‘shma tadbirlarning ijobiy samaralari haqida to‘xtalib o‘tdi. Bu borada Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori Bahodir Xodiev va universitet jamoasining tashabbuslari, amalga oshirayotgan ishlarini e’tirof etib o‘tdi.

Indoneziya tomoni joriy yilning noyabr oyida Bali orollarida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilayotgan ilf-fan va ishlab chiqaruvchi ishtirokida tashkil etiladigan xalqaro konferensiyada ishtirok etish taklifini bildirdi.

Shundan so‘ng delegatsiya a’zolari Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti haqida lavha tayyorlash uchun universitet hududi bo‘ylab tasvirga olish jarayonlarini olib bordilar. Mazkur lavha Indoneziya telekanallari orqali efirga berilishi rejalashtirilgan.

 

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Magistratura bosqichida tahsil olish uchun abituriyentlar Chet tili fani bo‘yicha test sinovlarinii topshirdilar.

Test sinovlarini yuqori saviya va shaffof tarzda o‘tkazish maqsadida barcha chora-tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan, test sinovlari on-line tarzda o‘tkazilib, abituriyentlarga natijalar real vaqt rejimida e’lon qilindi. Test sinovlaridan norozi bo‘lgan abituriyentlarning apellyatsiya shikoyatlari shu vaqtning o‘zida malakali mutaxassislar va xolislar ishtirokida ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, jamoat tashkilotlari va abituriyentlarning ota-onalari, yaqin qarindoshlaridan iborat guruh test jarayonlarining shaffof o‘tkazish maqsadida jarayonlarni bevosita kuzatib bordilar. Tashkil etilgan tibbiyot punkiti abituriyentlar xizmatida bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yil 8-avgust kuni Mutaxassislik bo‘yicha maxsus fanlardan sinovlar bo‘lib o‘tadi. Sinovlar Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 4-o‘quv binosida soat 8:00da boshlanadi.

 

Iqtisodiyot fakultetining 2-bosqich talabasi Abduqayumov Abdumalik Nizomjon o‘g‘li 28 iyul – 3 avgust kunlari Bolgariyaning Blagoevgrad shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro talabalar matematika olimpiadasida faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Mazkur olimpiadada 43 ta davlatdan 360 nafar talaba ishtirok etib, o‘zaro g‘oliblik uchun bahs yuritdilar. Ishtirokchilar olimpiada shartlariga ko‘ra ikki bosqichda matematik tahlil, sonlar nazariyasi, kompleks tahlilga oid topshiriqlarni bajardilar.

Musobaqa natijalarga ko‘ra Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi Abdumalik Abduqayumov bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida universitet faollari tomonidan tantanali ravishda kutib olindi.

Fursatdan foydalanib Abdumalikni ushbu yutuq bilan muborakbod etib, uning ota-onasi, oila a’zolari va ustozlariga cheksiz tashakkur izhor etamiz.

 

2019/2020 o‘quv yili uchun Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Magistratura bosqichiga kirishi sinovlari 5 va 8-avgust kunlari bo‘lib o‘tishini ma’lum qilamiz.

Jumladan, 2019-yil 5-avgust kuni Chet tili fani bo‘yicha test sinovi bo‘lib o‘tadi. (2019-yil 4-avgust kuni test o‘tkazish joyi, vaqti va guruhingizni Qabul komissiyasidan yoki www.tsue.uz sayti orqali bilib olishingiz mumkin).

2019-yil 8-avgust kuni Mutaxassislik bo‘yicha maxsus fanlardan sinovlar bo‘lib o‘tadi. Sinovlar Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 4-o‘quv binosida soat 8:00da boshlanadi.