YANGILIKLAR

Oy: Avgust 2019

2019-yil 29-avgust kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining kengaytirilgan tarkibdagi Hay’at majlisi hamda oliy ta’lim muassasalari rektorlar kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda oliy ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yilini munosib kutib olish, o‘quv jarayonlarini samarali qo‘yish, dars mashg‘ulotlarida professor-o‘qituvchilar mas’uliyatini oshirish, o‘quv jarayonlariga zamonaviy AKT ni keng joriy etish va boshqa shu kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Yig‘ilish kun tartibida talaba va o‘quvchi-yoshlarni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash va ularda vatanparvarlik hissini kamol toptirish masalasi ham ko‘rib chiqildi.

2019-yil 23-avgust kuni Prezident raisligida bo‘lib o‘tgan kengaytirilgan yig‘ilishda oliy ta’lim tizimiga ham haqli e’tirozlar bildirildi va kechiktirib bo‘lmaydigan topshiriqlar berildi.

Prezidentimiz tomonidan pedagoglikka moyilligi bo‘lgan yoshlarni maqsadli tarbiyalab borish, ularni maktab davridan seleksiya qilish, keyinchalik oliy o‘quv yurtlariga qamrab olish bo‘yicha samarali mexanizmni joriy etish zarurligi ta’kidlandi.

Yig‘ilishda oliy ta’lim tizimida korrupsion harakatlarning oldini olish va bu kabi holatlarni bartaraf etish choralarini ko‘rish masalasi ham muhokama qilindi. Jumladan, bular quyidagilardan iborat:

oliy ta’lim muassasasi jamoasini tajribali, halol va pok vijdonli, mas’uliyatli professor-o‘qituvchi va xodimlardan shakllantirib, ularning ijtimoiy-ma’naviy va o‘quv-tarbiyaviy yo‘nalishdagi vazifalarini aniq belgilab berish;

talabalar bilimini baholash hamda ularni diplom va sertifikat bilan ta’minlashda turli xil sun’iy to‘siqlarga, ulardan har xil noqonuniy to‘lov undirilishiga yo‘l qo‘yilmasligiga ko‘maklashadigan “Jamoatchilik kengashi” va “Talabalarning o‘zini o‘zi boshqarish organi”ni tashkil etib, adolat va shaffoflikni ta’minlash, oliy ta’lim muassasasida jamoatchilik nazoratini kuchaytirish mexanizmlarini yaratish;

professor-o‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi byurokratik to‘siqlarga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rib, ularning faoliyatini doimiy tahlil qilib borish, baholash mezonidagi shaffoflikni kuchaytirib, adolat ularning bilimini baholashda asosiy indikator bo‘lishini belgilovchi choralarni ko‘rish;

fuqarolarning arizalarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi hamda ortiqcha ovoragarchiliklarga yo‘l qo‘yilmasligini ta’minlash;

kadrlarni qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini tayyorlash va tatbiq etish, xodimlarni ishga qabul qilish va lavozimini ko‘tarish, maqsadli o‘rganish kabi masalalar bilan bog‘liq barcha ishlarda korrupsiyaning oldini olish va shaffoflikni ta’minlashga jiddiy e’tibor qaratish;

tizimda korrupsiyaning oldini olish va barcha jarayonlarda shaffoflikni ta’minlashga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot, tushuntirish ishlari hamda ma’naviy-ma’rifiy va tashkiliy tadbirlar (o‘rganishlar, ijtimoiy so‘rovlar, tanlovlar va boshqalar) tashkil etib borish vazifalari berildi.

Rektorlar kengashida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni va Konsepsiyasi loyihalari atroflicha muhokama qilindi. Respublika oliy ta’lim muassasalari rektorlari konsepsiya yuzasidan o‘z taklif-mulohazalarini bildirdilar.

Shuningdek, vazirlik huzuridagi Jamoatchilik kengashi va Rektorlar kengashining asosiy vazifalari umumlashtirilib, Respublika oliy ta’lim kengashini tashkil etish masalasi ham muhokama qilindi, Kengashning faoliyat yo‘nalishlari belgilandi.

 

Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti hamda Avstriyaning Krems amaliy fanlar universiteti bilan hamkorlikdagi qo’shma ta’lim dasturi asosida kirish test sinovlarini topshirgan abiturientlar quyidagi jiepresults.com saytigi o’zlarining pasport ma’lumotlarini (pasport seriyasi va raqamini) kiritgan holda imtixon natijalarini aniqlab olishlari mumkin.

OMAD SIZLARGA YOR BO’LSIN!

2019/2020 o‘quv yili qabuli uchun Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda Avstriyaning Krems amaliy fanlar universiteti bilan hamkorlikda kadrlar tayyorlash bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlarining kirish imtihoni  2019 yilning 28 avgust kuni tashkil etiladi.

  • Test o‘tkazildigan manzil – Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Islom Karimov ko‘chasi 49, TDIU 5 bino
  • Mo‘ljal – Muqumiy teatri
  • Test topshiriladigan sana – 28 avgust 2019 yil

Abituriyentlar  test sinovida ishtirok etishlarini https://www.tsue.uz elektron manzili orqali bilib olishlari mumkin.

  • Test topshiradigan abiturientlar uchun test sinovi topshirish joyiga kelish vaqti – 07:00
  • Imtihon shakli – Test

 

Abituriyentlarning huquq va majburiyatlari:

Ko‘rsatilgan sana va vaqtda test sinovi o‘tkaziladigan hududga yetib kelib, nazorat posti orqali pasport (asli) bilan hududga kirish;

Tekshiruv davomida shaxsi aniqlanmagan va kechikib kelgan abiturientlar test sinoviga kiritilmaydi.

soat 07:00 dan 08:00 gacha nazorat postlari tekshiruvidan o‘tish va test sinovi o‘tkaziladigan binoga kirish;

Abituriyentlar uchun quyidagilar taqiqlanadi:

Savollar kitobi va javoblar varaqasini buklash, yirtish va bino tashqarisiga chiqarish;

Javoblar varaqasidagi bitta test topshirig‘iga ikki va undan ortiq javobni yozish, yoxud birorta ham javobni yozmaslik, bunda ushbu test topshirig‘iga ball berilmaydi;

Test sinovini topshirish vaqtida guruhdan chiqish;

Mikrokalkulyator, lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va boshqa vositalar, shpargalkalarni test sinovlari o‘tkaziladigan hudud yoki binoga olib kirishga harakat qilish;

Test materiallarini boshqa abiturientga uzatish, yordam berish va bir-biri bilan gaplashish;

Test sinovi uchun ajratilgan vaqt tugagandan so‘ng test materiallarini topshirishdan bosh tortish (abiturientning test sinovlari jarayonidan chetlashtirilishiga va test natijalarini chiqarilmasligiga asos bo‘ladi).

Jahon tillari kafedrasi o‘qituvchisi Nargiza Sodiqova hamda universitetimizning ilmga chanqoq talabalari – Xalqaro turizm fakulteti 3-bosqich MR-41 guruh talabasi Ziyovuddin Inog‘omov va Iqtisodiyotda axborot tizimlari fakulteti 3-bosqich IIT-41 guruh talabasi Muzaffar Saidov joriy yilning 21 iyundan 30 avgustga qadar Yaponiyaning Hokkaydo shahri “Hokko Gakuen Welfare Professional School” kollejiga ta’lim olish maqsadida jo‘nab ketishgan edi.

Hozirda, ular Yaponiyaning Hokkaydo shahri “Hokko Gakuen Welfare Professional School” kollejida yapon tili va Yaponiya madaniyati bo‘yicha malakalarini oshirib, tajriba orttirmoqda.

Quyida ularning Yaponiyada ta’lim olish jarayonlari aks ettirilgan fotolavhalarni e’tiboringizga havola qilamiz.

 

[fb_button]

YUNESKO tashkiloti Yaponiya hukumati bilan hamkorlikda YUNESKO / Keyzo Obuchi nomli grant tanlovini e’lon qiladi. Ushbu grant Yaponiya sobiq Bosh vaziri Keyzo Obuchi xotirasiga bag‘ishlab ta’sis etilgan.

Mazkur tanlovda magistr yoki undan yuqori ilmiy unvonga ega bo‘lgan, 40 yoshdan oshmagan, ilmiy muassasada tadqiqot olib borayotgan, ingliz tilini mukammal biladigan nomzodlar ishtirok etishi mumkin.

Tanlovda quyidagi mavzular bo‘yicha ilmiy tadqiqot olib boriladi:

– “Atrof-muhit (tabiiy talofatlar tasirini kamaytirishga bag‘ishlangan tadqiqotlar)”;

– “Madaniyatlararo muloqot”;

– “Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari”;

– “Mojarolarni tinchlik yo‘li orqali hal etish”.

Ilmiy tadqiqot olib borish muddati: 2020 yil iyun – 2020 yil fevral oyi oralig‘ida kami bilan – 3 oy, eng ko‘p muddat – 9 oy davom etadi.

Mazkur tanlovda ishtirok etish istagini bildirganlar tegishli ma’lumotlarni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Xalqaro hamkorlik bo‘limiga 2019-yil 4-sentabrgacha yetkazishi zarur.

Manzil: Toshkent shahri, Islom Karimov ko‘chasi 49. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ma’muriy binosining 11-qavat 1-xonasi.

Telefon: 0 371 239-28-19

Bugun, 19-avgust kuni 2019/2020 o‘quv yili qabuli uchun Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda Ural davlat iqtisodiyot universiteti bilan hamkorlikda kadrlar tayyorlash bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlarining kirish imtihoni bo‘lib o‘tmoqda.

Test sinovlari Xalq iste’mol tovarlarining yarmarka savdosi respublika markazi (Manzil: Toshkent shahri, Shayhontohur tumani, Beruniy ko‘chasi 41-uy)da amalga oshirilmoqda.

Kirish imtihoni ikki smenada tashkil etilgan bo‘lib, ayni damda abituriyentlar birinchi smenada test sinovida ishtirok etishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, test sinovlarining ikkinchi smenasida ishtirok etadigan abiturientlardan bugun soat 13:00da Xalq iste’mol tovarlarining yarmarka savdosi respublika markazi (Manzil: Toshkent shahri, Shayhontohur tumani, Beruniy ko‘chasi 41-uy) yetib kelishi so‘raladi.

Test topshiriladigan fanlar:

1. Rus tili va adabiyoti (3,1),

2. Matematika (2,1),

3. Chet tili (1,1).

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti barcha abituriyentlarga omad tilaydi.

 

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida 2020-yilning may oyida Amerika Qo‘shma Shtatlarining Janubiy Karolina (JK) universiteti bilan hamkorlikda dunyoning nufuzli iqtisodchi olimlari, mashhur ilmiy jurnallar muharrirlari ishtirokida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etilishi bo‘yicha kelishuvlar amalga oshirilmoqda.

Ushbu tadbirga hamohang, marketing va xizmat ko‘rsatish sohalari bo‘yicha xorijiy mutaxassislar, ekspertlar va professorlar tomonidan “Ted Talk” (20 daqiqaga mo‘ljallangan) ham tashkil etiladi.

Ushbu tadbir Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori B.Xodiyev va AQShning JK universiteti professori, marketing sohasida katta obro‘ga ega bo‘lgan Mark Rozenbaumning tashabbuslari bilan tashkil etiladi. Quyida tashrif buyuradiganlarning ro‘yxati keltirilgan.

Ushbu tadbirda ishtirok etish sharafiga muyassar bo‘ling!

Participant Name Email Institution Country
Babak Taheri

Tourism Management Perspectives

b.taheri@hw.ac.uk Heriot-Watt University Scotland
Bo Edvardsson

Journal of Service Management

bo.edvardsson@kau.se Karlstad University Sweden
Christian Kowalkowski

JSM

christian.kowalkowski@liu.se Linköping University Sweden
Claudia Simoes

JSM

csimoes@eeg.uminho.pt University of Minho Portugal
Dana Yagil dyagil@research.haifa.ac.il University of Haifa Israel
Drew Martin MARTIN11@mailbox.sc.edu University of South Carolina USA
Gaby Odekerken g.odekerken@maastrichtuniversity.nl Maastricht University Netherlands
Joy Parkinson j.parkinson@griffith.edu.au Griffith University Australia
Kristina Heinonen

JSM

kristina.heinonen@hanken.fi Hanken School of Economics Finland
Levent Altinay

Editor, Service Industries Journal

laltinay@brookes.ac.uk Oxford Brookes University United Kingdom
Lia Patricio lpatric@fe.up.pt University of Porto Portugal
Lilliana Bove

JSM

lbove@unimelb.edu.au University of Melbourne Australia
Linda Alkire

JSM

linda.alkire@txstate.edu Texas State University USA
Mariana Sigala

Journal of Service Theory & Practice,

Journal of Hospitality & Tourism Management

Marianna.Sigala@unisa.edu.au University of South Australia Australia
Mark Rosenbaum

JSM

marosen@mailbox.sc.edu University of South Carolina USA
Phil Klaus dr.philipp.klaus@gmail.com International University of Monaco Monaco
Rebekah Russell-Bennett

JSM

rebekah.bennett@qut.edu.au Queensland University of Technology Australia
Rodoula Tsiotsou rtsiotsou@uom.edu.gr University of Macedonia Greece
Sertan Kabadayi kabadayi@fordham.edu Fordham University USA
Tali Seger-Guttmann talis@ruppin.ac.il Ruppin Academic Center Israel
Tillmann Wagner Tillmann.Wagner@whu.edu Otto Beisheim

School of Management

Germany

2019/2020 o‘quv yili qabuli uchun Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda Ural davlat iqtisodiyot universiteti bilan hamkorlikda kadrlar tayyorlash bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlarining kirish imtihoni 2019-yilning 19-avgust kuni ikki smenada tashkil etiladi.

Test o‘tkaziladigan bino nomi – Xalq iste’mol tovarlarining yarmarka savdosi respublika markazi

Test o‘tkazildigan manzil – Toshkent shahri, Shayhontohur tumani, Beruniy ko‘chasi 41-uy

Mo‘ljal – Beruniy metrosi

Test topshiriladigan sana – 19-avgust 2019-yil

Test sinovi o‘tkaziladigan bino bo‘yicha mas’ul xodim – Muqumov Zafar Avazmuratovich, telefon +998 94 6300192

Kirish imtihoni ikki smenada tashkil etiladi. Abituriyentlar qaysi smena (birinchi yoki ikkinchi)da test sinovida ishtirok etishlarini https://www.tsue-jiep.uz elektron manzili orqali bilib olishlari mumkin.

Birinchi smenada test topshiradigan abiturientlar uchun test sinovi topshirish joyiga kelish vaqti – 07:00

Ikkinchi smenada test topshiradigan abiturientlar uchun test sinovi topshirish joyiga kelish vaqti – 13:00

Imtihon shakli – Test

Test topshiriladigan fanlar:

1. Rus tili va adabiyoti (3,1),

2. Matematika (2,1),

3. Chet tili (1,1).

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Krems amaliy fanlar universiteti (Avstriya) hamkorligidagi qo‘shma ta’lim dasturiga 2019/2020 o‘quv yili uchun quyidagi ta’lim yo‘nalishlariga hujjatlar qabul qilinmoqda:

 Menejment (eksportga yo‘naltirilgan menejment);

 Menejment (turizm va dam olish menejmenti)

Hujjatlar har kuni soat 09:00dan 17:00gacha qabul qilinadi. Tushlik vaqti 13:0014:00

Hujjatlarni qabul qilishning oxirgi kuni – 2019-yil 20-avgust

? Telefonlar: (71) 245-42-43, (71) 232-69-29