YANGILIKLAR

Oy: Iyul 2019

Mazkur universitet 1920 yilda tashkil etilgan bo‘lib, 2020 yilda o‘zining 100 yilligini nishonlash arafasida turibdi. Bugungi kunda 32000 nafar talaba tahsil oladigan yirik OTM biri hisoblanadi. Hozirda nufuzli bo‘lgan 8 ta xalqaro ilmiy va ta’lim assotsiatsiyalarning a’zosi hisoblanadi. Ilmiy olamda mashxur bo‘lgan nufuzli ilmiy ma’lumotlar bazalari: E-Library, Scopus, Web of Science tarkibidan joy olgan 6 ta jurnal nashr etiladi.

BMTUning infrastrukturasi: fakultetlar soni – 16 ta; kollejlar soni – 9 ta; oliy ta’limgacha va xar-xil maqsadlar uchun xizmat qiladigan institutlari soni – 6 ta; «Politexnik» ilmiy texnologik parki – 1 ta; tajriba zavodi – 1 ta; talabalar turar joyi – 16 ta; sport kompleksi – 35 ta; oshxonalar soni – 5 ta; madaniyat markazlari – 12 tani tashkil etadi.

Universitetda jami 1681 nafar professor-o‘qituvchilar mehnat qiladi. Shundan, 161 nafari fan doktorlari, professorlar, 634 nafari fan nomzodlari, 2 nafari akademik va 6 nafari Belarus milliy fanlar akademiyasining muxbir a’zosi hisoblanadi.

Ma’lumot uchun: fizika bo‘yicha Nobel mukofoti laureati Jores Alfyorov birinchi kursni aynan ushbu universitetda tugatgan! Nursulton Nazarboev va Mixail Kalashnikov va boshqa ko‘plab mashxurlar ushbu universitetning faxriy professori hisoblanadi.

Birinchi mashg’ulot Belorus Respublikasining oliy maktabi institutida tashkil etildi. Ilk ma’ruzani Davlat fan va texnologiyalar qo’mitasi raisi o’rinbosari, fizika-matematika fanlari doktori S.S.Sherbakov boshlab berdi.

23-iyul kuni Belarus davlat universitetiga (BDU) tashrif buyurildi. Ushbu universitet 1921-yilda tashkil etilgan bo‘lib, hozirda mazkur universitetda 28500 talaba tahsil oladi. Professor-o‘qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar va talabalarga 27 ta fakultet va 180 ta kafedra, 46 ta talabalar ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi, 41 ta ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi, 4 ta ilmiy-tekshirish instituti, 13 ta ilmiy markaz, 11 ta unitar korxona, 3 ta tajriba stansiyasi, 4 ta muzey, 1 ta ilmiy-texnologik park (boshqa bir qancha o‘quv, ilmiy infrastrukturalardan tashqari) xizmat ko‘rsatmoqda.

\

Umumiy hisobda BDUda 8000 nafar xodim faoliyat yuritadi, bulardan, 3700 dan ortig‘ini professor-o‘qituvchilar, shundan 400 nafari fan doktorlari, 1870 nafari fan nomzodlari, 13 nafari fanlar akademiyasining muxbir a’zosi va 10 nafari akademiklar hisoblanadi.

Ilmiy faoliyati va bilimlarni tijoratlashtirish masalalariga to‘xtaladigan bo‘lsak, BDUda:
• ilmiy ishlanmalarni eksport qilishdan kelgan mablag‘ning umumiy qiymati bir yilda 2 mln dollarni tashkil etgan;
• 1000 dan ortiq ilmiy nashrlar amalga oshirilgan;
• 5000 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etilgan;
• 100 ga yaqin ilmiy, ilmiy-amaliy tadbirlar (konferensiyalar, seminarlar) tashkil etilgan.

Innovatsion rivojlanish vazirligining tashabbusi bilan tashkil etilgan OTM va ITM ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektorlari, director o‘rinbosarlari ilmiy stajirovkani amalga oshirish uchun Belarus Respublikasining poytaxti Minsk shahriga tashrifi haqida avval ma’lum qilgandik.

Ushbu ilmiy stajirovka jarayonlarini universitetimiz ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Sh.I. Mustafakulov o‘zining facebook sahifasida keng yoritib bormoqda.

Ilmiy stajirovkaning muddati 2019-yilning 22-iyulidan 5-avgustiga qadar davom etadi. Shu sababli stajirovka jarayonini kengroq yoritish maqsadida, saytimizda ham 23-iyul kunidan boshlangan ilmiy stajirovkaning barcha jarayonlarni yoritib boramiz.



2019-yil 29-iyul kuni Belarus Milliy Fanlar akademiyasida Belarus va O‘zbekiston hududlari forumining Belarus Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi hududlarini gumanitar, axborot-kommunikatsiya va ilmiy sohalardagi hamkorligini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan sho‘ba majlisi o‘tkazildi. Majlisga Belarus Respublikasi Milliy yig‘ini Respublika kengashining doimiy komissiyasi raisi Sergey Raxmanov hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha Qo‘mitasi raisi Zayniddin Nizomxodjayev moderatorlik qildi.

Belarus Milliy Fanlar akademiyasi Prezidiumi raisi Vladimir Gusakov O‘zbekiston uchun istiqbolli bo‘lgan ishlanmalar va texnologiyalar haqida gapirish barobarida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan hamkorlikda olib borilayotgan loyihalarga to‘xtalib o‘tdi. Sho‘bada sun’iy intellekt, axborot-kommunikatsiya texnologiyalar sohasidagi texnoparklar, O‘zbekiston va Belarusning turizm salohiyati bo‘yicha ma’ruzalar qilindi.

Sho‘ba majlisida Belarus davlat universitetining Respublika oliy maktab institutida ilmiy stajirovka o‘tayotgan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tizimida faoliyat olib borayotgan direktor o‘rinbosarlari, oliy ta’lim muassasalarining prorektorlari, shuningdek, Innovatsion rivojlanish vazirligining boshqa stajirovka dasturlari bo‘yicha kelgan yosh olimlar va aspirantlar qatnashdi.

Shu kuni Universitetimizning ilmiy ishlar va innovatisyalar bo‘yicha prorektori Sh.I. Mustafakulov ham Minsk shahrida, Kirov–Sverdlov–Ulyanovskiy ko‘chalari kesishuvidagi hududda buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy byust haykalining tantanali ochilishida qatnashdi.

Bugun, 25-iyul kuni Polshaning O‘zbekiston Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi Pyotr Ivashkevich rashmiy tashrif bilan Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga keldi.

Martabali mehmonni O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari rektorlari kengashi raisi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori Bahodir Xodiyev hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «El-yurt umidi» jamg‘armasi direktori Adham Bekmurodov qabul qildilar.

Bo‘lib o‘tgan suhbat davomida O‘zbekiston — Polsha munosabatlarining dolzarb masalalari, xususan o‘zaro manfaat kasb etadigan ta’lim sohasi va kadrlar tayyorlash borasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Shundan so‘ng o‘zaro hamkorlikka doir uch tomonlama anglashuv memorandumi imzolandi.

 

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Korporativ boshqaruv fakulteti bitiruvchi talabalariga diplom topshirish tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, bitiruvchi yoshlar va ularning ota-onalari ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan universitet rektori Bahodir Xodiyev, Korporativ boshqaruv fakulteti dekani Muxtorxon Toshxo‘jayev bitiruvchi yoshlar va ularning ota-onalarini inson umrida o‘chmas iz qoldiruvchi ushbu kun bilan samimiy qutladilar. Egallagan mutaxassisliklari bo‘yicha malakali mutaxassis sifatida mamlakatimizga, jamiyatimizga manfaatli bo‘lgan tashabbuslarni amalga oshirishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilashdi.

«Korporativ boshqaruv», «Menejment» va «Bank ishi» ta’lim yo‘nalishining kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olgan 196 nafar, ikkinchi ta’lim shaklida tahsil olgan 64 nafar talaba tantanali ravishda diplomlarni qabul qilib oldilar. 

Shundan so‘ng, ustoz-murabbiylar, bitiruvchilar va ularning ota-onalari tadbirning madaniy qismiga taklif etildi. O‘zbek estradasi vakillari ishtirokidagi chiqishlar yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

 

2019-yil 20-iyuldan 2019/2020 o‘quv yili test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatmasi”ni tarqatish boshlanadi. “Abituriyent ruxsatmasi”ni tarqatish quyidagicha amalga oshiriladi:

1. Abituriyentlar 20-iyuldan boshlab Internet orqali Davlat test markazi www.dtm.uz rasmiy veb-saytining “Ruxsatnomani chop etish” bo‘limidagi maxsus oynaga pasport (yoki tug‘ilganlik guvohnomasi) seriyasi va raqamini kiritadi.

Ekranda paydo bo‘lgan “ABITURIYENT RUXSATNOMASI” va “ABITURIYENTGA ESLATMA”ni chop etib oladi.

Bularni internet tarmog‘iga ulangan kompyuter bo‘lgan xoxlagan joyda: uyda, Internet klublari va boshqa joylarda amalga oshirish mumkin.

Kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan abiturientlar 23-26 iyul kunlari va Sirtqi va kechki ta’lim shakllari bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan abiturientlar 27-29 iyul kunlari yashash joyidan qat’i nazar quyidagi tashkilotlarga murojaat etishi va ruxsatnomalarini olishlari mumkin:

-ixtiyoriy tuman (shahar)dagi Davlat xizmatlari markazlari;

-ixtiyoriy Oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalari;

-ixtiyoriy Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Bandlikka ko‘maklashish markazlari.

Ushbu tashkilot xodimlari DTMning www.dtm.uzrasmiy veb-saytidan yuqorida qayd etilgan tartib bo‘yicha “Abiturient ruxsatnomasi”ni abiturientga chop etib beradi.

 

 

 

 

Ayni kunlarda Xitoyning Beijing (Pekin) shahrida joylashgan Xitoy taraqqiyot bankida “Bir makon – bir yo‘l” loyihasi doirasida mamlakatlarni rivojlanishiga ko‘maklashish” mavzusida seminar bo‘lib o‘tmoqda. Unda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tomonidan tayanch doktorant G‘olibjon Quvvatov  ishtirok etmoqda.

Seminar 2019-yil 16-iyuldan 29-iyulgacha davom etadi. Uning bugungi kunga mo‘ljallangan qismida Xitoy taraqqiyot banki boshqaruvi vakillarining  “Ko’mak – investitsiya – kredit” rejasini qabul qiluvchi davlatlarning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi”, “Transchegaraviy biznes” kabi mavzularda chiqishlarni amalga oshirishi rejalashtirilgan. Shuningdek, moliyaviy hamkorlik bo‘yicha davra suhbati o‘tkazilishi belgilangan.

Mazkur seminar davomida “Bir makon bir yo‘l” loyihasi doirasida mamlakatlarni rivojlanishiga ko‘maklashish borasida amalga oshirilgan va amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot almashinilmoqda. Bu jarayonda Xitoy taraqqiyot banki tomonidan amalga oshirilayotgan investitsion  faoliyat va uning natijalari xususida axborot berildi.

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga 2019/2020 o‘quv yili uchun abituriyentlardan kunduzgi ta’lim shakli uchun 10 685 ta (8706 ta ariza o‘zbek guruhlarida tahsil olish uchun, 1979 tasi rus guruhlarida tahsil olish uchun) arizalar kelib tushdi. Ta’limning sirtqi shakliga 4359 nafar abituriyentdan (3583 nafar abituriyent o‘zbek guruhlarida tahsil olish uchun, 776 nafar abituriyent rus guruhlarida tahsil olish uchun) arizalar qabul qilindi. Abituriyentlarning 1535 nafari chet tili sertifikatiga ega.

Shuningdek, muddatli harbiy xizmatni o‘tagan 202 nafar abituriyentdan, 108 nafar harbiy xizmatchilarning farzandlaridan hamda 9 nafar chet el fuqarolaridan arizalar qabul qilindi.

2019/2020 ўқув йилида Тошкент давлат иқтисодиёт университети бакалавриати бўйича абитуриентлардан тушган аризалар ҳақида маълумот

Таълим шакли – кундузги

Шифр Таълим йўналишлари Жами

Давлат грантлари асосида

Тўлов-контракт асосида

Аризалар сони        15.07.2019 ҳолатига   

Жами шу жумладан: Жами шу жумладан: Жами шу жумладан:
ўзбек рус ўзбек рус ўзбек рус
1 5230100 Иқтисодиёт (тармоқлар ва соҳалар бўйича) 75 5 4 1 70 56 14 1415 1060 355
2 5230200 Менежмент (тармоқлар ва соҳалар бўйича) 50 5 4 1 45 36 9 613 421 192
3 5230400 Маркетинг (тармоқлар ва соҳалар бўйича) 50 5 3 2 45 37 8 454 324 130
4 5230600 Молия 20 20 20 201 201
5 5230700 Банк иши 50 50 40 10 1648 1393 255
6 5230800 Солиқлар ва солиққа тортиш 60 5 4 1 55 41 14 695 541 154
7 5230900 Бухгалтерия ҳисоби ва аудит (тармоқлар бўйича) 60 60 45 15 895 691 204
8 5231100 Жаҳон иқтисодиёти ва халқаро иқтисодий муносабатлар 25 25 20 5 451 309 142
9 5231200 Суғурта иши 20 20 20 148 148
10 5231400 Статистика (тармоқлар ва соҳалар бўйича) 50 5 5 45 45 410 410
11 5231600 Меҳнат иқтисодиёти ва социологияси 40 5 5 35 35 284 284
12 5231700 Кадрлар менежменти 20 5 5 15 15 141 141
13 5231900 Корпоратив бошқарув 25 5 5 20 20 195 195
14 5232000 Давлат бюджетининг ғазна ижроси 20 20 20 145 145
15 5232200 Эконометрика 20 20 20 139 139
16 5232300 Минтақавий иқтисодиёт 20 5 5 15 15 147 147
17 5232400 Иқтисодий хавфсизлик 30 5 4 1 25 16 9 250 150 100
18 5232500 Логистика 20 5 5 15 15 145 145
19 5232600 Бизнес-информатика 20 20 15 5 167 116 51
20 5330200 Информатика ва ахборот технологиялари (тармоқлар ва соҳалар бўйича) 20 5 4 1 15 11 4 437 386 51
21 5234100 Рақамли иқтисодиёт 25 25 25 180 180
22 5234200 Реклама иши 20 20 20 150 150
23 5610200 Меҳмонхона хўжалигини ташкил этиш ва бошқариш 40 5 3 2 35 27 8 354 247 107
24 5610300 Туризм (фаолият йўналишлари бўйича) 40 5 3 2 35 27 8 1021 783 238
Тошкент давлат иқтисодиёт университети бўйича жами: 820 70 59 11 750 641 109 10685 8706 1979
Барча таълим йўналишлари бўйича 341 198 143
Бошқа ОТМлар бўйича жами: 341 198 143

      Изоҳ: Ўтган йили шу кунга 3161 нафар абитуриент ҳужжат топширган

 

 

2019/2020 ўқув йилида Тошкент давлат иқтисодиёт университети бакалавриати бўйича абитуриентлардан тушган аризалар ҳақида маълумот

Таълим шакли – сиртқи

Шифр Таълим йўналишлари Жами Давлат грантлари асосида Тўлов-контракт асосида Аризалар сони        15.07.2019 ҳолатига   
Жами шу жумладан: Жами шу жумладан: Жами шу жумладан:
ўзбек рус ўзбек рус ўзбек рус
1 5230100 Иқтисодиёт (тармоқлар ва соҳалар бўйича) 20 0 20 12 8 928 717 211
2 5230200 Менежмент (тармоқлар ва соҳалар бўйича) 20 0 20 20 417 417
3 5230400 Маркетинг (тармоқлар ва соҳалар бўйича) 20 0 20 20 359 359
5 5230700 Банк иши 20 20 12 8 807 655 152
6 5230800 Солиқлар ва солиққа тортиш 20 0 20 12 8 404 295 109
7 5230900 Бухгалтерия ҳисоби ва аудит (тармоқлар бўйича) 20 20 12 8 760 574 186
11 5231600 Меҳнат иқтисодиёти ва социологияси 20 0 20 20 348 348
17 5232400 Иқтисодий хавфсизлик 20 0 20 12 8 336 218 118
Тошкент давлат иқтисодиёт университети бўйича жами: 160 0 0 0 160 120 40 4359 3583 776
Барча таълим йўналишлари бўйича 191 124 67
Бошқа ОТМлар бўйича жами: 191 124 67

      Изоҳ: Ўтган йили шу кунга 1809 нафар абитуриент ҳужжат топширган

 

 

Magistraturaga o‘qishga kirish uchun hujjat topshirish istagida bo‘lgan abituriyentlar diqqatiga:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida” Nizomga muvofiq, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 iyundagi PQ-4359-son qarorining  2-(d)-bandida belgilangan tartibga asosan 2019/2020 o‘quv yili uchun magistraturaga qabul bo‘yicha turdosh oliy ta’lim yo‘nalishlarining ro‘yxati tasdiqlandi.

Barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bitiruvchilari 2019/2020 o‘quv yili uchun magistraturaga qabul bo‘yicha turdosh oliy ta’lim yo‘nalishlarining ro‘yxatiga kiritilmagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari negizidagi mutaxassisliklar, shuningdek, “Chaqiriqqacha harbiy ta’lim”, “Xoreografiya (turlari bo‘yicha)”, “Dirijyorlik (turlari bo‘yicha)”, “Rejissyorlik (turlari bo‘yicha)”, “Aktyorlik san’ati (turlari bo‘yicha)” “Veterinariya” ta’lim yo‘nalishlari negizidagi mutaxassisliklardan tashqari istalgan magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha tanlovda qatnashish huquqiga ega.

 

 

Magistratura mutaxassisligiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini bitirgan bakalavrlardan tashqari, boshqa bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bitiruvchilari davlat grantlari asosida belgilangan maqsadli qabul parametrlari mavjud magistratura mutaxassisliklarida tanlovda qatnasha olmaydilar.

Ro‘yxat ilova etilmoqda!!!

2019/2020 o‘quv yili uchun magistraturaga qabul bo‘yicha turdosh oliy ta’lim yo‘nalishlarining ro‘yxati (PDF varianti)