YANGILIKLAR

Kun: 06.05.2019

Turkiya Respublikasi Prezidenti Apparati Inson Resurslari Boshqarmasi va TIKA tomonidan Hyatt Regency mehmonxonasida poytaxtning barcha oliy ta’lim muassasalari iqtidorli talabalari va ilmiy izlanuvchilariga karyera va tajriba almashish imkonini taqdim etish maqsadida Talent for Biz tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda Turkiya davlatidan tashrif buyurgan o‘ndan ortiq yirik kompaniyalar o‘zlarining faoliyati, kelajakdagi strategik rejalari haqida taqdimotlar bilan qatnashib, talabalarga karyera uchun o‘z taklif va tavsiyalarini bildirdilar.

Shuningdek, tadbir davomida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabalari va doktorantlari ham kompaniya menejerlari bilan yuzma-yuz suhbatlarda ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Kasb ta’limi (iqtisodiyot) kafedrasi professor-o‘qituvchilari Yashnobod tumanidagi 103-sonli imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab internatiga tashrif buyurdilar.

Kafedra a’zolari ushbu maskanda innovatsion-korporativ hamkorlik doirasida tashkil etilgan to‘garaklar ishini takomillashtirish sohasidagi mehnat yarmarkasida ishtirok etdilar.

 

 

TDIU va UrDIU qo‘shma ta’lim dasturi asosida tahsil oluvchi talabalar ishtirokida “9 may — Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan “Xotira muqaddas – qadr aziz!” mavzusida tadbir o‘tkazildi.

Tadbirga siyosiy fanlar doktori, Toshkent shahridagi G.V.Plexanov nomli Rossiya iqtisodiyot universitetining Jahon iqtisodiyoti kafedra professori Sh. G‘oyibnazarov, Davlat va jamiyat qurish kafedrasi professori N. Hakimovlar taklif etildi.

Tadbir mehmonlari xotira va qadr tuyg‘ularining ahamiyati, bugun hayot bo‘lgan urush qatnashchilarini qadrlash, asrab-avaylash, og‘irini yengil qilish, qo‘limizdan keladigan barcha yordamimizni ulardan ayamaslik, ularning oldidagi muqaddas burchimizni ado etishning o‘zligimizni anglashdagi o‘rni haqida o‘z fikrlarini bildirib, hayotidan missollar keltirishdi.

Ma’naviy-ma’rifiy tadbir davomida ishtirokchilar o‘tganlarning xotirasi oldida ta’zim bajo keltirish, insonni tiriklik chog‘ida qadrlash haqida talabalar o‘zlariga kerakli xulosa chiqarib olishdi.

 

 

2019 yilning 3-5 may kunlari Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Sokol” oromgohida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Korporativ boshqaruv fakulteti tashabbusi bilan universitetning 100 nafar faol va iqtidorli talabalari “Yosh iqtisodchi-liderlar munozara klubi”da ishtirok etib, sayyor seminarlarda ishtirok etdilar.

Sayyor seminarning ochilish qismida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari Muzaffar Komilov, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori Bahodir Xodiev, Kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Azamat Muxtorov va boshqalar so‘zga chiqib, mamlakatimizda yoshlarning bilim olishlari, yuksak ilm cho‘qqilarini egallashi uchun davlat darajasida berilayotgan e’tiborning ahamiyati xususida to‘xtalib o‘tdilar.

Shundan so‘ng ishtirokchilar 4 ta guruhga bo‘lingan holda turli mavzularda bahs-munozara va muhokamalarda ishtirok etdilar.

Aytish joizki, seminarga taklif etilgan Respublikamizning ko‘zga ko‘ringan taniqli mutaxassislari tomonidan tashkil etilgan mahorat darslari ishtirokchilarning bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirishga xizmat qildi. Jumladan, “Iqtisodchi yoshlarda liderlik ko‘nikmalarni shakllantirish”, “Nutq madaniyati va notiqlik san’ati sirlari”, “Iqtisodchilarning kasbiy kompetentligi va kreativligi”, “Jamoa bilan ishlashda muammoli vaziyatlar: to‘siqlar va ularni yechish texnikasi”, “Jamoada yuzaga keladigan munosabatlar psixologiyasi”, “Ziddiyatlar va unga moyil xulq-atvorli shaxs tiplari”, “Yoshlarda diniy, ma’naviy va ahloqiy tarbiya masalalari”, “Yoshlarning ijodiy va intellektual saloxiyatini ro‘yobga chiqarish”, “Iste’dodli, iqtidorli yoshlarni ilmiy faoliyatga faol jalb etish va startap loyihalari”, “Mustaqil qaror qabul qilish va jamoani boshqarish” kabi mavzular ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Seminar davomida ishtirokchilar turli ko‘rik-tanlovlar, sport musobaqalarida o‘z mahoartlarini sinovdan o‘tkazib, gulxan atrofida o‘z iqtidorlarini namoyon etdilar.

Iqtidorli yoshlar qimmatbaho sovg‘alar bilan munosib taqdirlandi. Sayyor seminar moderatorlari va ishtirokchilariga sertifikatlar topshirildi.

Munozara klubining sayyor seminari tog‘ bag‘ridagi xushmanzara tabiat qo‘ynida bo‘lganligi ishtirokchilarda ajoyib taassurot qoldirdi. Bir so‘z bilan aytganda seminar takrorlanmas va unutilmas daqiqalarga boy bo‘ldi.