YANGILIKLAR

Oy: May 2019

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 21-noyabrdagi farmoyishi bilan 27-28 may kunlari xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Konferensiyaga 30 dan ortiq xorijiy davlatlarning olimlari, amaliyotchi mutaxassislari, davlat va jamoat arboblari ishtirok etishi kutilmoqda. Xususan, Rossiya Fanlar akademiyasining akademiklari S.Yu.Glazev, V.L.Kvint, V.A.Svetkov, V.M.Polterovich, D.ye.Sorokin, shuningdek AQSh, Germaniya, Avstraliya, Janubiy Koreya, Bolgariya, Indoneziya va boshqa xorijiy davlatlarning nufuzli iqtisodchi-olimlari ishtirok etish istagini bildirgan.

Konferensiya O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining uchinchi yo‘nalishida belgilangan chora-tadbirlarning ijrosi yo‘lida amalga oshirilgan islohotlar ko‘lami va jahon hamjamiyati tomonidan bildirilayotgan munosabat va e’tiroflarga ilmiy-nazariy, ilmiy-uslubiy va ilmiy-amaliy jihatdan baho berish maqsadida tashkil etilmoqda.

Bugun, 20-may kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Muloqot va boshqaruv psixologiyasi” mavzusida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi. Kasb ta’limi (iqtisodiyot) kafedrasi tomonidan tashkil etilgan dars mashg‘ulotini psixologiya fanlari doktori, professor Vasila Karimova olib bordi.

Mahorat darsida jamoadagi psixologik holatlar, munosabatlar, ommaviy harakatlar shaxsga ta’sir o‘tkazish bo‘yicha o‘z-o‘zini, guruh va jamoani boshqarish, unda psixologik iliq muhitni ta’minlash, hamkorlik faoliyatining samaradorligini oshirish, shaxslararo munosabatning yuksak darajasini vujudga keltirish, nizoli va ziddiyatli vaziyatlarni oldini olish masalalari haqida so‘z yuritildi.

Tadbir jonli muloqot tarzida o‘tib, talabalar o‘zilarini qiziqtirgan savollar yuzasidan ma’ruzachiga murojaat qildilar va tegishli javoblarni oldilar.

 

 

 

2019-yil 16-17 May kunlari Miran International mehmonxonasida Amerika qo‘shma shtatlari elchixonasi, American Council tashkiloti va O‘zbekiston hukumati tashabbusi bilan Amerikadan yurtimizga tashrif buyurgan expertlar guruhi va Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi.

Qizg‘in bahs-munozalarga boy o‘tgan seminarda Markaziy Osiyo davlatlari oliy ta’lim tizimi faoliyatini yanada rivojlantirish, xalqarolashtirish masalalari, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, oliy ta’lim muassasalarilarda yozgi maktab tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

 

 

Tadbirda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti vakillari hamda hozirda Fulbright Specialist granti asosida TDIUda  bo‘lib turgan professor Mark Rosenbaum ham ishtirok etib, Toshkent davlat iqtisodiyot univeristetidagi hamkorlik faoliyati, tashkil etilayotga Xizmatlar boshqaruvi markazi va kelgusidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish bo‘yicha mahorat darsi o‘tdi.

TDIUning Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi va Xalqaro hamkrolik bo‘limi xodimlari hamkorlikning yangi yo‘nalishlari bo‘yicha kelishuvga erishishdi.

 

 

Rossiya Federatsiyasining Sochi shahrida “Turizm va sport menejmenti sohasida talabalar ilmiy tadqiqotlari” mavzusida XI xalqaro talabalar ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Toshkent davlat iqtisodiyot universteti Xalqaro turizm fakulteti talabalari Sh. Husanova, Z. Ismatullayeva, A Teshaboyev va ularning ilmiy rahbarlari A. Tillaxo‘jayev, X. Ochilova ishtirok etdi.

Konferensiyada talabalarimiz «Управление и технологии развития курортных и туристских дестинаций» nomli seksiya ishida ishtirok etib, o‘z ma’ruza va taqdimotlarini amalga oshirdilar. Anjuman yakunlariga ko‘ra, universitetimiz vakillari maxsus sertifikat va diplomlarni qo‘lga kiritdilar.

Tashrif davomida TDIU vakillari Sochi davlat universiteti rektori Galina Romanova bilan uchrashdilar. Uchrashuv davomida yozgi maktablar tashkil etish, masofaviy ta’lim olib borish hamda o‘zaro talabalar almashinuv dasturlarini amalga oshirish istiqbollari haqida suhbat olib bordilar. Shuningdek, hamkorlikda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Sochi davlat iqtisodiyot universiteti qo‘shma ta’lim dasturini ishga tushirish masalasi ham muhokama qilindi.

 

Bugun, 17-may kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori Bahodir Xodiev guruh sardorlari va yoshlar yetakchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Unda jadal iqtisodiy rivojlanish fonida bugun oliy ta’lim muassasalari oldida turgan dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi. Talabalarning malakali mutaxassis sifatida jamiyat hayotida o‘z o‘rnini topishlarida duch kelinayotgan muammolar va ularning yechimlari bo‘yicha amaliy taklif va mulohazalar bildirildi.

Ta’lim sifatini oshirish, nazariy bilimlarni amaliyot bilan birga o‘zlashtirish borasida qilinayotgan ishlar samaradorligini oshirishda duch kelinayotgan muammolarni hal etish yuzasidan tegishli mutasaddi rahbar xodimlarga vazifalar belgilab berildi.

P/S. Ta’lim olish jarayonida Sizni o‘ylantirayotgan muammolar yuzasidan TDIU rektorining quyidagi elektron manziliga murojaat qilishingiz so‘raladi: rektor@tsue.uz

 

 

 

 

 

 

 

Bugun, 17-may kuni Yunusobod tumanidagi 70-sonli o‘rta umumta’lim maktabida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori Bahodir Xodiev va o‘quv-yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda bilim olishning fazilatlari, ota-onaga hurmat, yurt ravnaqi uchun munosib hissa qo‘shish kabi insonni ulug‘lovchi hislatlar haqida so‘z yuritildi. O‘zaro savol-javoblar ruhida o‘tgan jonli muloqot davomida insonning ma’naviy yuksalishida ustoz, kitob va ota-ona tutgan o‘rin haqida mulohazalar yuritildi.

Tadbir davomida TDIU talabalar studiyasi tomonidan Said Ahmadning «Ufq» asari asosida tayyorlangan sahna ko‘rinishi ishtirokchilar e’tiboriga havola etildi va olqishlarga sazovor bo‘ldi..

Tadbir so‘ngida rektor tomonidan maktab kutubxonasiga 2 dona kompyuter jamlanmasi hamda 100 ga yaqin badiiy adabiyotlar topshirildi. Maktabda o‘z iqtidori bilan xalqaro va respublika darajasida muvaffaqiyatga erishgan o‘quvchilar esdalik sovg‘alari va kitoblar bilan taqdirlandi.

 

 

 

 

 

 

 

Talabalarning ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy bilimlarini amaliy ko‘nikmalar bilan mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining “Soliqlar tarixi” muzeyiga tashrif tashkil etildi.

 

 

Buxgalteriya hisobi va audit fakulteti hamda Davlat soliq qo‘mitasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda Moliya va soliqlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari, “Soliqlar va soliqqa tortish” ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar ishtirok etdilar.

 

 

Tashrif davomida universitet vakillari Davlat soliq qo‘mitasining “Soliqlar tarixi” muzeyi eksponatlari bilan ham yaqindan tanishib, yurtimizda soliq tizimining turli davrlardagi holati yuzasidan atroflicha ma’lumotga ega bo‘ldilar.

Turkiya Respublikasi Prezidenti Apparati Inson Resurslari Boshqarmasi va TIKA tomonidan Hyatt Regency mehmonxonasida poytaxtning barcha oliy ta’lim muassasalari iqtidorli talabalari va ilmiy izlanuvchilariga karyera va tajriba almashish imkonini taqdim etish maqsadida Talent for Biz tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda Turkiya davlatidan tashrif buyurgan o‘ndan ortiq yirik kompaniyalar o‘zlarining faoliyati, kelajakdagi strategik rejalari haqida taqdimotlar bilan qatnashib, talabalarga karyera uchun o‘z taklif va tavsiyalarini bildirdilar.

Shuningdek, tadbir davomida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabalari va doktorantlari ham kompaniya menejerlari bilan yuzma-yuz suhbatlarda ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Kasb ta’limi (iqtisodiyot) kafedrasi professor-o‘qituvchilari Yashnobod tumanidagi 103-sonli imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab internatiga tashrif buyurdilar.

Kafedra a’zolari ushbu maskanda innovatsion-korporativ hamkorlik doirasida tashkil etilgan to‘garaklar ishini takomillashtirish sohasidagi mehnat yarmarkasida ishtirok etdilar.

 

 

TDIU va UrDIU qo‘shma ta’lim dasturi asosida tahsil oluvchi talabalar ishtirokida “9 may — Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan “Xotira muqaddas – qadr aziz!” mavzusida tadbir o‘tkazildi.

Tadbirga siyosiy fanlar doktori, Toshkent shahridagi G.V.Plexanov nomli Rossiya iqtisodiyot universitetining Jahon iqtisodiyoti kafedra professori Sh. G‘oyibnazarov, Davlat va jamiyat qurish kafedrasi professori N. Hakimovlar taklif etildi.

Tadbir mehmonlari xotira va qadr tuyg‘ularining ahamiyati, bugun hayot bo‘lgan urush qatnashchilarini qadrlash, asrab-avaylash, og‘irini yengil qilish, qo‘limizdan keladigan barcha yordamimizni ulardan ayamaslik, ularning oldidagi muqaddas burchimizni ado etishning o‘zligimizni anglashdagi o‘rni haqida o‘z fikrlarini bildirib, hayotidan missollar keltirishdi.

Ma’naviy-ma’rifiy tadbir davomida ishtirokchilar o‘tganlarning xotirasi oldida ta’zim bajo keltirish, insonni tiriklik chog‘ida qadrlash haqida talabalar o‘zlariga kerakli xulosa chiqarib olishdi.