YANGILIKLAR

Kun: 29.04.2019

Bugun, 29-aprel kuni Buxgalteriya hisobi va audit fakulteti talim-tarbiya maslahatchilari va talabalari Toshkent shahrida qad ko‘targan muxtasham “Humo arena” ko‘p funksiyali muz majmuasida bo‘ldilar.

Muz saroyi majmuasi me’morchilik va dizayn sohasidagi eng zamonaviy va ilg‘or texnologiyalarni milliy madaniyat elementlari bilan uyg‘unlashtirgan holda barpo etilgan ekan. Obyektning me’moriy g‘oyasini yaratishda me’morlar millatimiz uchun muhabbat, baxt va ozodlik timsoli bo‘lgan Humo qushidan ilohomlangan.

 

 

Muz majmuasining infratuzilmasi tomoshabinlar uch qavatda o‘tiradigan 12 500 o‘rinlik katta muz arenasi, 200 tomoshabinga mo‘ljallangan mashqlar muz arenasi, aziz mehmonlar uchun o‘ta qulay 3 ta VIP-loja, 14 dan 22 tagacha tomoshabinga mo‘ljallangan 34 ta VIP-loja, derazalari mashqlar muz arenasiga qaragan premium toifadagi restoran va qahvaxona, zamonaviy talablarga mos jihozlangan sportchilar uchun 17 ta kiyinish xonasi, 3 ta sport zali, madaniyat vakillari uchun 5 ta grim xonasi, matbuot markazi, konferensiyalar zali, sport anjomlari do‘koni, fitnes va bolalar uchun o‘quv-ko‘ngilochar hududdan iborat. Majmua atrofidagi hududda ko‘p qavatli parking, oila bo‘lib dam olish uchun rekreatsiya zonasi tashkil etilganligi haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Yangi multifunksional muz majmuasi – O‘zbekiston uchun eksklyuziv loyiha va bugungi kunda azim shaharning eng a’lo sport-madaniyat markazi degan nomga da’vaogar va sozavor bo‘lmoqda.

Talabalar sayohat davomida ilm-fanni chuqur o‘zlashtirish o‘z kelajagi va mamlakat taraqqiyoti uchun katta hissa bo‘lishini qalbdan tuydilar.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professor-o‘qituvchilari va ilmiy izlanuvchilarining Sankt Peterburg davlat iqtisodiyot universitetidagi faoliyati samarali davom etmoqda.

Navbatdagi muzokaralar Yosh olimlar kengashi bilan olib borildi. Universitetimiz Yosh ekspertlar kengashi a’zosi Shoxruh Boymurodov va Sankt Peterburg davlat iqtisodiyot universiteti Yosh olimlar kengashi raisi Stanislav Mixaylovich  o‘zaro hamkorlik masalasida uchrashdilar. Unda hamkorlikda ilmiy izlanishlar olib borish, ularning natijalarini muntazam yuqori indeksga ega bo‘lgan ilmiy jurnallarda chop etish va hamkorlikda xalqaro konferensiyalar tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Ayni kunlarda Chexiya Respublikasida xizmat safari bilan bo‘lib turgan Korporativ boshqaruv kafedra katta o‘qituvchisi Shahlo Masharipova tomonidan Erasmus+ dasturi asosida mahorat darslari o‘tkazilmoqda. Navbatdagi mahorat darsi Libers texnika universitetining iqtisodiyot ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tashkil etildi.

Dars davomida  O‘zbekiston Respublikasi bank-moliya tizimi, shuningdek, turizm va iqtisodiyoti haqida ham keng ma’lumot berib o‘tildi. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, turizm va xizmat ko‘rsatish sohasida olib borilayotgan ma’lumotlar tinglovchi talabalarda katta taassurot qoldirdi.

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Marketing kafedrasi katta o‘qituvchisi Sanjar Eshmatov va Menejment kafedrasi tayanch doktoranti Bobir Tursunov Sankt-Peterburg davlat iqtisodiyot universitetida o‘tkazilgan “Zamonaviy menejment: muammolar va istiqbollar” mavzusidagi ilmiy-amaliy anjumanda ishtirok etdilar. Ular anjumanning kichik guruhlar yig‘ilishlaridagi maruzalari va faol ishtiroki uchun tashkiliy qo‘mita tomonidan sertifikat bilan taqdirlandi.

Konferensiya davomida universitetimiz vakillari xorijiy davlatdan kelgan konferensiya ishtirokchilari bilan muloqotda bo‘lib, zamonaviy menejment sohasidagi dolzarb muammolar bo‘yicha o‘zaro fikr almashdilar.

Sankt-Peterburg davlat iqtisodiyot universitetida “Zamonaviy menejment: muammolar va istiqbollar” mavzusida xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi. UndaToshkent davlat iqtisodiyot universiteti Marketing kafedrasi professori, i.f.d. Murod Ikromov maruza bilan qatnashib, bugungi kunda boshqaruv kadrlarini tayerlashdagi dolzarb masalalar haqida to‘xtalib o‘tdi.

 

 

Shuningdek, anjuman ishida ayni paytda Sankt-Peterburg davlat iqtisodiyot universiteti malaka oshirish kurslarida ishtirok etayotgan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professor-o‘qituvchilaridan M.Umarxodjaeva, N.Ismailova, M.Amonboev, S.Eshmatov, A.Yuldashev, S.Rahmonkulov va tayanch doktorantlardan B.Tursunov va G‘.Quvvatovlar ham ishtirok etdilar.

 

Yozuvchi va shoirlar doimo go‘zallikni, olijanoblikni, yaxshilikni qalamga olgan. Buning uchun ular xalqning ichida yurishgan, suhbat qurishgan. Bir-biridan chiroyli asarlar shundan paydo bo‘lgan. Adabiyot insonni yaxshilikka chorlaydi, kamolotga eltadi. Bir so‘z bilan aytganda, adabiyot millat tarbiyachisidir.

Shu munosabat bilan Iqtisodiyotda axborot tizimlari fakulteti bir guruh talabalari “Eng faol bilimdon kitobxonlar” ko‘rik-tanlovi doirasida O‘zbekiston xalq yozuvchisi Xudoyberdi To‘xtaboev xonadonida bo‘lib, yozuvchining sermazmun suhbatidan bahramand bo‘lishdi.

Uchrashuvda badiiy, ma’rifiy, ilmiy-ommabop  adabiyotlarni o‘qish, milliy va jahon adabiyoti namoyandalarining sara asarlarini mutolaa va tarjima qilish  ishlari haqida so‘z yuritildi. Ajdodlarimizning bebaho  merosi va asrimizning nodir tafakkur namunalari egallangan bilimni yanada boyitishi, ma’naviyatimizni yuksaltirishga xizmat qilishi, dunyoqarashimizni kengaytirishi ta’kidlandi.

Xalqaro turizm fakulteti O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qoshidagi Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha to‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasi  bilan hamkorlikda  davra suhbati tashkil qildi. “Transport vositalari egalarining  fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasi” mavzusida o‘tkazilgan tadbirda soha mutaxassislari, professor-o‘qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

 

 

Tadbirni Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Sherzod Mustofaqulov kirish so‘zi bilan ochib berdi va boshqarib bordi. Dastlab u uchrashuvni qisqacha mazmuni bilan yig‘ilganlarni tanishtirib o‘tdi. Universitet rektori tashabbusi bilan “Mana’viyat soatlari”da korxona yoki tashkilotlar bilan birgalikda talaba-yoshlar uchun mahorat darslari o‘tkazib kelinmoqda. Shuningdek bugungi davra suhbati ham ushbu g‘oyaning uzviy davomchisi hisoblanadi.

 

 

Shundan so‘ng, ma’ruzachi L. Zokirov Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasi joriy etilishining mantiqiy mazmuni transport vositasidan foydalanishda yo‘l transport hodisasi oqibatida jabrlanuvchilarning hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkiga yetkazilishi mumkin bo‘lgan zarar va o‘rnini qoplash bo‘yicha YTHda aybdorning yuzaga keladigan fuqarolik javobgarligini hamda transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha  aybdorning sug‘urta polisi 12 mln. so‘mgacha (16.06.2019 yildan 40 mln.so‘mgacha) bo‘lgan qismi haqida ma’lumot berildi.

 

 

“Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi”  Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 16 martdagi 222-sonli qarorida nazarda tutilgan asosiy o‘zgarishlar. Bugungi kunda belgilangan 12 mln. so‘m miqdoridagi sug‘urta summasi YTHda jabrlangan shaxslarga yetkazilgan zarar va xarajatlarni kerakli me’yorda qoplashga imkon bermayapti. MDH va yevropa mamlakatlariga nisbatan eng past ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Sug‘urta shartnomasini tuzishni soddalashtirish Sug‘urta qildirish uchun ishonchnoma yoki ushbu transportga egalik huquqini tasdiqlovchi boshqa hujjatni taqdim etish bo‘yicha talab ham bekor qilindi. Shuningdek, zarur ma’lumotlar yagona axborot tizimida mavjud bo‘lganida sug‘urtalovchi hujjatlarni (pasport, transport vositasining texnik pasporti, haydovchilik guvohnomalarini) talab qilmasdan sug‘urta qilishi mumkin.

 

 

O‘tkazilgan uchrashuv davomida Xalqaro turizm fakultetining iqtidorli talabalari o‘z savollarini berishib, kerakli javoblarini olishdi hamda fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar. 

Uchrashuv yakunida Toshkent davlat iqtisodiyot univerisiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Sherzod Mustofaqulov barcha tadbir ishtirokchilariga o‘z minnatdorchiligini bildirgan holda tadbirni yakunladi.