YANGILIKLAR

Kun: 25.04.2019

Ayni kunlarda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Xalqaro turizm fakulteti dekani Abror Kucharov, Buxgalteriya hisobi va audit fakulteti dekani Mansur Eshov, Marketing kafedrasi dotsenti Muxtasar Ziyayeva hamda Korporativ boshqaruv kafedrasi o‘qituvchisi Shaxlo Masharipova Chexiya Respublikasida rasmiy safar bilan bo‘lib turibdi.

 

 

Safardan ko‘zlangan maqsad Erasmus+ loyihasining o‘qituvchilar almashinuvi doirasida yevropa Ittifoqidagi oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalari ilmiy-texnikaviy ishlanmalarini, elektron tizimda darslarni tashkil etish va yangi pedagogik texnologiyani o‘rganishdan iborat.

 

 

Shuningdek, professor-o‘qituvchilarimiz Chexiya Respublikasi Liberets texnika universitetidagi Erasmus+ loyihasi kordinatori va talabalarga O‘zbekistonning turizm salohiyati, bank va sug‘urta tizimi buyicha mahorat darslari va mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda.

Ma’lumki, giyohvand moddalarning g‘ayriqonuniy ravishda muomalaga kiritilishi bugungi kunda eng jiddiy transmilliy xavf-xatarlardan biridir. Bugungi globallashuv davrida dunyoning barcha mintaqalarida giyohvand, narkotik moddalarni tarqatish va uni iste’mol qilish bo‘yicha turli xil ko‘rinishdagi tahdidlar namoyon bo‘layotir. Bu esa, jahon hamjamiyatidan qat’iy va muvofiqlashtirilgan xatti-harakatlarni amalga oshirish, giyohvandlikka qarshi kurashish bo‘yicha har tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish, qolaversa, giyohvandlik moddalari va ularga qarshi kurashish chora-tadbirlarini yanada kuchaytirishni talab etmoqda.

 

 

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida bo‘lib o‘tgan tadbir ham aynan, narkotik moddalarni tarqalishini oldini olish va aholi ayniqsa, yoshlar orasida giyohvand modalarini iste’mol qilinishiga qarshi keskin kurashlar olib borish, inson hayotiga ta’sir etuvchi ayanchli oqibatlarini jismoniy, ma’naviy va ruhiy ko‘rinishlar bilan yetkazish maqsadaida “Giyohvandlik – umr zavoli” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

 

 

Mazkur tadbir Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan bu illatni tarqalishini oldini olishga mas’ul mutasaddi tashkilotlar ishtirokida tashkil etildi.

 

 

Tadbirda so‘z olganlar, yoshlar orasida giyohvandlik moddalarini olib kirish, tarqatish va saqlash bilan bog‘liq turli jinoyatlarning oldini olish, yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini tatbiq etish borasida to‘xtalib o‘tdilar. Shuningdek, giyohvandlik tushunchasi, giyohvandlik va psixotrop moddalar hamda giyohvand vositalarning inson organizmiga salbiy ta’siri to‘g‘risida talaba-yoshlarga ko‘rgazmali slaydlar asosida batafsil ma’lumotlar berildi.

 

 

Tadbirda yoshlar orasida tarbiyaviy-ma’rifiy va profilaktik chora-tadbirlarni tizimli olib borishga doir qator taklif-mulohazalar bildirildi. Uchrashuv so‘ngida muhokama qilingan masalalar yuzasidan talaba yoshlarga bu borada tegishli tavsiyalar berildi.

 

 

Ta’kidlash lozimki, bu kabi tadbirlar giyohvandlikka qarshi kurashish, narkotik moddalarning, noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq muammolarga jamiyat e’tiborini qaratish, aholi orasida giyohvandlikning salbiy oqibatlari haqida bilimlarni oshirish, sog‘lom turmush tarzini tatbiq etish orqali yosh avlodni tarbiyalashga munosib hissa qo‘shadi.

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida talabalarni darsdan bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish, xususan, “Axborot soatlari”, “Ma’naviyat soatlari”da talabalarni dunyoqarashini yuksaltiradigan, milliy o‘zligi va Vatanparvarlik tuyg‘usini yuksaltirishga xizmat qiladigan madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.

 

 

 

Shunday tadbirlardan biri Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti madaniyat saroyida bo‘lib o‘tdi. Tadbirda “O‘zbekkino” milliy agentligi buyurtmasi asosida tayyorlangan tarixiy badiiy-publitsistik “Islomxo‘ja” filmining namoyishi tashkil etildi. Unda “O‘zbekkino” milliy agentligi birinchi o‘rinbosari Shuhrat Rizayev, film ijodkorlari — rejissyor Jahongir Ahmedov, aktyorlar — Asal Shodiyeva, Akmal Mirzo va Husan Jo‘rayev hamda omaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

 

 

Tadbir avvalida film namoyish etildi.

Film namoyishidan so‘ng ijorkorlar bilan muloqot tashkil etildi. Madaniyat saroyida yig‘ilgan 500ga yaqin talabalar orasida ko‘plab savollar berildi va kerakli xulosaviy javoblarni olishdi.

 

 

Muloqotlarda ushbu film tarixni o‘rganish, o‘zlikni anglash, vatanparvarlikni yuksaltirishga xizmat qilgani va bu kabi film namoyishlari doimiy ravishda tashkil etilishi ta’kidlandi.

 

 

Film ijodkorlariga universitet rahbariyatining samimiy minnatdorligi yetkazildi va esdalik sovg‘alar topshirildi.

 

 

Tadbir so‘ngida talaba-yoshlar sevimli ijodkorlari bilan esdalik uchun rasmga tushishdi.