YANGILIKLAR

Kun: 24.04.2019

Turizm va servis kafedrasi mudiri Muhammadsidiq Amonboyev Sankt-Peterburg davlat iqtisodiyot universiteti Servis, turizm va mehmondo‘stlik fakulteti dekani Kostryukova Oksana Nikolayevna bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida hamkorlik alokalarini mustahkamlash, xususan hamkorlikda darslik va o‘quv qo‘llanmalar, ilmiy maqolalar tayyorlash, ilmiy-amaliy koferensiyalar tashkil etish, yetakchi professor-ukituvchilarni dars jarayonlariga jalb etish, hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar  olib borish hamda xalqaro grantlarda birgalikda ishtirok etish masalalari muhokama etildi.

E’tiborli tomoni Sankt-Peterburg Rossiya Federatsiyasining eng ko‘p turist keladigan tarixiy hududi hisoblanadi. Shu bois, bu yerda to‘plangan ilmiy va amaliy tajribani o‘zlashtirish ta’lim jarayoni samaradorligini oshiradi.

Bugun, 24-aprel kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasida “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasining muhokamasiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Davra suhbatida sohaga tegishli vazirlik va idoralar mutaxasislari, Qonunchilik palatasi deputatlari bilan bir qatorda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari, ilmiy izlanuvchilari, magistr va bakalavr talabalari ishtirok etdi.

 

 

Tadbirda Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Mavluda Xodjayeva, Davlat statistika qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Behzod Shodiyev, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi mutaxassisi Botir Alimuxamedov so‘zga chiqib, qonun loyihasi tarkibi va uni dolzarbligi to‘g‘risida so‘z yuritdilar.

 

 

Tadbirning ikkinchi qismida “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi tadbir qatnashchilari tomonidan qizg‘in muhokama qilindi.

 

Bugungi kunda davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilayotgan masalalardan biri sifatida tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirishda innovatsion yondashuv, ochiq iqtisodiyotni makroiqtisodiy dasturlashda optimal qarorlar qabul qilish orqali tashqi sektor faoliyatini samarali tashkil etishni ko‘rishimiz mumkin. Shu munosabat bilan 2019-yilning 24-aprel kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Jahon iqtisodiyoti kafedrasi tomonidan “O‘zbekiston iqtisodiyotini innovatsion rivojlanish doirasida tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solishning dolzarb muammolari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi.

 

 

Anjuman ishini Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori, professor Bahodir Xodiyev kirish so‘zi bilan ochib, mazkur respublika ilmiy-amaliy anjumani kun tartibiga qo‘yilgan mavzuning dolzarb ahamiyati xususida to‘xtalib o‘tdi.

 

 

Ilmiy-amaliy anjuman quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oldi:

– tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solishning iqtisodiy jihatlari, xalqaro standartlashtirish va sifat menejmenti;

– tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solishning huquqiy asoslarini takomillashtirish;

– tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish borasidagi jahon tajribasi;

– tashqi iqtisodiy faoliyatni faoliyatni davlat tomonidan tartibga solishning innovatsion mexanizmini yaratish hamda takomillashtirish.

Respublika ilmiy-amaliy anjumanida quyidagi mavzular bo‘yicha ma’ruzalar qilindi:

“Tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solishning dolzarb muammolari”

Ma’ruzachi: Qalandar Abduraxmanov, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi;

“Tashqi iqtisodiy faoliyatda xalqaro ishchi kuchi migratsiyasi masalalari va uni davlat tomonidan tartibga solish”

Ma’ruzachi: Bahodir Umurzaqov Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri o‘rinbosari;

“Bojxona to‘lovlarini qo‘llashni optimallashtirish tashqi iqtisodiy faoliyatni liberallashtirishning muhimo mili”

Ma’ruzachi: T. Pardaev Bojxona institutining Bojxona tartibga solinishi va bojxona to‘lovlari kafedrasi dotsenti, bojxona xizmati podpolkovnigi;

“Jahon iqtisodiyoti globallashuvi sharoitida tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishning innovatsion usullari”

Ma’ruzachi: Baxtiyor Islomov, G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent filiali hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Jahon iqtisodiyoti kafedrasi professori;

“Действующее состояние законодательства в сфере регулирования внешнеэкономической деятельности”

Докладчик: Жамшид Номозов, Начальник отдела “Исследования экономики, финансов и вопросов развития предпринимательства” Института проблем законодательства и парламентских исследований при Олий Мажлисе Республики Узбекистан;

Таможенные инновации в развитии внешнеэкономической деятельности Республики Узбекистан

Докладчик: Д.Шарипова, доцент кафедры Таможенное регулирование и таможенные платежи Таможенного института ГТК РУз, подполковник таможенной службы;

“To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uning eksport salohiyatini oshirish”

Ma’ruzachi: Anvar Qarayev, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining Moliyaviy-iqtisodiy tahlil bo‘limi boshlig‘i.

 

 

Ma’lumki bugungi kunda optimal boj tarif stkvkalarini o‘rnatish orqali tashqi savdoni rag‘batlantirish, tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solishda notarif usullardan bosqichma-bosqich voz kechgan holda mahalliy ishlab chiqaruvchilarni himoyalash va qo‘llab-quvvatlashda iqtisodiy usullar salmog‘ini orttirish, shuningdek aksiz solig‘iga tortiladiladigan import tovarlari ro‘yxatini davlatning mutloq va nisbiy afzalliklaridan kelib chiqqan holda tuzish o‘z dolzarbligiga ega. Bu borada mavjud muammolar yechimlarini topishda innovatsion usullardan foydalagan holda tizimli tahlil orqali jahon tajribasini o‘rganish va davlatimiz iqtisodiyotining o‘ziga xosligidan kelib chiqqan holda, barcha omillarni inobatga olib zamonaviy mexanizm ishlab chiqish asosiy maqsad etib belgilangan.

 

 

Tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solishda fiskal va monetar siyosatni amalga oshirish jarayonida davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilayotgan eksport salohiyatini oshirish hamda tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarni jahon bozorida o‘z ishlab chiqargan tovarlari va xizmatlari orqali o‘z o‘rnini topishi masalalasiga ilmiy yondashuv orqali amaliy natijalar olish ham kun tartibiga qo‘yilgan.

 

 

Mazkur tadbir Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Fanlar akademiyasi va Bojxona instituti bilan hamkorlikda tashkil etildi.