YANGILIKLAR

Kun: 23.04.2019

Indoneziya Oliy ta’lim instituti boshlig‘i, doktor Illax Sailax (Dr. Illah Sailah) boshchiligida 32 kishidan iborat delegatsiya Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga hamkorlik memorandumlarini imzolash va tajriba almashish maqsadida tashrif buyurdi.

 

 

 

Mazkur tashrif Indoneziyaning O‘zbekistondagi turizm elchisi, Guanadarma universiteti rektori Eko Shri Margianti xonim hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universitet rektori Bahodir Xodiнev tashabbusi bilan amalga oshirildi.

 

 

Tashrif avvalida indoneziyalik mehmonlar Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti o‘quv-texnik bazasi, professor-o‘qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar va talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.

 

 

 

Indoneziya oliy ta’lim muassasalari vakillari bilan uchrashuv davomida ta’lim sohasiga oid bir qator muhim masalalar, jumladan “Indoneziya – O‘zbekiston” do‘stlik jamiyatining faoliyati va istiqboldagi rejalari, malakali mutaxassislar tayyorlash va ilmiy tadqiqotlar olib borish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik masalalari yuzasidan muzokaralar olib borildi.

Tashrif so‘nggida Indoneziyaning 8 ta oliy ta’lim muassasasi va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

 

Sankt-Peterburg davlat iqtisodiyot universitetida malaka oshirayotgan Moliya va soliqlar kafedrasi mudiri Sadriddin Xudoyqulov va Sanoat iqtisodiyoti kafedrasi dotsenti Muhiddin Yusupovlar Iqtisodiy xavfsizlik instituti direktori, Iqtisodiy xavfsizlik kafedrasi mudiri, i.f.d. R. Dronov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv chog‘ida Sankt-Peterburg davlat iqtisodiyot universitetinig Iqtisodiy xavfsizlik instituti hamda Iqtisodiy xavfsizlik kafedrasi bilan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, jumladan Sanoat iqtisodiyoti, Moliya va soliqlar kafedralari o‘rtasida o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot sohalarida o‘zaro hamkorlik o‘rnatish masalalari muhokama qilindi. Jumladan, Sanoat iqtisodiyoti kafedrasi bilan hamkorlikda “Iqtisodiy xavfsizlik” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar tayyorlash, ilmiy maqolalar chop etish, ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazish kabi bir qator sohalarda hamkorlik qilish imkoniyatlari bo‘yicha fikr almashinilib, kelishuvlar amalga oshirildi olindi.

Xalqaro turizm fakultetining Logistika yo‘nalishi 1-kurs talabalari uchun “Kichik biznes va tadbirkorlik” fani darsi bevosita amaliyotchi mutaxassis bilan hamkorlikda tashkil etildi. Infratuzilmani rivojlantirish va logistika kafedrasi professori Dilorom Qosimova hamda “Star invest build” MChJ bosh direktori Suhrob Oripov tomonidan o‘tkazilgan mahorat darsi talabalarga o‘z nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalar bilan boyitish imkonini berdi.

 

 

Mahorat darsida “O‘zbekistonda korxona faoliyatini tashkil etish, tahlil qilish” mavzusi ham nazariy, ham amaliy jihatdan ochib berildi.

 

 

Talabalar dars mashg‘uloti davomida amaliyotda uchraydigan kutilmagan holatlar, ularni ijobiy hal etish, to‘g‘ri yo‘lni tanlash, qaror qabul qilishda qanday jihatlarga e’tibor qaratish kerakligi xususida o‘zlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan batafsil ma’lumotlar oldilar.

 

Mahorat darsi taqdimoti 👉O‘zbekistonda korxona faoliyatini tashkil etish, faoliyatini tahlil kilish va uni rivojlantirish yo‘llari bo‘yicha davlat tomonidan amalga oshirilayotgan chora tadbirlar.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti marketing kafedrasi katta o’qituvchisi S.Eshmatov va ilmiy izlanuvchi B. Tursunov Sankt-Peterburg davlat iqtisodiyot universiteti Marketing kafedrasi mudiri, prof. Oksana Urnyakovna Yuldasheva bilan uchrashdi.

Dastavval, O`zbekistonlik mehmonlar Sankt Peterburg davlat iqtisodiyot universiteti marketing kafedrasi professori-o’qituvchilari faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. O’quv jarayonini tashkil etish, ilmiy izlanishlar va ularning samarasini oshirish bo’yicha erishilgan yutuqlar taqdimoti bo’lib o’tdi.

Uchrashuvda tomonlar istiqbolda ilmiy maqola va monografiyalar tayyorlash bo’yicha muhokamalar olib bordilar.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sport maydonlarida professor-o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida an’anaviy tarda o‘tkaziladigan «Kasaba uyushmalari kubogi» musobaqalariga start berildi.

 

 

Musobaqaning dastlabki kungi bahslarida 6 ta jamoa o‘zaro bahslashdilar va quyidagi natijalar qayd etildi:

Iqtisodiyot – Xalqaro turizm 5:4

Akademik litsey – Korxona boshqaruv 3:3

Buxgalteriya hisobi va audit – Iqtisodiyotda axborot tizimlari 2:2

 

 

Musobaqaning ikkinchi kungi bahslarida ham 6 ta jamoa o‘zaro bellashdi va ulardagi quyidagi natijalar qayd etildi:

Iqtisodiyotda axborot tizimlari — Xalqaro turizm 7:6

Ma’muriyat — Korporativ boshqaruv 2:1

Buxgalteriya hisobi va audit — Iqtisodiyot 0:4

 

 

Eslatib o’tamiz, «A» guruhidan Iqtisodiyot, Iqtisodiyotda axborot tizimlari, Buxgalteriya hisobi va audit, Xalqaro turizm jamoalari, «B» guruhidan esa, Ma’muriyat, Akademik litsey va Korporativ boshqaruv jamoalari o‘rin olgan.