YANGILIKLAR

Kun: 20.04.2019

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining hozirgi vaqtda Moskva davlat universitetida malaka oshirish kursini davom ettirayotgan professor-o‘qituvchilari  MDU dotsenti, shuningdek “Rosneft” AJ departament boshlig‘i Darya Panchuk tomonidan olib borilgan “Investitsion loyihalar iqtisodiy samadorligini baholash” kursini muvaffaqiyatli yakunlashdi.

 

 

Kurs yakuni bo‘yicha professor-o‘qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar “Investitsion loyihalar iqtisodiy samadorligini baholash” fanidan imtihon topshirildi va barcha ishtirokchilar bu sinov topshiriqni a’lo baholarga topshirdilar.

Shuningdek, oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilari bilan kelgusida amaliy tajribalar almashish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik aloqalari o‘rnatildi.