YANGILIKLAR

Kun: 19.04.2019

Xalqaro turizm fakulteti qoshida “Munozara” to‘garagining ochilish tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda Xalqaro turizm fakulteti dekani, dekan o‘rinbosarlari, ta’lim-tarbiya maslahatchilari, Turizm va servis kafedrasi a’zolari va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

 

 

Munozara to‘gragini ochib berish uchun fakultet dekani Abror Kucharov so‘zga chiqib, “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi dastur ijrosini ta’minlash maqsadida ushbu to‘garak faoliyati yo‘lga qo‘ilganini qayd etib o‘tdi. “Munozara” to‘garagi talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga, ularda mustaqil fikr yuritishga, bahs-munozaraga kirisha olish ko‘nikmalarini shakllantirishga, shuningdek yoshlarning bugungi kunda mamlakatimizda bo‘layotgan o‘zgarishlar va islohotlar to‘g‘risidagi bilimlarini boyitishga ko‘maklashadi, deya umid bildirdi.

 

 

Ochilish marosimida “Yosh iqtisodchilar” va “Intellekt” jamoalari “Elektron kitob oddiy kitobdan afzal” mavzusida ko‘rgazmali bellashdilar.

 

 

O‘tkazilgan munozara so‘ngida fakultetning bir qator talaba-yoshlari so‘zga chiqib, ishtirokchilar tomonidan bildirilgan fikrlarni tahlil qilib va munozaradan olgan taassurotlarini aytib, barcha ishtirokchilarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

 

 

Eslatib o‘tamiz, “Munozara” to‘garagiga barcha talaba-yoshlar a’zo bo‘lishi mumkin. Munozara to‘garagi Karl Poper formatida faoliyat yuritadi.

 

Xalqaro turizm fakulteti hamda Infratuzilmani rivojlantirish va logistika kafedrasi tomonidan “Passiv daromad qilishning zamonaviy usullari” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi. Tadbirga O‘zbekiston moliya bozorida yetakchi o‘ringa ega “Az capital” investitsion kompaniyasi asoschisi Aziz Holiqov ma’ruzachi sifatida taklif etildi.

 

 

Ma’ruzachi o‘z taqdimotini quyidagi masalalar bo‘yicha ishtirokchilar e’tiboriga havola qildi:

– pulni yo‘qotishga sabab bo‘layotgan HYIP loyihalar (binnar opsionlar va tatalizatorlar) va nima uchun ular orqali daromad qilishning iloji yo‘qligi;

– passiv daromad qilish uchun mo‘ljallangan zamonaviy investitsion loyihalar va ulardan foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar;

– jahon valyuta bozorida savdo qilish uchun brokerlik kompaniyalari tarafidan yaratilgan sharoitlar hamda broker orqali amalga oshiriladigan valyuta savdosi;

– “Az capital” investitsion kompaniyasi tarafidan yoshlar uchun taklif etilayotgan imkoniyatlar.

 

 

Ochiq muloqot shaklida o‘tgan mahorat darsida professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar ma’ruzachiga murojaat qilishib, amaliy tajribadan o‘tgan misollarga asoslangan javoblarga ega bo‘ldilar.

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi kafedrasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziligida innovatsion-korporativ hamkorlik doirasida ilmiy-amaliy seminar tashkil etdi. Unda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sh. Qudbiyev, vazir o‘rinbosari B. Umurzoqov, vazirlik boshqarma boshliqlari hamda Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi kafedrasi professoro‘qituvchilari ishtirok etdi.

 

 

Ilmiy–amaliy seminarda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziligi hamda Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi kafedrasi o‘rtasida innovatsion-korporativ hamkorlik doirasida o‘quv-uslubiy va ilmiy tadqiqot sohalarda olib borilayotgan harakatlar dasturi muhokama qilindi.

 

 

Muhokamada vazir Sh.Qudbiyev tomonidan hamkorlik asosida amalga oshirilgan ijobiy tendensiyalar qayd etildi. Jumladan hamkorlikda o‘quv-uslubiy ta’minot yangilanayotganligi, kafedrada chop etilayotgan darslik va o‘quv ko‘llanmalar vazirlik xodimlariga targ‘ib etilayotganligi, vazirlikning statistik va amaliy ma’lumotlari kafedra dars jarayoniga joriy etilayotganligi va ular asosida vazirlik xodimlari tomonidan ham tadqiqotlar olib borlayotganligi e’tirof etildi. Shuningdek, Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi hamda Kadrlar menedjmenti yo‘nalishidan 2018-yil davomida 10 nafar bitiruvchi vazirlik tizimida muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotganligini ta’kidlandi.

 

 

Seminar yakunida ishtirokchilari tavsiyalariga ko‘ra, kelgusida mehnat iqtisodiyoti yo‘nalishida kadrlar zaxirasini faol shakllantirish, shuningdek vazirlik xodimlari malaka oshirishida kafedra va vazirlik oldida turgan vazifalarga aniqliklar kiritildi.

Avval xabar berganimizdek, Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professor-o‘qituvchilari va ilmiy izlanuvchilari malaka oshirmoqdalar.

 

 

Safar davomida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti vakillari Sankt-Peterburg davlat universitetining Iqtisodiyot fakulteti Jahon iqtisodiyoti kafedrasi mudiri, i.f.d., professor Sergey Sutirin bilan uchrashdilar.

 

 

Jahon iqtisodiyoti mudiri Nilufar Ismoilovaning xabar qilishicha, uchrashuv davomida kafedralar o‘rtasida hamkorlik, ilmiy tadqiqot ishlari va ilmiy loyihalarda ishtirok etish, professor o‘qituvchilar va ilmiy xodimlar almashuvi, hamkorlikda makolalar chop etish xususida kelishuvlar muhokama qilindi.