YANGILIKLAR

Kun: 18.04.2019

Bugun, 18-aprel kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professor-o‘qituvchilari, rahbar va ishchi xodimlar . O‘zbek Milliy akademik drama teatrida atoqli adib Chingiz Aytmatovning «Oq kema» asari asosida sahnalashtirilgan spektakl tamoshasiga tashrif buyurdilar.

 

 

 

Bu spektaklda ma’sum bolakayning pokiza xayollariga, beg‘ubor orzulariga oshno bo‘lasiz, uning iztiroblari, qayg‘usini yurakdan his etib, o‘yga to‘lasiz. Go‘dak dilini vayron qilgan voqeliklardan ko‘zingizga yosh keladi. Tabiatni, borliqni, yaqinlaringizni avaylash burchingiz ekanini teranroq anglaysiz.

 

Universitetimiz rektori, professor Bahodir Xodiyev spektakl yakunida insonlarni bir-biriga mehrli bo‘lishga, tabiatni asrashga undovchi, g‘oyat chuqur tarbiyaviy mazmuni bilan kitobxonlar mehrini qozongan «Oq kema» spektakli kabi sahna asarlari bilan teatr ixlosmandlarini xushnud qilib kelayotgan O‘zbek milliy akademik drama teatri jamoasi va aktyorlarga samimiy tilaklarlar bildirib, universiteti ko‘p sonli jamoasi nomidan Tashakkurnoma taqdim etdi.

 

Sank-Peterburg shahrida bo‘lib turgan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti vakillari “Ta’lim sifatini oshirish hamda loyihalarni tijoratlashtirish mavzusida” davra suhbatida ishtirok etdi.

Unda malaka oshirish dasturining «Ilmiy tadqiqot ishlar natijalarini tijoratlashtirish» nomli 1-moduli yakunlari muhikama qilindi.

Davra suhbatida SPDIU ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori Y. Gorboshenko, Menejment kafedrasi mudiri muovini I. Golovsova va tinglovchilar ishtirok etib, modul natijalarini muhokama qildilar. Natija sifatida SPDIU ilmiy jurnallarida TDIU professor-o‘qituvchilari tomonidan ilmiy maqolalar chop ettirishga hamda ta’lim sifatini nazorat qilish yuzasidan hamkorlikdagi xalqaro loyihalar tashkil etishga kelishib olindi.

 

 

Universitetimiz ilmiy izlanuvchisi G‘olibjon Quvvatovning bizga ma’lum qilishicha, suhbat davomida Sank-Peterburg davlat iqtisodiyot universiteti hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professor-o‘qituvchilari bugungi ta’lim tizimidagi islohotlar samaradordigini oshirish, ilmiy tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish bo‘yicha o‘zaro tajriba va fikr almashishgan.