YANGILIKLAR

Kun: 17.04.2019

Kecha xabar berganimizdek, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” munosabati bilan respublika talabalar fan olimpiadasining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi.

 

 

Talabalar fan olimpiadasining ikkinch kunida iqtidorli yoshlar Makroiqtisodiyot va Mikroiqtisodiyot, Huquqshunoslik, Buxgalteriya hisobi va audit, Informatika va axborot texnologiyalari, O‘zbek tili, Nemis tili, Fransuz tili, Rus tili va Servis kabi fanlardan o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdi. Unda 200 nafardan ortiq talaba ishtirok etdi. Ularning bilimlarini universitetimizning yetakchi professor-o‘qituvchilar baholab bordilar.

 

 

Har bir fan bo‘yicha birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan 1 nafar talaba keyingi bosqichda ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.

Eslatib o‘tamiz, birinchi kun sinovlarida talabalarning O‘zbekiston iqtisodiyoti, Iqtisodiyot nazariyasi, Menejment, Ingliz tili, Matematika, Marketing, Kompyuter grafikasi, Moliya va kredit, Milliy g‘oya, Kasbiy ta’lim fanlaridan o‘zlashtirgan bilimlari baholangan edi.

 

 

Fan olimpiadasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2015 yil 7 apreldagi “Oliy ta’lim muassasalari talabalari respublika fan olimpiadasi to‘g‘risidagi nizom” asosida tashkil etilib, unda barcha fakultetlardan 500 nafardan ortiq talaba o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar.

Ishtirokchi talabalar jami 19 ta fan yo‘nalishlari bo‘yicha g‘oliblik uchun kurashdilar. G‘olib talabalarga keyingi bosqichda ishtirok etish yo‘llanmasi taqdim etildi. Ishtirokchi talabalar rag‘batlantiruvchi Faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.