YANGILIKLAR

Kun: 15.04.2019

Ma’lumki, joriy yilning 19-mart kuni o‘tgan videoselektor yig‘ilishida prezident Shavkat Mirziyoyevning maktablarga kitob sovg‘a qilish to‘g‘risidagi tashabbusi mamlakat bo‘ylab keng qo‘llab-quvvatlanmoqda.

 

 

Shu munosabat bilan Samarqand viloyati Jomboy tumanidagi 7-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabda barcha bilimlar manbayi hisoblanmish kitob to‘g‘risida ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Mushoiralar esa samimiy dil izhorlari yangragan adabiy kechaga aylanib ketdi.

 

 

Mazkur tadbirda ushbu maktabda ta’lim olgan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Kasaba uyushma qo‘mitasi raisi, professor Azamat Muxtorov 120 dan ortiq badiiy va o‘quv adabiyotlari, shu jumladan O‘zbekiston Ensklopediyasining barcha to‘plamlari, o‘z ijodiga mansub ilmiy va ommabop risolalarni o‘quvchilarga tuhfa qildi.

Bugun Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “MDH va YEIIga a’zo mamlakatlar investitsion salohiyati: Rossiya va O‘zbekistonning imkoniyatlari va istiqbollari” mavzusida vebinar bo‘lib o‘tdi.

 

 

Buxgalteriya hisobi va audit fakulteti hamda Sibir boshqaruv institutining Iqtisodiyot va moliya fakultetining 2019-2020 yillarga mo‘ljallangan tadbirlar rejasiga muvofiq tashkil etilgan vebinarda professor-o‘qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar va talabalar ishtirok etdi.

 

 

On-layn rejimda tashkil etilgan o‘zaro muloqotlar davomida quyidagi ma’ruzalar muhokama qilindi:

“Sibirning innovatsion iqtisodiyotini rivojlantirish istiqbollari”

Ma’ruzachi: Valeriy Papelo, Sibir boshqaruv institutining Iqtisodiyot va moliya fakulteti dekani, i.f.d., professor;

“MDH va YEII mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlik doirasida investitsiya salohiyatini rivojlantirish”

Ma’ruzachi: Tatyana Gomanova, Moliya va kredit kafedrasi mudiri, i.f.n., dotsent;

“YEII va MDHda bojxona nazorati investitsion salohiyatni mustahkamlash omili sifatida”

Ma’ruzachi: Tatyana Gurunyan, Iqtisodiyot va investitsiya kafedrasi mudiri, i.f.n., dotsent;

“Soliq siyosati Rossiya iqtisodiy siyosatida investitsion faollikni rag‘batlantirish omili sifatida”

Ma’ruzachi: Roman Shumyaskiy, Soliqqa tortish, buxgalteriya hisobi va iqtisodiy xavfsizlik kafedrasi mudiri, i.f.n., dotsent.

Ma’ruzalar so‘ngida kun tartibiga olib chiqilgan mavzular yuzasidan har ikki tomonlama muhokamalar bo‘lib o‘tdi.