YANGILIKLAR

Kun: 13.04.2019

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Elsevier” (Niderlandiya) kompaniyasining Markaziy Osiyo mintaqaviy direktori Aliya Ospanova professor-o‘qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar va talabalar uchun mahorat darsi o‘tkazdi.

 

 

Mahorat darsida ishtirokchilarga Scopus va Science Direct xalqaro ilmiy-texnik maʼlumotlar bazasidan foydalanish va ilmiy maqolalarni yuqori impakt-faktorga ega jurnallarda chop etishga tayyorlash masalalari batafsil tushuntirib berildi. Ilmiy maqolalarni dunyodagi eng yirik ilmiy-tahliliy platforma — Scopus maʼlumotlar bazasida nashr etishning asosiy qoidalari, talablari haqida tushunchalar berildi.

 

 

 

Shuningdek, Aliya Ospanova o‘z ma’ruzasida Scopus bazasidan keng foydalanish, xususan, professor-oʻqituvchilar ilmiy maqolalari tahlili, iqtiboslar sonini hisoblash borasidagi ma’lumotlarni keltirib oʻtdi. Ilm bilan shugʻullanayotgan barcha tadqiqotchilar uchun Elsevier kompaniyasi tomonidan begʻaraz uslubiy yordam berilishini taʼkidladi.

 

 

 

Bir soatdan oshiq vaqt davom etgan mahorat dars ochiq muloqot tarzida oʻzaro savol-javoblar asosida oʻtib, ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan koʻplab savollarga javob oldilar. Jumladan, Science Direct bazasidan kerakli maʼlumotlarni izlash, ushbu jarayonni optimallashtirish, Science Direct, Scopus bazasi qanday ekanligi, maqolalarni nashr qilish talablari xususida soʻz yuritildi.

 

 

 

Tadbirda “Elsevier” (Niderlandiya) kompaniyasining O‘zbekiston bo‘yicha kordinatori Dilnoza Allanazarova, Tahliliy yechimlar bo’yicha yetakchi ekspert Andrey Loktev, Toshkent shahrida joylashgan oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, ilmiy izlanuvchilari, ilmiy tadqiqit institutlar xodimlari ham ishtirok etdilar.

Iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi mudiri Baxtiyor Xojiyev Sankt-Peterburg davlat iqtisodiyot universitetida malaka oshirish chog‘ida “Umumiqtisodiy nazariya va iqtisodiy ta’limotlar tarixi” kafedrasi mudiri, i.f.d., professor Dmitriy Miropolskiy bilan uchrashdi.

 

 

Uchrashuv davomida kafedralararo halqaro hamkorlik masalalarini yo‘lga qo‘yish, mahorat darslarini tashkil etish, hamkorlikda halqaro konferensiya o‘tkazish, talabalar almashinuvini amalga oshirish, darslik va o‘quv qo‘llanmalar yaratish va o‘quv me’yoriy hujjatlar almashinuvi tashkil etish masalalari kelishib olindi.

 

 

Shuningdek, kafedraning yosh professor-o‘qituvchilarini Sankt-Peterburg davlat iqtisodiyot universitetiga aspirantura va doktoranturiga yuborish masalalari kelishib olindi.

2019-yil 13-aprel kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida #SportDay musobaqalari final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

 

Tadbirda O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasi, Milliy olimpiya qo‘mitasi hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamkorligida tashkil etildi. Ushbu sport bayramida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidov, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari Alisher Sa’dullayev, Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov hamda O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiyi Ektor Kuper ishtirok etdi.

 

 

Umid mehmonlar dastavval Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining sport hayoti bilan tanishib, bu yerda talabalarga sport bilan shug‘’ullanish uchun yaratilgan shart-sharoitlarni ko‘zdan kechirdilar.

 

 

Sport musobaqalarining final uchrashuvlarida ishtirok etayotgan talabalarni O‘zbekiston Milliy va Olimpiya terma jamoalari a’zolari, boks bo‘yicha olimpiada va jahon chempionlari qo‘llab-quvvatlab, talabalar sport bayramiga o‘zgacha shukuh bag‘ishlashdi.

 

 

Sportning mini futbol, dzyudo, stol tennis va shaxmat turlari bo‘yicha final bahslari bo‘lib o’tdi.

Birinchi bo‘lib maydonga O‘zbekiston Milliy ayollar terma jamoasi tushib keldilar, ular o‘rtasidagi bahsni Ektor Kuper to‘pni ramziy o‘yinga kiritib berish orqali boshlab berdi.

 

 

Shundan so‘ng ringga bokschilar taklif etilib, ular ishtirokida tomoshabinlar qiziqarli va shiddatli jangler guvohi bo‘ldilar. Qizlar o‘rtasidagi bahslarda 54 kg. vazn toifasida bellashuvlar bo‘lib o‘tgan bo‘lsa, o‘g‘il bolalar 56 kg. va 81 kg. vaznda ringga ko‘tarildi.

 

 

Sportning mini futbol turi bo‘yicha universitetning “Buxgalteriya hisobi va audit” va “G.V. Plехаnоv nоmidаgi RIUning Tоshkеnt filiаli” jamoalari o‘zaro bellashdilar. Qiziqarli va murosasiz o‘tgan final uchrashuvida “Buxgalteriya hisobi va audit” jamoasi 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Final bahsini FIFA referisi Ravshan Ermatov boshqarib bordi. Uchrashuvni taniqli futbol sharhlovchisi Davron Fayziyev sharhlab bordi.

 

 

Tadbir so‘ngida #SportDay musobaqalarining sovrindorlariga medallar va esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.