YANGILIKLAR

Kun: 12.04.2019

12 aprel kuni TDIU “Kasb ta’limi (iqtisodiyot)” kafedrasi tomonidan “Ustoz-shogird an’analarining yoshlar ma’naviyatini shakllantirishdagi roli” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirga Milliy teleradiokompaniyaning Oilaviy telekanali katta muharriri, «Ayolning bir kuni» ko‘rsatuvi muallifi va boshlovchisi, aktrisa, telejurnalist Mukarrama Bekmurodova taklif etildi.

 

 

Mukarrama Bekmurodova “Dengizdan tomchi”,  “Chempionlik orzusi”, “Fitna”, “So‘nggi pushaymon” kabi milliy seriallar va “Qizg‘aldoq”, “Merskvich”, “Muhabbat zanjiri”, “Komila”, “Ota”, “Ona”, “Mahallada duv-duv gap 2” kabi badiiy filmlari orqali xalqimiz e’tiboriga tushgan.

 

 

Mukarram Bekmurodova ustozi O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti Shermat Yormatov misolida ustoz iborasining mohiyati, ustozdagi ulug‘lik, bag‘rikenglik kabi insoniy hislatlar xususida yig‘ilganlarga ma’lumot berdi. Ustoz-shogird an’analari va uning yoshlar ma’naviyatini shakllanishidagi o‘rni hayotiy misollar yordamida tushuntirib berildi.

 

 

Mukarram Bekmurodova o‘zining muharrir, telejurnalist, aktrisa va umuman el ardog‘iga sazovor inson bo‘lishidagi ustozlarning o‘rni to‘g‘risida fikr bildirib, ustozlarni ardoqlash siz, biz kabi yoshlarning muqaddas burchi ekanligini uqdirdi.  Tadbir davomida aktrisa Mukarram Bekmurodova o‘zi ijro etgan rollardan  parchalar, monolog  ijro etib, o‘tirganlarda ustozga nisbatan hurmat va ehtirom tuyg‘usini yanada rivojlantirishga katta hissa qo‘shdilar.

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Turizm va servis kafedrasi innovatsion-korporativ hamkorligi doirasida “Turistik xizmatlarni amalga oshirish va takomillashtirishda innovatsiyalarning ahamiyati” mavzusida ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi. Tadbirda Xalqaro turizm fakulteti professor-o‘qituvchilari hamda talabalari ishtirok etdi.

 

 

Mazkur ilmiy-amaliy seminar avvalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi 2017 yil 7 fevralda tasdiqlangan Farmoni ijrosi samarasi sifatida turizm sohasida kuzatilayotgan zamonaviy tendensiyalar yetakchi ekspertlar tomonidan yig‘ilganlarga aniq misollar yordamida tushuntirib berildi.

 

 

Shuningdek, Qozog‘istonning Almata menejment universiteti Mehmondo‘stlik va turizm maktabi direktori Azamat Auezxanulы hamda Qozog‘istonning “Double Tree by Hilton Almaty” mehmonxonasi Sotuvlar va marketing bo‘limi direktori Alima Balgabekova tomonidan turizm industriyasini jadal rivojlantirishga oid dolzarb mavzulardagi ma’ruza taqdimotlari namoyish etildi.

 

 

Bundan tashqari, turistik xizmatlarni takomillashtirishda innovatsiyalarning ahamiyati alohida muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ilmiy-amaliy seminar yakunida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda Qozog‘istonning Almata menejment universiteti o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga, talabalar almashuvini yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.

Bugun, 12-aprel kuni Iqtisodiyotda axborot tizimlari fakulteti IB-25 guruh talabalari Jahon tillari kafedrasi o‘qituvchisi M. Muhiddinova boshchiligida yozuvchi G‘afur G‘ulom yashab, ijod etgan uy-muzeyiga tashrif buyurdilar.

 

 

G‘afur G‘ulom uy-muzeyi 1944-1966-yillarda shoir o‘zi yashab, ijod qilgan 2 qavatli uyda joylashgan. U adabiy ekspozitsiya va memorial majmuani o‘z ichiga olgan. Maxsus stendlarda ijodkorning tarjimalari va akademik sohadagi faoliyati namunalari namoyish etilgan. Muzeyning uchinchi zalidan xalqning G‘ofur G‘ulomga bo‘lgan muhabbati, hurmatini namoyon etadigan eksponatlar o‘rin egallagan.

 

 

Uy-muzeyga tashrif davomida madaniy hordiq chiqarib, o‘zlarining ma’naviy dunyosini boyitdilar, shoir ijodida olg‘a surilgan ibrat maktabi sodatidan bahramand bo‘ldilar.

2019-yil 12-aprel kuni «Ijtimoiy fikr» respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi hamda Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi kafedrasi o‘rtasidagi innovatsion hamkorlik doirasida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. «Kadrlar zaxirasini shakllantirishda korxona va o‘quv yurtlari hamkorligi» mavzusida o‘tgan tadbirda professor-o‘qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar, soha mutaxassislari va talabalar ishtirok etdi.

 

 

Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi” qarori hamda “Sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonidan kelib chiqqan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazildi.

 

 

Seminarda quyidagi mavzular tinglandi va muhokama qilindi:

“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti o‘rtasida innovatsion korporativ hamkorlik ishlarini jadallashtirish”

Ma’ruzachi: Nigina Rahimova, “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi direktori o‘rinbosari;

 

“Korxonani strategik rivojlantirishda oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikning o‘rni”

Ma’ruzachi: Axadxon Babaxanov, “Toshkentdonmahsulotlari” AJ Kadrlar zaxirasi va o‘quv yurtlari bilan ishlash bo‘yicha markaz boshlig‘i;

 

“Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining korxonada ish bilan band qilish muammolari”

Ma’ruzachi: Isomutdinov Bahriddin, “Toshkentdonmahsulotlari” AJ Aksiyadorlar bilan korporativ munosabatlar bo‘limi boshlig‘i;

 

“Aholini beqaror ish bilan bandligini tartibga solishda ijtimoiy so‘rovnomalardan foydalanish zarurati”

Ma’ruzachi: Olimjon Nabiyev, TDIU doktoranti;

 

“Korxona va tashkilotlarda kadrlar karerasini rivojlantirish”

Ma’ruzachi: Dilnoza Nishonova, TDIU MKM-10 guruhi magistranti.

 

 

Tadbir davomida ilmiy-amaliy seminar maqsadidan kelib chiqib, kadrlar zaxirasini shakllantirishda korxona va oliy ta’lim muassasalari hamkorligini, shuningdek ushbu hamkorlik doirasida oldinga qo‘yilgan vazifalar ijrosini muvaffaqiyatli amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.