YANGILIKLAR

Kun: 11.04.2019

Mamlakatimizda XX asr yangi o‘zbek adabiyotining zabardast namoyandasi, o‘zbek romanchiligining asoschisi, ozodlik va istiqlol kuychisi Abdulla Qodiriy tavalludining 125 yilligi keng nishonlanmoqda.

 

 

Shu munosabat bilan 2019-yil 11-aprel kuni Iqtisodiyotda axborot tizimlari fakulteti IB-25 guruh talabalari Jahon tillari kafedrasi o‘qituvchisi M. Muhiddinova boshchiligida yozuvchi Abdulla Qodiriy yashab, ijod etgan uy-muzeyiga tashrif buyurdilar.

 

 

Talabalar o‘zbek adabiyotining yirik namoyandasi A.Qodiriy merosi, o‘zbek nasri taraqqiyotidagi o‘rni, o‘zbek realistik romanchiligi maktabining asoschisi ekanligi va uni o‘rganishning ahamiyati haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Ushbu ma’lumotlar natijasida IB-25 guruhi talabalari tomonidan videolavhalar tayyorlandi.