YANGILIKLAR

Kun: 05.04.2019

Bugungi kunda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida mehnat bozoridagi tarkibiy o‘zgarishlarga javob beradigan, tadbirkorlik ko‘nikmalariga ega mutaxassislarni tayyorlash hamda ta’lim berish sifatini ta’minlash maqsadida ishlab chiqarish korxonalari bilan o‘zaro innovatsion-korporativ hamkorlik doirasida bir qator amaliy ishlar olib borilmoqada. Jumladan, talablarga ta’lim berishda ish beruvchilar talabini o‘rganish, nazariya bilan amaliyotning hamohangligini ta’minlash, ilmiy ishlanmalarning natijadorligini oshirish maqsadida real sector vakillari dars mashg‘ulotlariga keng jalb etilmoqda.

 

 

Ana shunday amaliy dars mashg‘ulotlaridan biriamaliy Magistratura bo‘limi hamda Iqtisodiy tahlil va audit kafedrasi tomonidan amalga oshirildi. Talabalar uchun “Xalqaro audit” fani bevosita “PKF MAK AlYANS” xalqaro auditorlik tashkilotida ko‘chma mashg‘ulot tarzida o‘tkazildi.

 

 

Dars mashg‘ulotida talablar nazariy bilimlarini amaliyot bilan bevosita solishtirish imkoniga ega bo‘ldilar, soha mutaxassislariga o‘z savollari bilan murojaat qilishib, batafsil ma’lumotlar bilan tanishdilar.