YANGILIKLAR

Kun: 03.04.2019

Avval xabar berganimizdek, bugun, 3-aprel kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida «Eng yaxshi ilmiy-innovatsion g‘oyalar» ko‘rik-tanlovining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tanlovda talabalar tomonidan jami 43 ta loyiha va g‘oyalar taklif etilgan bo‘lib, shundan 9 tasi yakuniy bosqichda ishtirok etdi.

Sizning e’tiboringizga ko‘rik-tanlovda taqdim etilgan ma’ruzalar va fotolavhalarni havola etamiz.

 

 

StepsWatt (Kinetik natural elektr energiya ishlab chiqaruvchi innovatsion loyiha).

Ma’ruzachi: Iqtisodiyot fakulteti talabasi, Minavvarov Javohir Kiyamiddinovich

Ma’ruzani yuklab olish 👉 Kinetik natural elektr energiya ishlab chiqaruvchi innovatsion loyiha

 

 

Eat more (Ovqatlanish joylaridagi innovatsion xizmat ko‘rsatish)

Ma’ruzachi: Korporativ boshqaruv fakulteti, talabasi Qaxxorova Madina Muzaffarovna

Ma’ruzani yuklab olish 👉 Ovqatlanish joylaridagi innovatsion xizmat ko‘rsatish

 

 

BIOLIFE (Xonadon maishiy chiqindilaridan biogaz, bioo‘g‘it ishlab chiqarish)

Ma’ruzachi: Magistratura talabasi, Olimjonov Bobirjon Farxod o‘g‘li

Ma’ruzani yuklab olish 👉 Xonadon maishiy chiqindilaridan biogaz, bioo‘g‘it ishlab chiqarish

 

IB MTM (Davlat va xususiy sherikchiligi asosida nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi ochish)

Ma’ruzachi: Iqtisodiyot fakulteti talabasi, Yunusova Ozoda Anvarjon qizi

Ma’ruzani yuklab olish 👉  Davlat va xususiy sherikchiligi asosida nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi ochish

 

 

E-MARKETING (Elektron marketing platformasini yaratish)

Ma’ruzachi: Magistratura bo‘limi talabasi, Mamatqulov Ravshanbek Baxtiyor o‘g‘li

Ma’ruzani yuklab olish 👉 Elektron marketing platformasini yaratish

 

GREEN SOLUTIONS (Stabilizatsiya qilingan o‘simliklar o‘stirish)

Ma’ruzachi: UrDIU filiali talabasi, Sa’dullaev Shukrullo Komil o‘g‘li

Ma’ruzani yuklab olish 👉 Stabilizatsiya qilingan o‘simliklar o‘stirish

 

 

Smart parking (Yig‘ilgan aylanuvchi avtoturargoh tizimi)

Ma’ruzachi: Iqtisodiyot fakulteti talabasi, Abdug‘aniev Ilyosbek Shomurodovich

Ma’ruzani yuklab olish 👉  Yig‘ilgan aylanuvchi avtoturargoh tizimi

 

 

I-ROTEL (Innovatsion ko‘chma mehmonxona)

Ma’ruzachi: Xalqaro turizm fakulteti talabasi, Mamataliev Bobur Saidnazar o‘g‘li

Ma’ruzani yuklab olish 👉 Innovatsion ko‘chma mehmonxona

 

 

 

Avtomobillarni innovatsion joylashtirish

Ma’ruzachilar: Xalqaro turizm va Iqtisodiyotda axborot tizimlari fakulteti talabalari Abdujalilova Shoxista, Sa’dullayeva Saodat

Ma’ruzani yuklab olish 👉  Avtomobillarni innovatsion joylashtirish

Bugun, 3-aprel kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida «Eng yaxshi ilmiy-innovatsion g‘oyalar» ko‘rik-tanlovining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tanlovda talabalar tomonidan jami 43 ta loyiha va g‘oyalar taklif etilgan bo‘lib, shundan 9 tasi yakuniy bosqichda ishtirok etdi.

 

 

 

Tadbirni Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Sherzod Mustafoqulov kirish so‘zi bilan ochib, ma’ruza taqdimoti bilan ishtirok etayotgan talabalar muvaffaqiyat tiladi.

 

 

 

2019 yil – Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yiliga bag‘ishlab o‘tkazilgan tanlovning yakuniy bosqichida “StepsWatt (Kinetik natural elektr energiya ishlab chiqaruvchi innovatsion loyiha)”, “Eat more (Ovqatlanish joylaridagi innovatsion xizmat ko‘rsatish)”, “BIOLIFE (Xonadon maishiy chiqindilaridan biogaz, bioo‘g‘it ishlab chiqarish)”, IB MTM (Davlat va xususiy sherikchiligi asosida nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi ochish)”, E-MARKETING (Elektron marketing platformasini yaratish)”, “GREEN SOLUTIONS (Stabilizatsiya qilingan o‘simliklar o‘stirish)”, “Smart parking (Yig‘ilgan aylanuvchi avtoturargoh tizimi), “I-ROTEL (Innovatsion ko‘chma mehmonxona)”, “Avtomobillarni innovatsion joylashtirish” mavzularining taqdimoti o‘tkazildi.

 

 

Muhokama qo‘yilgan mavzular professor-o‘qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar, talabalar tomonidan qizg‘in muhokama qilindi. Loyihalarni amalga oshirish, g‘oyalarni rivojlantirish,  iqtisodiy yechimlar bo‘yicha aniq takliflar bildirildi.

 

 

 

Uchrashuv so‘ngida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori, professor Bahodir Xodiev talabalarni ulkan muvaffaqiyat bilan tabriklab, ularga maxsus statuetkalar, sertifikatlar va rag‘batlantiruvchi pul mukofotlarini topshirdi.

 

 

Ushbu tanlovni har o‘quv yilida 1 marotaba emas, 2-3 marotaba tashkil etish, bu jarayonlarga vazirliklar, qo‘mitalar, hokimliklar, tashkilotlar va ishlab chiqarish korxonalari vakillarini taklif etish maqsadga muvofiq ekanligini qayd etib o‘tdi. Shuningdek, shakllantirish, talabalarning ilmiy-innovatsion g‘oyalarga qiziqishlarini oshirish maqsadida barcha fakultetlarda kichik guruhlarni shakllantirish maqsadga muvofiqligini qayd etdi.