YANGILIKLAR

Kun: 02.04.2019

Oldin xabar berganimizdek, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Hududlarda investitsiyalarni keng joriy etish orqali ijtimoiy rivojlanishni ta’minlash yo‘llari” mavzusidagi talabalar ilmiy-amaliy anjumanining yalpi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda taqdim etilgan ma’ruzalar va fotolavhalar bilan quyida tanishtirib o‘tamiz.

 

 

Moderator: Mustofoqulov Sherzod Egamberdiyevich, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor

 

 

«Investitsiya – turizmni jadal rivojlantirishga qo‘yilgan dastlabki qadam»

Ma’ruzachi: Sa’dullayeva Saodat Xabibullaevna, Xalqaro turizm fakulteti, 2-kurs, TU-01guruh talabasi

Ilmiy rahbar: dotsent Hilola Ochilova

Ma’ruzani yuklab olish 👉 Investitsiya-turizmni jadal rivojlantirishga qo‘yilgan dastlabki qadam

 

 

«Выпуск корпоративных облигаций и их роль на финансовом рынке Узбекистана»

Ma’ruzachi: Ubaydullaev Ravshan Shavkat o‘g‘li, Korporativ boshqaruv fakulteti, 3-kurs, BD-33 guruh talabasi

Ilmiy rahbar: PhD. Do‘sqobilov Umidjon Sharofiddinovich

Ma’ruzani yuklab olish 👉 Выпуск корпоративных облигаций и их роль на финансовом рынке Узбекистана

 

 

«Importance of Big Data in Investment»

Ma’ruzachi: Axmadxujayev Ayubxon Akramxon o‘g‘li, Iqtisodiyot fakulteti, 3-kurs, EK-91guruh talabasi

Ilmiy rahbar: dotsent Asqarova Mavluda Turabovna

Ma’ruzani yuklab olish 👉 Importance of Big Data in Investment

 

 

«Ijtimoiy rivojlanishni ta’minlashda oilaviy tadbirkorlik imkoniyatlaridan foydalanish»

Ma’ruzachi: G‘aniyeva Zulfizar Murod qizi, Buxgalteriya hisobi va audit fakulteti, 3-kurs, ST-93 guruh talabasi

Ilmiy rahbar: dotsent Ayubjonov Abbos Xosilovich

Ma’ruzani yuklab olish 👉 Ijtimoiy rivojlanishni ta’minlashda oilaviy tadbirkorlik imkoniyatlaridan foydalanish

 

 

Основные направления развития цифровой экономики в Республике Узбекистан

Ma’ruzachi: Qurbonova Munisa Mamirjon qizi, Iqtisodiyotda axborot tizimlari fakulteti, 3-kurs, IIT-41guruh talabasi

Ilmiy rahbar: dotsent Jukovskaya Irina Yevgenovna

Ma’ruzani yuklab olish 👉 Основные направления развития Цифровой экономики в Республике Узбекистан

 

 

 

 

 

 

 

 

 

2019-yil 2-aprel kuni universitetning 7-sonli o‘quv binosi faollar zalida Iqtisodiyot fakulteti va Makroiqtisodiyot kafedrasi hamkorligida mahorat darsi o‘tkazildi. Unda professor-o‘qituvchilar, fakultetning birinchi, ikkinchi va uchinchi bosqich talabalari ishtirok etdi.

 

 

Tadbirnnig birinchi qismida O‘zbekistonda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar, 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan mamlakatimizni rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasidan kelib chiqadigan vazifalarni bajarish borasida – Iqtisodiyot va sanoat vazirligining Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar monitoringi va prognozlashtirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Fazliddin Nasriddinov qiziqarli ma’ruza qildi. U o‘z ma’ruzasida Vazirlik va TDIU o‘rtasidagi innovatsion-korporativ hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida atroflicha gapirib o‘tdi.

 

 

Tadbirning ikkinchi qismida Prezidentimiz tomonidan kitobxonlikni rivojlantirish borasida qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha G‘ofur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijod uyi xodimlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Nashriyot bosh muharriri o‘rinbosari, texnik muharrir, bosh rassom, nashriyot matbuot kotibi ishtirok etdi. Uchrashuv davomida nashriyot faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan juda ko‘p ishlar to‘g‘risida so‘z bordi. Shuningdek, Nashriyot xodimlari talabalarga o‘zlari bilan olib kelgan kitoblarni sovg‘a qilishdi.

 

 

Uchrashuv so‘ngida talabalar qiziqtirgan ko‘pdan ko‘p savollarga nashriyot uyi xodimlari tomonidan mazmunli javoblar berildi. Mehmonlarga qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Iskandar Yakubov,

Makroiqtisodiyot kafedrasi dotsenti, iqtisod fanlari nomzodi

2019-yil 22-mart kuni Rossiya Federatsiyasining Ural davlat agrar universiteti tomonidan “Transportda innovatsion texnologiyalar” deb nomlangan Хalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Unda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Menejment kafedrasi mudiri prof. Nuritdin Yo‘ldoshev hamda Marketing kafedrasi professori M. Muradov ishtirok etdi.

Konferensiyaning kirish so‘zini Ural davlat agrar universiteti rektori prof. O. Lorens olib, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Ural davlat agrar unversiteti o‘rtasidagi halqaro aloqalar, olib borilayotgan ilmiy hamkorlik yuzasidan universitetimiz rektori prof. Bahodir Xodiyev, professor-o‘qituvchilar nomiga chuqur minnatdorchilik bildirib, o‘quv hamda ilmiy sohadagi samarali ish tashkil etilayotganligi munosabati bilan “Tashakkurnoma” taqdim etdi.

 

 

Konferensiyada Menejment kafedrasi mudiri prof. Nuritdin Yo‘ldoshev “O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini innovatsion rivojlantirish” mavzusidagi ma’ruza bilan so‘zga chiqdi. Konferensiya materiallari halqaro ilmiy baza “Web of science”ga kiritilib, indeksatsiya qilinadi.

 

 

Shuningdek, Menejment kafedrasining mudiri prof. Nuritdin Yo‘ldoshevga Ural davlat agrar universitetining “Faxriy professor” unvoni berildi.