YANGILIKLAR

Kun: 01.04.2019

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti faollarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda barcha fakultet dekanlari, bo‘lim boshliqlari va kafedra mudirlari ishtirok etdi.

 

 

Yig‘ilish ishini O‘quv ishlari bo‘yicha G‘ofurjon Zohidov olib bordi.

 

 

Yig‘ilishda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Ta’lim muassasalarida elektron ta’limni joriy etish markazining Kadrlar malakasini oshirish bo‘limi boshlig‘i Ulug‘bek Mirzalimov “Raqamli universitet (Digital University)” konsepsiyasini amalga oshirishda fakultetlar, bo‘limlar va kafedralar oldida turgan vazifalar to‘g‘risida”gi masala yuzasidan so‘zga chiqdi.

 

 

Shundan so‘ng Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Sherzod Mustafoqulov 2-3 aprel kunlari bo‘lib o‘tadigan “Hududlarda investitsiyalarni keng joriy etish orqali ijtimoiy rivojlanishni ta’minlash yo‘llari” mavzusida talabalar ilmiy-amaliy anjumani hamda “Eng yaxshi innovatsion biznes g‘oya va loyihalar tanlovi”ga tayyorgarlik ko‘rish, uni o‘tkazish bo‘yicha tayyorgarlik holati haqida ma’lumot berib o‘tildi.

 

 

 

Shuningdek, universitet professor-o‘qituvchilari, ilmiy izlanuvchilarining Rossiya Federatsiyasining Moskva davlat universiteti hamda Sankt-Peterburg davlat iqtisodiyot universitetida bo‘lib o‘tadigan malaka oshirish kurslaridagi ishtiroki to‘g‘risida hisobot berib o‘tdi.

 

 

 

Yig‘ilish davomida kafedralarda o‘quv-uslubiy ishlarning tashkil etilishi, dars berish sifati, ijro intizomi, talabalar bilan ishlash kabi masalalar muhokama qilindi va tegishli vazifalar belgilab olindi.

Moskva davlat universitetining Moskva iqtisodiyot maktabida 31-martdan 24-aprelgacha Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining professorlar, dotsentlar va o’qituvchilar uchun qayta tayyorlash kursi  bo‘lib o‘tadi.

«Investitsion loyihalarni strategik boshqarish» kursi 208 soatga mo’ljallangan.

Eslatib o‘tamiz, bu Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti o‘qituvchilari uchun Moskva iqtisodiyot maktabida o‘tkaziladigan birinchi kurs emas. 2018-yil 17-avgust kuni «Ekonometriya 1,2.» dasturi bo’yicha malaka oshirish davlat sertifikatlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tgan eddi.

Ushbu loyihani amalga oshirish uchun «El-yurt umidi» jamg‘armasi mablag‘lari jalb etilgan.

2019-yil 5-aprel kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida bo’lib o‘tadigan «Yevropa mamlakatlari bilan savdo faoliyatini qo‘llab-quvvatlashda moliyaviy vositalar» mavzuidagi Jean Monnet seminariga taklif etamiz.

Tadbir soat 10:00da universitetning 2-o‘quv binosi majlislar zalida boshlanadi.