YANGILIKLAR

Kun: 30.03.2019

Korporativ boshqaruv fakulteti talabalari uchun Jahon iqtisodiyoti kafedrasi tomonidan taklif etilgan Fransiyaning “INSEEC Business School” professori Robert Artur Kreyn “Xalqaro bozorlar va biznes etika” mavzusida 36 soatlik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazdi.

 

 

Mazkur o‘quv kursining maqsadi Markaziy Osiyo mintaqasida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida xalqaro biznes munosabatlariga etikaning ta’sirini muhokama qilish, uning talabalar qarashlarida zamonaviy rivojlanish yo‘nalishlarini aniqlash hamda o‘rganishdir.

O‘quv kursida nazariy yondashuv, keys stadi, rolli o‘yinlar, og‘zaki va elektron onlayn so‘rovnoma, test, individual savol-javob va kichik guruhlarda ishlash bo‘yicha metodlardan keng foydalanildi. Talabalarga xalqaro biznesning tub mohiyati, biznesda etikaning dolzarbligi, xalqaro biznesda professional shaxsni shakllantirish, xalqaro biznesda madaniyatning tutgan o‘rni hamda xalqaro biznes yuritishda turli millatga mansub bo‘lgan xodimlar faoliyat yuritadigan Transmilliy kompaniyalardagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar haqida ma’lumotlar berildi.

 

 

Dars mashg‘ulotlari 4 martdan 20 martgacha davom etdi, unda Fransiyaning “INSEEC Business School” professori Robert Artur Kreyn ma’ruzalar bilan ishtirok etdi va unga Jahon iqtisodiyoti kafedrasi assistenti Aziz Zikriyoev assistentlik qildi. Mashg‘ulotda kafedra professor-o‘qituvchilaridan N. Ismailova, B. Islamov, A. Shermuhammedov, D. Xo‘jamqulov va “Jahon iqtisodiyoti (mintaqa va faoliyat turlari buyicha)” mutaxassisligi bo‘yicha magistratura hamda bakalavriat bosqichida tahsil olayotgan talabalar, umumiy miqdorda 71 ta talaba-magistrant ishtirok etdi.

 

 

Talaba-magistrantlar tomonidan xalqaro biznesning mohiyati, biznesda etikaning dolzarbligi, xalqaro biznesda madaniyatning tutgan o‘rni, xalqaro biznesda turli millat va elatlarga mansub bo‘lgan xodimlar faoliyat yuritadigan Transmilliy kompaniyalardagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar xususidagi qimmatli ma’lumotlar o‘rganildi. Shuningdek, milliy mafkuramizdan kelib chiqib, xalqaro biznesda professional shaxsni shakllantirishning sir-asrorlari o‘zlashtirildi.

Kursning ilk kunida professor Robert Kreyn universitetimiz talabalarining umumiy bilimlarini ingliz tilida namoyon etishi va shakllantirish imkoniyatlari bilan qiziqdi.

Talaba va magistrantlar o‘rtasida xalqaro bozorlar, biznes, madaniyat hamda etika to‘g‘risida nazariy asoslari haqida fikr yuritildi. Talabalar professor bilan umumiy bilimlarini ingliz tilida bayon etdilar.

Kursning navbatdagi kunida o‘zbek kino sanoatini g‘arb kino sanoati bilan solishtirish orqali xalqaro biznes etikasini mamlakatimiz milliy iqtisodiyotiga ta’siri muhokama qilindi.

 Quyidagi diagrammada “Role of Western movies in Uzbek culture” mavzusidagi ilk so‘rovnomada qatnashgan talabalarning fakultetlar kesimidagi nisbati keltirilgan. Bundan Korporativ boshqaruv fakulteti talabalari yetakchilik qilganini ko‘rish mumkin.

 

 

Unda 41 talaba o‘rtasida onlayn so‘rovnoma o‘tkazish orqali fikr-mulohazalar juda yuqori baholandi. Ayniqsa, talabalar so‘rovnoma savollariga quyidagicha yondashdilar:

 

 

G‘arb kinolarining o‘zbek yoshlariga ta’sirini baholash to‘g‘risidagi savolga 31.2 foiz talabalar psixologik ta’sirlari juda yuqori deb belgilashdi.

Navbatdagi savolga ya’ni, g‘arb kinolari o‘zbek madaniyatiga ta’siri bo‘yicha so‘rovnomaning 23.4 foiz ovoz bilan kinolarda g‘arbning yashash tarzi targ‘ib qilinadi deb baholandi.

 

 

G‘arb kinolarining ijobiy tomonlari degan savolga talabalarning 64.3 foizi professional shaxsiyatni rivojlantirish degan javob bilan yetakchilik qilishdi.

Navbatdagi o‘quv mashg‘ulotida professor Kreyn “International Awareness Survey” mavzusini dolzarb hisoblab o‘tilgan darslarni yanada muhokama qilish maqsadida navbatdagi so‘rovnoma shakllantirdi.

Bunda Iqtisodiyot fakulteti talabalari yetakchilik qildi.

 

 

Navbatdagi savolda talabalar xalqaro biznesda so‘zlashuv tillar sifatida savollarga javob berdilar. O‘zbek tilining tanlanishi esa aynan mamlakatimizning investitsion jozibadorligini oshirish orqali xorijdan investitsiyalar jalb qilishda muhim ahamiyat kasb etishi hisobga olindi.

 

 

Navbatdagi solishtirma tahliliy qismda uch mamlakatning xalqaro resurslar taqsimoti o‘rganildi. Har bir talaba shaxsiy bilim va tajribalarini namoyon etdi.

 

Mashg‘ulotlarda ko‘p millatli auditoriyani tashkil etish maqsadida Toshkent shahridagi G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti talabalari jalb etildi. Ushbu universitet talabalarining taqdimot ishlari va chiqishlari darslar davomida yuqori darajada baholandi. Talabalar o‘rtasida qiziqarli savol-javoblar natijasida O‘zbekistonning Butun jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishida qanday ustunliklar va kamchiliklar ega ekanligi haqida ham fikrlar bilan xulosa qilindi.

 

 

O‘quv kursi davomida aksariyat talabalar juda faol ishtirok etdi. Professor Kreyn ba’zi hollarda ingliz tili bo‘yicha talabalarda bir oz muammolar borligini ta’kidlab umumiy holda jamoaviy o‘zlashtirishni yaxshi baholadi.

 

 

Shuning bilan, “Fransiyaning “INSEEC Business School” professori Robert Artur Kreynning Jahon iqtisodiyoti kafedrasi tomonidan talaba va magistrantlarga mo‘ljallagan “Xalqaro bozorlar va biznes etika” mavzusidagi 36 soatlik o‘quv kursi yakunlandi.

 

 

Talabalar ushbu mashg‘ulot yuksak darajada taassurot qoldirdi. Kurs yakunida talabalardan keys stadi shaklida imtihon olinib, Sertifikat bilan taqdirlandi.

Nilufar Ismailova, Jahon iqtisodiyoti kafedrasi mudiri

Aziz Zikriyoyev, kafedra assistenti