YANGILIKLAR

Kun: 27.03.2019

2019-yil 21-23-mart kunlari Moskva shahrining Rossiya Xalqlar do‘stligi universitetida “Бухгалтерия вокруг нас” mavzusida talabalarning xalqaro olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.

Olimpiadada Rossiyaning ko‘plab hamda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, O‘zbekiston kabi respublikalarning oliy o‘quv yurtlaridan 100ga yaqin talabalar qatnashdi.

Shuningdek, universitetimizdan professor Rasul Xolbekov ilmiy rahbarligida “Buxgalteriya hisobi va audit” fakultetining 3-kurs “Buxgalteriya hisobi va audit” ta’lim yo‘nalishi talabalari I. Xodjayev va Sh. Xolmatovlar qatnashib, yakka tartibda I. Xodjayev birinchi faxriy o‘rinni egallab, I-darajali diplom bilan, umumjamoa bo‘yicha faxrli uchinchi o‘rinni egallab, III-darajali diplom bilan taqdirlandi.

 

Joriy yilning 26-27 mart kunlari Ilmiy va innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi tomonidan talabalar o‘rtasida innovatsion muhitni shakllantirish, yaratuvchanlikni oshirish, innovatsion g‘oyalarni tijoratlashtirish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida «Eng yaxshi ilmiy-innovatsion g‘oyalar» tanlovinining 2-bosqichi bo‘lib o‘tdi.

 

 

 

Ushbu tanlovdan kutilayotgan maqsad ilmiy-innovatsion fikrlash va kreativligini oshirish, ilmiy-innovatsion ishlanmalarni yaratish hamda uni tijoratlashtirish bo‘yicha malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish, fan va ishlab chiqarish integratsiyasining istiqbolli yo‘nalishlariga muvofiq ilmiy ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishdan iborat.

 

 

Tanlovning 1-bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabalar o‘zlarining eng yaxshi innovatsion loyiha va eng yaxshi biznes g‘oyalarini taqdimot qildilar va Hay’at a’zolari tomonidan mezonlar asosida baholandi.

 

 

Ko‘rik-tanlovning yakuniy qismida Hay’at a’zolari tomonidan talabalarning biznes g‘oya va innovatsion ishlarini rivojlantirish uchun “Yoshlar ittifoqi” tomonidan ajratiladigan foizsiz kreditlar to‘g‘risida ma’lumot berildi, g‘oyalarini mustahkamlash uchun qo‘shimcha ma’lumotlar va savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.

Mastura HAYDAROVA,
Ilmiy va innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi yetakchi mutaxassisi

2019-yil 27-mart kuni Iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi tomonidan “Raqobatbardosh tovarlar eksportini xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashtirish yo‘nalishlari” mavzusidagi innovatsion-korporativ hamkorlik doirasidagi ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi.

 

 

 

 

Seminarda “Korxonalarda sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish va uni sertifikatlashtirish”, “Mahsulot eksportini oshirish va sifat jihatidan o‘zgartirishni qo‘llab-quvvatlashning davlat mexanizmlari”, “Povûshenie konkurentosposobnosti natsionalnoy ekonomiki na osnove innovatsionnûx podxodov i klasternoy politiki”, “Raqobat muhitini shakllantirishning innovatsion omillari”, “Mahsulot eksportini oshirish va sifat jihatdan o‘zgartirishning nazariy-uslubiy asoslari”, “Mamlakat iqtisodiy taraqqiyotida mahsulot eksportini oshirish va sifat jihatdan o‘zgartirishning ahamiyati”, “Milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini ta’minlashda ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish yo‘nalishlari”, “Ishchi kuchi bozorida raqobatbardoshlikni oshirishning nazariy ahamiyati” kabi mavzular muhokama qilindi.

 

 

 

Ilmiy-amaliy seminar ma’ruzalari “O’zbek-Turk Test Markazi” MChJ qo‘shma korxonasi vakillari hamda Iqtisodiyot nazariyasi professor-o‘qituvchilari tomonidan taqdim etildi.

 

 

Savol-javob va muhokamalar davomida kun tartibidan o‘rin olgan mavzu doirasida ishlab chiqarish va ilm-fan integratsiyasi hamkorligi, hamkorlikda amalga oshiriladigan ilmiy tadqiqotlar haqida so‘z yuritildi.

2019-yil 27-mart kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Pul-kredit siyosati departamenti direktori o‘rinbosari, boshqarma boshlig‘i Nodirbek Achilov Korporativ boshqaruv fakulteti talabalari uchun mahorat darsi o‘tkazdi.

 

 

Mahorat darsida «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki pul-kredit siyosati: so‘nggi islohotlar va oldinda turgan vazifalar» mavzusi muhokama qilindi. Mavzu doirasida talabalarga o‘rta muddatli istiqbolda pul-kredit siyosatining maqsad va tamoyillari, 2018-yilda pul-kredit sharoitlari va ushbu sohada amalga oshirilgan ishlar, 2019-2021-yillarda makroiqtisodiy rivojlanish ssenariylari va pul-kredit sharoitlari, 2019-2021-yillarda pul-kredit siyosati instrumentlarini rivojlantirishi haqida ma’lumotlar berildi.

 

 

 

Ta’kidlandiki, 2018-yilda pul-kredit siyosati sohasida ichki valyuta bozoriga intervensiyalarning yangi tamoyili (oltin-valyuta rezervlarining neytralligi), bank tizimi likvidligini monitoring qilish va prognozlash, inflyasiyani omillarini doimiy o‘rganib borish, aholi va biznes vakillarining inflyasion kutilmalarini baholash, banklararo pul bozorining yangi platformasi, inflyasiyani modellashtirish va prognozlash, majburiy zaxiralashning yangi mexanizm va normativlari, o‘rtachalash tartibi, likvidlilikni tartibga solish bo‘yicha yangi inmstrumentlar borasida amaliy ishlar qilindi.

 

 

Mahorat darsi davomida professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar va talabalar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan ma’ruzachiga murojaat qildilar hamda batafsil ma’lumotga ega bo‘ldilar.

 

 

Ma’ruza bo‘yicha taqdimot bilan quyida tanishishingiz mumkin

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki pul-kredit siyosati so‘nggi islohotlar va oldinda turgan vazifalar