YANGILIKLAR

Kun: 26.03.2019

2019-yil 26-mart kuni Iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi tomonidan “Tadbirkorlik subyektlari raqobatbardoshligini oshirishda bank-moliya tizimining o‘rni” mavzusida innovatsion-korporativ hamkorlik doirasidagi ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi.

 

 

Ilmiy-amaliy seminarni Iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi mudiri, dotsent Baxtiyor Xojiyev kirish so‘zi bilan ochib, O‘zbekistonda tadbirkorlik subyektlari raqobatbardoshligini oshirishda bank-moliya tizimini takomillashtirish borasida yuz berayotgan ijobiy o‘zgarishlar, bu borada hozirgi kundagi qo‘yilayotgan talablar va yechimini kutayotgan muammolar haqida to‘xtalib o‘tdi.

 

 

Ta’kidlanganidek, bank-moliya tizimini takomillashtirish orqali tadbirkorlik subyektlari raqobatbardoshligini oshirish iqtisodiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda tadbirkorlik subyektlari raqobatbardoshligini oshirishning son va sifat jihatidan o‘sishi bu jarayonlarni har tomonlama chuqur o‘rganishga yanada yuksak talablar qo‘ymoqda.

 

 

Sohadagi islohotlarni yanada chuqurlashtirishda davlatimiz rahbarining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qiladi.

 

 

Shu sababli, O‘zbekistonda mahsulot eksportini oshirish va sifat jihatdan o‘zgartirishning nazariy asoslarini va yo‘nalishlarini ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan tadqiq etish zarurati mazkur ilmiy-amaliy seminar mavzusining dolzarbligini belgilab berdi. 

Ilmiy-amaliy seminar yo‘nalishi O‘zbekistonda tadbirkorlik subyektlari raqobatbardoshligini oshirishda bank-moliya tizimini takomillashtirish yo‘nalishlarining nazariy asoslarini asoslash bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

 

 

Seminar maqsadidan kelib chiqib quyidagi vazifalar belgilab olindi:

  • mamlakatimizda tadbirkorlik subyektlari raqobatbardoshligini oshirishda bank-moliya tizimini takomillashtirish sohasida erishilgan yutuqlar, natijalarni baholash va rivojlanish istiqbollarini belgilashga oid yangi ilmiy g‘oyalar yo‘nalishlarining konseptual asoslarini shakllantirish;
  • tadbirkorlik subyektlari raqobatbardoshligini oshirishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha professor-o‘qituvchilar, doktorantlar va amaliyotchilarning ilmiy taklif hamda amaliy tavsiyalarini jamlash, ular bo‘yicha tegishli vazirlik, idoralarga taqdim etiladigan taklif va amaliy tavsiyalar tizimini shakllantirish;
  • ilmiy-amaliy seminarda tinglangan ma’ruzalar asosida mavjud darslik, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni yanada boyitish, ta’lim tizimini modernizatsiyalash maqsadlarida ulardan keng foydalanish.

Shundan kelib chiqib seminarda quyidagi masalalar muhokama qilindi:

  • tadbirkorlik subyektlari raqobatbardoshligini oshirishda bank-moliya tizimini takomillashtirishning nazariy asoslari va ustuvor yo‘nalishlari;
  • O‘zbekistonda tadbirkorlik sub’ektlari raqobatbardoshligini oshirishda bank-moliya tizimining o‘rni va ahamiyati;
  • tadbirkorlik subyektlari raqobatbardoshligini oshirishda oliy ta’lim muassasalarida amalga oshirilayotgan innovatsion hamkorlikning ahamiyati;
  • tadbirkorlik subyektlari raqobatbardoshligini oshirishda bank-moliya tizimini takomillashtirishda rivojlangan mamlakatlar tajribalaridan samarali foydalanish.

O‘tkazilgan ilmiy-amaliy seminarda quyidagi ma’ruzalar tinglandi:

“Banklar raqobatbardoshligi darajasini oshirish va banklarni ilg‘or bank amaliyoti asosida faoliyat yurituvchi tizimga aylantirish” (Ma’ruzachi: Tillayev Bekzod Sobir o‘g‘li, “Orient finans bank” XATB Ichki audit departamenti direktori o‘rinbosari);

“Bank-moliya xizmat ko‘rsatish sohasida aholining moliyaviy savodxonlik darajasini oshirish” (Ma’ruzachi: Musaxodjayeva Ra’no Raxmanovna, “Orient finans bank” XATB Personalni tanlash va baholash bo‘limi boshlig‘i);

Повышение конкурентоспособности национальной экономики на основе инновационных подходов и кластерной политики (Ma’ruzachi: Rasulev Alisher Fayzievich, Iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi professori, iqtisodiyot fanlari doktori);

“O‘zbekiston bank tizimining rivojlanish tarixi va banklar faoliyatining xususiyatlari” (Ma’ruzachi: Tashmatov Shuhrat Hamrayevich, Iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi professori, iqtisodiyot fanlari doktori);

“Pul-kredit siyosatini amalga oshirishning nazariy asoslari” (Ma’ruzachi: Yaxshiyeva Mavluda Tursunovna, Iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi dotsenti, iqtisodiyot fanlari nomzodi);

“Tadbirkorlik sub’ektlari raqobatbardoshligini oshirishda davlat iqtisodiy siyosati” (Ma’ruzachi: Yusupov Ravshanbek Aminbaevich, Iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi dotsenti, iqtisodiyot fanlari nomzodi);

“Tadbirkorlik sub’ektlari raqobatbardoshligini oshirishning institutsional asoslari” (Ma’ruzachi: Abdullayeva Madina Kamilovna, Iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi dotsenti, iqtisodiyot fanlari nomzodi);

“Tadbirkorlik sub’ektlari raqobatbardoshligini oshirishda ishchi kuchi bandligini ta’minlashning ahamiyati (Ma’ruzachi: Mamaraximov Bekzod Erkinovich, Iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi dotsenti, iqtisodiyot fanlari nomzodi).

Seminarda ko‘tarilgan masalalar mamlakatda tadbirkorlik sub’ektlari raqobatbardoshligini oshirishda bank-moliya tizimini takomillashtirishning nazariy asoslarini va ustuvor yo‘nalishlarini takomillashtirish asosida olib boriladigan ilmiy-tadqiqotlar natijalari, ishlab chiqiladigan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar orqali milliy iqtisodiyotni yanada yuksaltirish imkoniyati yaratiladi. Bu, o‘z navbatida, mamlakat iqtisodiy salohiyatini mustahkamlash, yangi ish o‘rinlari tashkil etish va aholi farovonligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

 

 

Ilmiy-amaliy seminar yakunida kafedra mudiri B.Xajiyev tadbir ishtirokchilariga minnatdorchilik bildirib, tadbirkorlik sub’ektlari raqobatbardoshligini oshirishda bank-moliya tizimini takomillashtirishning ustuvor vazifalarini muvaffaqiyat bilan bajarish, yuzaga kelayotgan muammolarni hal etish yo‘llarini izlab topish, bu yo‘nalishda iqtisodchi olimlar va amaliyotchilarning taklif-tavsiyalarini ishlab chiqish yo‘lida muvaffaqiyatlar tiladi.

Ilmiy-amaliy seminarda “Orient finans bank” XATB yetakchi mutaxassislari, professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar, magistratura va iqtidorli talabalar ishtirok etdi.

Bugungi kunda ta’lim sifatini oshirish va samaradorligini ta’minlashda xalqaro hamkorlikning ahamiyati ortib bormoqda. Albatta, universitetimizda ham buy o‘nalishda bir qator loyihalar amalga oshirilmoqda. Hozirda universitetimizda Sinszyan agrar universiteti (Xinjiang Agricultural University) bilan hamkorlikda tashkil etilgan o‘quv markaz faoliyat olib boradi.

 

 

Joriy yilning 26-mart kuni Sanoat iqtisodiyoti kafedrasi tomonidan mazkur o‘quv markazi bilan hamkorlikda Iqtisodiyot fakulteti 2-kurs talabalari uchun mahorat darsi tashkil etildi.

 

 

Mahorat darsida o‘quv markazi xodimi Ma Syu Lu, Sinszyan agrar universiteti ilmiy tadqiqotchilari – Jang Sing Pin, Tin Yu Ja va Iqtisodiyot fakultetining professor-o‘qituvchi va xodimlari ishtirok etishdi.

 

 

Iqtisodiyot fakulteti dekani Alisher Qobilov, Sanoat iqtisodiyoti kafedrasi mudiri Ibodulla Xotamov, o‘quv markazi xodimi Ma Syu Lu so‘zga chiqib, ilm sirlarini o‘rganishda xorijiy tajribaning ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tdilar.

 

 

Sinszyan agrar universiteti ilmiy tadqiqotchilari Jang Sing Pin, Tin Yu Ja tomonidan talabalarga xalqaro biznes va uni boshqarish bo‘yicha ma’lumotlar berildi, fikr almashildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Mahorat darsi qiziqarli va muhokamalarga boy o’tdi.

TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI KAFEDRALAR BO‘YICHA BO‘SH LAVOZIMLARGA TANLOV E’LON QILADI

  

 (2019 yil aprel oyiga )

 

Kafedra mudiri: Ekonometrika

 

Professorlar: Iqtisodiy tahlil va audit, Jahon iqtisodiyoti

 

Dotsentlar: Buxgalteriya hisobi, Moliya va soliqlar, Ekonometrika, Bank ishi, Ijtimoiy fanlar, Jismoniy madaniyat

 

Katta o‘qituvchilar: Iqtisodiy tahlil va audit, Moliya va soliqlar, Statistika, Iqtisodiyotda axborot texnologiyalari, Ekonometrika, Menejment, Korporativ boshqaruv, Oliy matematika, Jahon tillari, Ingliz tili, O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti

 

Assistentlar: Statistika, Korporativ boshqaruv, Bank ishi, Jahon iqtisodiyoti

 

O‘qituvchi: Jahon tillari, Ingliz tili

 

 

TANLOVDA QATNASHISH UCHUN QUYIDAGI HUJJATLAR TAQDIM ETILISHI LOZIM:

Rektor nomiga ariza;

Xodimlarni hisobga olish bo‘yicha shaxsiy varaqa (Boshqa tashkilotlardan tanlovda qatnashishga ariza berganlar uchun);

Oliy ma’lumoti, ilmiy darajasi, ilmiy unvoni haqidagi attestat nusxalari (Boshqa tashkilotlardan tanlovda qatnashishga ariza berganlar uchun);

Ilmiy ishlari ro‘yxati;

Malaka oshirganligi hamda qayta tayyorlovdan o‘tganligi haqidagi diplomlar va sertifikatlar;

Oxirgi 5 yilda amalga oshirgan pedagogik faoliyati haqida hisobot;

Kafedra muhokamasidan ko‘chirma.

 

Arizalar qabul qilish muddati – e’lon chop etilgan kundan boshlab 1 oy.

 

Manzilimiz      –     100066,     Toshkent shahri, Islom Karimov ko‘chasi, 49.

TDIU, Xodimlar bo‘limi. Tel.: (0-371) 239-01-42, 239-01-08